Turğunovga nega kam muddatli jazo berildi? Sud munosabat bildirdi
Avvalroq, BMW bilan yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborib, uning ölimiga sabab bölgan Doniyor Turğunov 2 yildan ortiqroq vaqtga qamalgani haqida xabar berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan tayinlangan jazo turli muhokamalarga sabab bölmoqda. Xususan, muhokamalarda sudlanuvçiga yengil jazo berilganiga alohida etibor qaratilmoqda. Mazkur hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi.
Qayd etilişiça, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat işlarining sud tartibida körib çiqilişi va jazo tayinlaş masalalari qonunçilikda alohida tartibga solingan. Voyaga yetmagan Doniyor Turğunovga (jinoyat sodir etilgan paytda u 16 yoşga tölmagan) tayinlangan jazo haqidagi rasmiy axborotda unga oid jinoyat işi yopiq sud majlisida körib çiqilgani, jazo ham Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qiliş) tartibida tayinlanganiga urğu berilganining sababi ham şunda.
“Öz navbatida, rasmiy axborot birinçi instantsiya sudi hukmi böyiça Toşkent şahar sudining nuqtai nazarini ifoda etmasligi öz-özidan malum. Takid etilganidek, hukmga nisbatan taraflarning şikoyat beriş huquqi va tartibi raislik etuvçi tomonidan tuşuntirilgan. Bu esa, taraflardan şikoyat tuşsa, iş yuqori sud instantsiyasida tegişli tartibda körib çiqilişi va huquqiy baho berilişini anglatadi”, deyiladi xabarda.
Özi nima bölgan edi?
Joriy yilning 25 fevral kuni Toşkent şahrida soat 21:46 da 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf öquvçisi Doniyor Turğunov BMW M4 rusumli avtomaşinani haydovçilik guvohnomasiz boşqarib, Mirobod tumani Mirobod köçasi böylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi.
Keyinroq, 3 kun davomida şifokorlar nazoratida bölgan içki işlar organi xodimi körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Uşbu xodimning oila azolari davlat muhofazasiga olinişi belgilandi.
Joriy yilning mart oyida boşida inspektorni urib ketgan ösmir Doniyor Turğunov qamoqqa olingani malum böldi. Jinoyat işi doirasida Turğunov Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qoçiş) 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvçi tariqasida jalb etilgani xabar qilindi.