Çirçiqda Howöning tirkamasi aholi uyini buzib yubordi
Bugun, 10 sentyabr kuni Toşkent viloyati Çirçiq şahrida Howo rusumli yuk transport vositasining avtoulovga ulangan yarim tirkamasi çiqib ketib, yöl çetida joylaşgan xonadonga borib urildi. Bu haqda viloyat Içki işlar boş boşqarmasi matbuot kotibi Bobur Tölaganov malum qildi.
Qayd etilişiça, soat taxminan 16:00 larda Toşkent viloyati Çirçiq şahri “Sadriddin Ayniy” köçasida 1977 yilda tuğilgan haydovçi Howo rusumli yuk transport vositasini boşqarib ketayotgan vaqtida avtoulovga ulangan yarim tirkama texnik sabablarga köra çiqib ketgan. Şundan söng, tirkama yöl çetida joylaşgan xonadonga borib urilişi oqibatida töxtagan.
Hodisa sababli avtomobil yölida transport vositalari harakati vaqtinça çeklanib, aylanma yöllar orqali harakat taşkil etilgan. Voqeada fuqarolar soğliğiga ziyon yetmagan.
Bildirilişiça, hozirda yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan holat bartaraf etilib, avtomobillar harakati töliq tiklangan.
Xonadonga yetkazilgan zarar qonunçilikda belgilangan tartibda qoplanadi. Holat yuzasidan Çirçiq şahar IIB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona şahrida haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida yöl çetidagi çiroq ustuni va daraxtga borib urilgan edi.