25 mlrd sömlik davlat xaridlarida qonunbuzilişlar aniqlandi
Jizzax, Sirdaryo va Farğona viloyatlarida 25 mlrd sömdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuziliş holatlari aniqlanib, masullarga nisbatan tegişli çoralar körildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, qömita davlat xaridlari sohasida doimiy monitoring ötkazib, aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan hududiy organlar orqali tasir çoralarini körmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatida elektron maxsus axborot portallari malumotlari asosida ötkazilgan monitoringda umumiy qiymati 1,5 mlrd sömdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilişlar aniqlangan.
Xususan, Arnasoy tuman tibbiyot birlaşmasining 588,3 mln sömlik autsorsing xizmati, viloyat ixtisoslaştirilgan sanat maktab-internatidagi 6 ta savdoda 333,1 mln sömlik tovar-moddiy boyliklar, silga qarşi kuraş dispanseridagi 420 mln sömlik autsorsing xizmati hamda Döstlik tumani maktabgaça va maktab talimi bölimidagi 183,1 mln sömlik quriliş mollari xaridida qonunbuzilişlar qayd etilgan.
Bildirilişiça, iştirokçilarga asossiz talablar qöyilgani va talabgorlar notöğri baholangani sababli “Raqobat töğrisida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilgani yuzasidan işlar qözğatilgan. Masullarga bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilib, mansabdor şaxslarga nisbatan mamuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, sud organlariga yuborilgan.
Sirdaryo viloyatida esa “Issiqlik elektr tarmoqlari” AJ “Sirdaryo IES” filialida ötkazilgan tender savdolari örganilgan. Oqibatda umumiy qiymati 22,5 mlrd sömlik savdoda “Raqobat töğrisida”gi qonunning 29-moddasi hamda “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonunning 42, 46 va 61-moddalari talablari buzilgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan iş qözğatilib, bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.
Farğona viloyatida esa Marğilon şahar Obodonlaştiriş boşqarmasida 2025 yil va 2026 yilning yanvar–aprel oylarida ötkazilgan, umumiy boşlanğiç qiymati qariyb 1,2 mlrd sömlik eng yaxşi takliflarni tanlaş savdolarida raqobat qonunçiligi talablari buzilgani aniqlangan.
Şuningdek, Buvayda tuman yöllardan foydalaniş davlat muassasasida ham 2025 yil va 2026 yilning yanvar–aprel oylarida ötkazilgan, umumiy boşlanğiç qiymati 275 mln sömlik savdoda qonunçilik talablariga amal qilinmagani malum bölgan.
Har ikki holat böyiça “Raqobat töğrisida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilgani yuzasidan iş qözğatilib, bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilgan. Mancabdor şaxslarga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 178-moddasi 5-qismi asosida iş yuritilib, materiallar körib çiqiş uçun sudga yuborilgan.
“Raqobat qömitasi davlat xaridlari sohasidagi monitoring işlarini izçil davom ettirib, aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan qatiy çoralar körişda davom etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq tadbirkorlardan asossiz undirilgan 5,5 mlrd sömlik tölovlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning tizimidagi korxonalarga nisbatan iş qözğatilgani haqida xabar berilgan edi.