Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilgan mansabdor jazolandi
Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagoglarini xizmat vazifasiga kirmaydigan işlarga jalb qilgan mansabdor şaxs mamuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspektsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Yangiyöl tumanida joylaşgan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog xodimlarining xizmat vazifalariga kirmaydigan işlarga jalb etilayotgani yuzasidan Davlat mehnat inspektsiyasiga murojaat kelib tuşgan.
Murojaat belgilangan tartibda örganilib, tekşiruv davomida pedagog xodimlarni xizmat vazifalariga kirmaydigan işlarga jalb etiş orqali majburiy mehnatga yöl qöyilgani aniqlangan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan mansabdor şaxsga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 51-moddasi (mehnatga mamuriy tarzda majburlaş) asosida javobgarlik çorasi qöllangan.
Malumot uçun, Özbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunning 5-moddasiga köra, öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qiliş va ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralaşiş qonun bilan taqiqlanadi. Şuningdek, pedagoglarni haşar işlariga, hududlarni obodonlaştirişga, qişloq xöjaligi işlariga yoki boşqa majburiy mehnat turlariga jalb qiliş mumkin emas.
Qonunda pedagoglarni öz vazifasiga aloqador bölmagan işlarga majburiy jalb etgan, ularning dars beriş jarayoniga aralaşgan yoki xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilgan mansabdor şaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilişi belgilab qöyilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev oliy talim muassasalari rektorlari bilan uçraşuvda öqituvçilarga köçalarni nazorat qiliş topşiriğini bergandi. Hokimning bu “vatan obodligi” taşabbusida bergan topşiriği OTM rektorlari bilan uçraşuvda berilgandi.
Keyinroq esa Boboyev pedagoglarni köça nazoratçisi bölişga undovçi topşiriği ortidan Mehnat inspektsiyasidan ogohlantiriş ham olgan edi.