NKMKda halok bölgan işçilar şinalarni tamirlayotgan bölgan – kombinat
Avvalroq, QALAMPIR.UZ Navoiy kon-metallurgiya kombinatida avtoağdargiç şinasi portlaşi oqibatida 2 kişi halok bölgani haqida malumot bergan edi. Mazkur hodisada halok bölgan işçi xodimlar quvur taşuvçi avtomaşinaning tirkamasida şinomontaj işlarini amalga oşirayotgan bölgan. Bu haqda kombinat axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 15:00 larda “Qizilqum” kon boşqarmasi Avtomobil transporti boşqarmasining “Pistali” 1-transport tsexida sodir bölgan. Tsexning foydalanişda bölgan avtomobil şinalarini saqlaş maydonida quvur taşuvçi avtomaşinaning tirkamasida şinomontaj işlarini bajariş işlari olib borilayotgan bölgan.
Şu vaqtda baxtsiz hodisa sodir bölib, şinalar yorilgan hamda buning oqibatida 2 nafar işçi xodim vafot etgan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda. Şuningdek, nazorat qiluvçi davlat taşkilotlari tomonidan maxsus tekşiriş olib borilib, baxtsiz hodisaning sodir böliş holatlari va kelib çiqiş sabablari örganilmoqda.
“Kombinatning masul tegişli xizmatlari xodimlari tomonidan bunday baxtsiz hodisalarning oldini oliş yuzasidan zaruriy çora-tadbirlar körilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Şu bilan birga, NKMK axborot xizmati vafot etganlarning oila azolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirgan.
Eslatib ötamiz, kombinatda bunday baxtsiz hodisalar tez-tez sodir böladi. Xususan, joriy yilning 22 iyul kuni Navoiy viloyatidagi “Muruntov” konida “BelAZ” rusumli avtoağdargiç va Toyota rusumli xizmat avtomaşinasi iştirokidagi yöl-transport hodisasi oqibatida ikki nafar işçi-xodim halok bölgandi.