USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda avval ham sudlangan narkosavdogar 26 ming dollarlik gaşiş bilan uşlandi

45 марта
Тошкентда аввал ҳам судланган наркосавдогар 26 минг долларлик гашиш билан ушланди

Toşkentda 1 kilogrammdan ortiq gaşişni 26 ming AQŞ dollariga sotişga uringan, avval ham giyohvandlik bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan şaxs qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi, Bojxona va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida qöşni davlatdan olib kirilgan katta miqdordagi narkotik modda Toşkent şahrida musodara qilingan.

Aniqlanişiça, Surxondaryo viloyatining Denov şahrida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida 1 kilogramm 185 gramm gaşişni şartli xaridorga 26 ming AQŞ dollariga sotişga kelişgan. U kelişilgan pulning 21 ming dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, narkotik moddani Surxondaryodan Toşkentga u bilan birga olib kelgan Cobalt avtomobili haydovçisi ham qölga olingan. U Denov şahrida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan şaxs bölib, muqaddam öğrilik bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan.

Hozirda qölga olingan şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida katta miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatmoqçi bölgan şaxslar qölga olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: