Halok bölgan Ekopolitsiya xodimi işi yuzasidan 3 nafar şaxsga jinoiy iş oçildi
Avvalroq, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi axborot xizmati qömita huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi (Ekopolitsiya) Aydar-Arnasoy köllar tizimini nazorat qiliş bölimi boş mutaxassisi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajariş vaqtida halok bölganini xabar qilgandi. Mazkur holat yuzasidan 3 nafar şaxsga nisbatan jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov malum qildi.
Qayd etilişiça, Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirov 9 sentyabr kuni Sirdaryo daryosi özanida ötkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoqdan foydalanib, baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarşiligiga uçraşi oqibatida suvga tuşib ketgan. Keça, 10 sentyabr kuni esa tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv işlari natijasida inspektorning jasadi topilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçi bölgan 3 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-(Hayvonot yoki ösimlik dunyosidan foydalaniş tartibini buziş), 219-(Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) va 102-(Ehtiyotsizlik orqasida odam öldiriş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, ular gumon qilinuvçi tariqasida uşlangan bölib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning 6 oyida 18 nafar içki işlar organi xodimi xizmat vazifasini bajariş çoğida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.