USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xonadoşlar körmagan yiqiliş: öquvçining ölimi tasodifmi yoki..?

212 марта
Хонадошлар кўрмаган йиқилиш: ўқувчининг ўлими тасодифми ёки..?

Avvalroq, Toşkent şahridagi maktab-internatning 16 yoşli öquvçisi Şohidbek Jamoliddinov yotoqxonaning 4-qavatidan tuşib ketib, halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Qalampir.uz jamoasi tafsilotlarni aniqlaş uçun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga borib, taşkilot direktori, öqituvçi va öquvçilar bilan suhbatlaşdi.

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining öquv binosi hamda yotoqxonasi quriliş jarayonida bölgani sababli, öquvçilar vaqtinçalik Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internatining binosidan foydalanayotgan bölgan. Öquvçilarni yotoqxonaga joylaştiriş uçun esa Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tanlangan. Fojia joriy yilning 5 sentyabrida şu institutdagi yotoqxonada sodir bölgan. Marhum Şohidbek Jamoliddinov oğir tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan. Ammo körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 15 sentyabr kuni olamdan ötgan. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining ijroçi direktori Javohir Axmedov falokat yuz bergan kunni aniq eslaydi.

“Şaxsan özim ham öşa yerda edim. Kunduzgi tarbiyaçimizdan: “Bir öquvçimiz törtinçi qavatdan tuşib ketdi”, degan qönğiroq böldi. Zudlik bilan pastga şoşildim. Tuşsam, ikki tarbiyaçi va bolaning xonadoşi bölgan ikki yigit öşa yerda ekan. U derazadan tuşgan joy yumşoqroq, rezina qoplama edi. Bola yuzi yerga qaragan holatda yotgan ekan. Oldiga borib: “Şohidbek, yaxşimisan?” deb söradim. U “Yaxşiman, ustoz. Hammasi joyida. Meni keçiring, notöğri iş qildim. Kompyuterimni yaxşi körardim, uni deraza oldida uşlab qolaman deb muvozanatni yöqotib, tuşib ketdim”, dedi. U aynan şu gaplarni aytdi. Bu jarayonda yonimda uning xonadoşlari – ikki-uç nafar bola va tarbiyaçi ham bor edi. “Tez yordamga qönğiroq qildinglarmi?” deb söradim. Ular qilib bölgan ekan”, deydi talim taşkiloti rahbari.

Falokat sodir bölgan payt xonada marhumdan taşqari yana ikki nafar öquvçi bölgan. Ular tengqurlarining aynan qanday tuşib ketganini körmagan bölsa-da, qulaşidan avvalgi vaziyatga guvoh bölgan.

“Biz parkdan qaytib kelgandik, hamma xonada edi. Biz öz örnimizda edik. Quloğimda quloqçin bor edi, ovozi baland qöyilgandi. Joyimda dam olib yotgandim. Keyin Şohidbekni deraza yoniga ötganini kördim. U tik turgança noutbukini tokçaga qöygan edi. Meni uyqu bosa boşlaganda birdaniga qattiq ovoz eşitildi. Qarasam, u pastda yotibdi. Uç-tört soniya şok holatida qotib qoldim, söng yugurib pastga tuşdim. Keyin uni tez yordam olib ketdi”, deydi marhumning xonadoşi Şavkat Jumanov.

Yana bir öquvçi esa Şohidbek yiqilganidan keyin ham muloqot qila olganini aytdi.

“Yotoqxonada darsimni qilib, quloqçinda ötirganim uçun şovqinni eşitmay qolganman. Qattiq ovoz eşitilgaç va Şavkatbek örnidan turganidan keyin qarasam, Şohidbek yöq ekan. Pastga tuşganimizda Şohidbek gaplaşa oladigan holatda edi, savollarga javob berayotgandi. Tanasida qon körinmasdi”, deydi Eldorbek Hakimov.

Fojia sodir bölgan kuni kunduzgi tarbiyaçi sifatida manzilda bölgan xodim Dilşod Murodov esa holat sodir bölgan vaqtni ham taxminan eslaydi.

“Navbatçilik paytim edi. Kunduzi soat 15:00–15:10 lar atrofida koridorda ötirganimda ikkita bola çopib çiqib: “Ustoz, örtoğimiz tuşib ketdi!” deb aytdi. Zudlik bilan pastga yugurdim. Tuşib, tepada – törtinçi qavatda ötirgan rahbarga qönğiroq qildim va birinçi navbatda tez yordam çaqirdik. Bola tuşganida huşida edi, heç qayeridan qon çiqmagandi, berilgan savollarga javob berayotgan edi”, deydi u ham.

Biz marhumning sinfdoşlariga “U yaqin kunlarda tuşkun kayfiyatda yurganmidi, nimadandir siqilgan yoki kim bilandir tortişib qolgan holatlari kuzatilganmidi?” kabi savollarni berdik.

“Şohidbek yaxşi bola edi, hammamiz bilan yaxşi çiqişardi. Matematikadan olimpiadalarda qatnaşib turardi, natijalari ham yaxşi – top-10 talikda bölardi. Oxirgi paytlar kayfiyati buzilib, siqilib yurgani yöq. Ikki soatça oldin birga parkka – Ğalaba boğiga çiqib kelgandik. Öşanda ham kayfiyati yaxşi edi, hamma bilan yaxşi muloqot qilayotgandi”, deydi xonadoşi.

Kunduzgi tarbiyaçi esa bolalar özaro janjallaşgan bölişi mumkinligi haqidagi farazlar umuman haqiqatga mos emasligini aytdi.

“Iş boşlaganimdan beri biror marta bolalar örtasida tortişuv bölganini yo sökişganini eşitmaganman. Hammasi öqigan, bilimli, fikrlaş doirasi keng bolalar. Köçadagilarga öxşab janjallaşib, tortişib, bir-birini haqorat qiliş degan narsa umuman yöq edi”, deydi Dilşod Murodov.

Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam jabrlanuvçini xalq tilida “TaşMI” nomi bilan tanilgan Toşkent tibbiyot akademiyasiga olib ketgan. Maktab-internat direktorining aytişiça, Şohidbek şu holatda ham darslar haqida öylagan.

“TaşMIga qarab yölga tuşdik. Yöl-yölakay Şohidbek bilan gaplaşib ketdim. U huşida, özini yöqotmagandi. “Ustoz, keçiring. Endi öqişim nima böladi? Mabodo oyoğim singan bölsa, menga onlayn öqişga ruxsat berasizmi? Örtoqlarimdan qolib ketmaymanmi?” dedi. Men unga: “Albatta, ruxsat beraman. Biliming yetarli, bolalar ham yordam berişadi. Borib oyoğingni gips qildiraylik, özingga kelib ol. Hozirça onlayn öqib turasan, keyin yana safimizga qaytasan”, deb könglini kötardim. U “Rahmat, ustoz”, dedi... TaşMIga borgunça şunday gaplaşib bordik”, deydi u.

16 yoşli Şohidbek Jamoliddinov – şoir, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi azosi, “Yangi Özbekiston” gazetasi boş muharriri birinçi örinbosari Nosirjon Jörayevning farzandi. Falokat sodir bölganidan söng maktab mamuriyati ota-onani ham bu masala böyiça boxabar qilgan.

“Şifoxonaga otasi bilan birga kirdik. Körikdan ötkazgan şifokorlar ikkalamizni kompyuter yoniga taklif qilişdi. Boş miyadan boşlab ötkazilgan barça kompyuter tomografiyasi natijalarini körsatişdi. Ekrandagi boş miya tasvirini körsatib berilgan birinçi malumot şu böldiki, Xudoga şukur, boş miyaga zarraça ham zarar yetmagan. “Boşi bilan tuşmagani – eng katta baxtimiz”, deyişdi şifokorlar. Söngra oyoğidagi jarohatni tuşuntirişdi. Oyoğining yuqori qismida bir joyi singani, lekin bu bemorning hayotiga heç qanday xavf solmasligini aytib, öşa singan joyni ham ekranda körsatişdi. Şuningdek, umurtqa poğonasining pastki qismidagi, adaşmasam, uçinçi umurtqa qattiqroq singani va yana ikkitasi yorilganini malum qilişdi”, deydi u şifokorlarning sözlarini eslaşga urinib.

“Qalampir.uz” aniqlagan malumotga köra, Şohidbekning boş miyasi lat yegan va umurtqa orqa miyasidan ham jarohat olgan. Şuningdek, kökrak qafasi ham jiddiy şikastlanib, öpkasi va yuragi lat yegan. Bundan taşqari, tovoni va dumğaza suyaklari singan. Bola hodisadan söng koma holatiga tuşgan.

“Şifokorlar natijalarni körgaç, tört-beş nafari maslahatlaşib, darhol operatsiya qilişga ehtiyoj yöqligini, bu rejali tarzda amalga oşiriladigan amaliyot ekanini aytişdi. “Oçiq siniş yöq, hayotiga xavf soladigan holat mavjud emas. Biroq hozir biz etibor qaratişimiz zarur bölgan eng muhim jihat – bu öpka masalasi”, deyişdi. Tuşuntirişlariça, baland qavatdan tuşgan paytda öpka va diafragma qisilar ekan. Natijada öşa sohada havo hamda qon yiğilib, gematoma hosil bölgan. Şifokorlar tibbiy tilda tuşuntirişdi, öpkaning taxminan 10 foiz qismida şunday holat kuzatilgan. “Hozirgi asosiy vazifamiz – kateter örnatib, öpkaga yiğilgan havo va qonni çiqarib taşlaş. Eng muhim iş – şu. Qolgani, yani umurtqa poğonasi bilan boğliq jarohatlar uning hayotiga xavf solmaydi. U yoğiga davolaş jarayonida boşqa mutaxassislar bilan bamaslahat iş tutamiz”, deb otasi ikkalamizga vaziyatni batafsil tuşuntirişdi”, deydi direktor.

10 kun davomida bemorga turli muolajalar qilingan, biroq körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Şohidbek 15 sentyabr kuni olamdan ötgan. Ammo bu vaqt orasida uning holati yaxşilanayotgani haqida umidli xabarlar ham bölgan.

“Adaşmasam, yettinçi kuni otalari xursand bölib telefon qildilar. “Javohir Jamoloviç, hozir Respublika neyroxirurgiya markazidan professorlar keldi. Punktsiya deyiladigan eski bir usul bor ekan. Umurtqa poğonasining singan joyi orqa miya kanalini tösib qöymaganiga işonç hosil qiliş, kelajakda bolaning nogiron bölib qolişining oldini oliş va aniqlik kiritiş uçun dori yuborib körilarkan. Tepadan ham, pastdan ham dori yuborib körişganida, hammasi muvaffaqiyatli ötdi. Yani umurtqa poğonasi bilan boğliq heç qanday jiddiy muammo yöq ekan”, deb xuşxabar bergan edi. Bolaning ahvoli kundan-kunga yaxşilanib borayotgandi. Faqat birinçi zarbda körinmagan öpkadagi jarohat keyinçalik bilinib, 30-40 foiz joyida yana gematoma kabi holat kuzatildi. Vraçlar har kuni beradigan axborotida kapillyarlardagi bu muammo dorilar bilan davolanayotganini bildirardi. Lekin 15 sentyabr kuni ertalab soat yettidan ötganda, işga kelayotganimda otalari qönğiroq qilib, “Öğlimiz ötib qoldi...”, degan şum xabarni berdi”, deydi Javohir Axmedov.

Şundan söng Şohidbek Namangan viloyatiga olib ketilgan va janoza namozi ham öşa yerda öqilgan. Endi köpçilikda paydo bölgan “Maktab öquvçilari nega pedagoglarni qayta tayyorlaydigan institut yotoqxonasiga joylaştirilgan, yotoqxonada nazorat bölganmi?” kabi savollarga javob izlaşga ötamiz. Al-Beruniy xalqaro maktabi iqtidorli bolalar dasturi doirasida taşkil etilgan bölib, mamlakatdagi istedodli yoşlarni yuqori sifatli talim bilan taminlaşga qaratilgan. Muassasa 2025–2026 öquv yilidan boşlab öz faoliyatini boşlagan va marhum Şohidbek unga qabul qilingan ilk öquvçilar qatorida bölgan. Dastlabki yilda 60 ta öquvçi saralanib olingan. Maktabning öquv binosi va yotoqxonasi quriliş jarayonida bölgani sababli darslar boşqa maktablarda ötilgan.

“Maktabimiz faoliyati aynan Maktabgaça va maktab talimi vaziri rahbarligidagi Kuzatuv kengaşi asosida yuritiladi. Joriy yilda uşbu kengaş qaroriga köra, öquvçilarimiz soni 120 nafarga yetgani munosabati bilan öquv jarayonlarini taşkil etiş uçun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab binosiga köçib ötdik. Sababi darslar barça laboratoriya va amaliy jihozlarga ega maktabda ötilişi hamda har bir öquvçiga xalqaro standartlar böyiça qöyilgan meyorlar va şaroitlar taminlanişi zarur. Aks holda xalqaro akkreditatsiyadan dars beriş huquqidan mahrum bölişimiz xavfi bor edi. IB taşkiloti vakillari kelib, binoni, bolalarning yaşaş va öqiş şaroitlarini atrofliça örgandi va bu yerda öquv jarayonini davom ettirişga ruxsat berdi”, deydi maktab-internatning direktori.

Öquvçilar barça hududlardan saralanib olingani bois, turar joy va yotoqxona masalasi kun tartibiga çiqqan. Bunga ham kuzatuv kengaşi orqali yeçim topilgan.

“Vazirlik hamda Agentlik rahbariyati boşçiligida tizim taşkilotlari orasida qayerda mos imkoniyat borligi örganildi. Çunki yangi bino qurilgunga qadar yotoqxona uçun davlat byudjetidan qöşimça moliyaviy mablağ ajratilmagan edi. Natijada maktabimizdan taxminan 1 kilometru 300 metr masofada joylaşgan vazirlik tizimidagi A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yotoqxonasi tanlandi. Masullar bilan birgalikda şaroitlarni örgandik. Xonalar tört kişiga möljallangan bölib, içida yuviniş xonasi, hojatxona va dars qiliş uçun barça qulayliklar yaratilgan. Bundan taşqari, öquvçilarimiz dam oliş kunlari institutning kutubxonasi hamda sport majmualaridan erkin foydalaniş imkoniyatiga ega edi”, deydi Javohir Axmedov.

Batafsil YouTube sahifamizda tomoşa qilişingiz mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: