USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ikki ayol $240 mingni boldiriga yaşirib, Qozoğistonga noqonuniy olib çiqmoqçi böldi

186 марта
Икки аёл $240 мингни болдирига яшириб, Қозоғистонга ноқонуний олиб чиқмоқчи бўлди

Toşkent viloyatida 240 ming AQŞ dollarini mamlakatdan noqonuniy olib çiqmoqçi bölgan, poytaxtda esa qalbaki 8 400 AQŞ dollarining muomalaga kiritmoqçi bölgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda çet el valyutasini mamlakatdan noqonuniy olib çiqilişiga çek qöyilgan.

Xususan, Toşkent tumanida joylaşgan “Navoiy” çegara-bojxona postida 2005 va 2009 yillarda tuğilgan ikki nafar Qozoğiston Respublikasi fuqarosi şaxsiy körikdan ötkazilgan.

Tekşiruv davomida ulardan biri oyoqlarining boldir qismiga yopişqoq tasma (skotç) yordamida 160 ming, ikkinçisi esa 80 ming AQŞ dollarini boğlab, yaşirin tarzda qöşni davlatga olib çiqib ketayotganliklari aniqlangan.

DXXning, şuningdek, Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan körilgan tezkor çoralar natijasida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritilişining oldi olingan.

Xususan, Qibray tumanida yaşovçi 1999 yilda tuğilgan şaxs Turkiya davlatidan yetkazib berilgan qalbaki 8 400 AQŞ dollarini foyda oliş maqsadida Yunusobod tumanida istiqomat qiluvçi, 1997 yilda tuğilgan şerigi bilan özaro til biriktirib, şartli xaridorga haqiqiy 3 800 AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bildirilişiça, hozirda har ikki holat böyiça jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq 3 nafar xorijlikdan tanişlari orqali Özbekiston vizasini olib beriş evaziga 31 200 AQŞ dollari olganlar uşlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: