USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

IIB xodimlari fuqaroni öz uyidan sababsiz olib ketmoqçi böldi

228 марта
ИИБ ходимлари фуқарони ўз уйидан сабабсиз олиб кетмоқчи бўлди

Sirdaryo viloyatida içki işlar organlari xodimlari fuqaroni öz uyidan sababsiz olib ketişga urindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Ombudsmanga Sirdaryo viloyatidan fuqaro D.A. murojaat qilib, içki işlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirgan. 

Murojaatda qayd etilişiça, Xovos tumanidagi xonadonlardan biriga profilaktika inspektori boşçiligida içki işlar organlarining xodimlari kirib kelgan va murojaatçining turmuş örtoğini olib ketişga uringan. Murojaatçi xodimlar mazkur harakatlar sababini tuşuntirmagani hamda tegişli hujjat körsatmaganini bildirgan.

Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, unda keltirilgan vajlar Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan örganilib, içki işlar organlari xodimlari harakatiga huquqiy baho beriş uçun nazorat xati bilan Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasiga yuborilgan.

Olingan malumotlarga köra, Xovos tumani IIBning ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanib, natijasiga köra, xizmat faoliyatida aniqlangan kamçiliklar yuzasidan 4 nafar xodimga nisbatan “hayfsan” va “tanbeh” intizomiy jazo çoralari qöllanilgan.

Şuningdek, bir nafar xodimning xatti-harakatlariga yakuniy baho beriş masalasi Intizomiy kengaşga havola etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2010 yilda tuğilgan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi inspektori qamoqqa olingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: