Farğonada fast-fuddan zaharlanişda gumonlanganlar soni oşdi
Avvalroq, Farğona viloyatining Uçköprik tumanida istiqomat qiluvçi fuqarolardan 31 kişi fast-fuddan ehtimoliy zaharlaniş sabab holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi şikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu holat böyiça şifoxonaga murojaat qilganlar soni köpaydi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 18 sentyabr soat 20:00 holatiga köra, 57 nafar fuqaro tibbiy yordam sörab murojaat qilgan va şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki epidemiologik suriştiruv jarayonida murojaat qilgan fuqarolar Uçköprik tumani Navrözşoh köçasida joylaşgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan şoxobçalardan birida xot-dog va non-burger kabi mahsulotlarni istemol qilgani aniqlangan.
Bildirilişiça, şifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlaniş holati gumon qilingan. Oğir va reanimatsion bemorlar yöq. Holat yuzasidan epidemiologik suriştiruv işlari davom etmoqda. Tadbirkorlik subektining faoliyati qonunçilikda belgilangan tartibda vaqtinçalik töxtatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq jinoyat işlari böyiça Böka tuman sudida 2025 yil sentyabr oyida Bekobod, Böka, Oqqörğon, Piskent va Quyi Çirçiq tumanlarida maktabgaça talim muassasalari tarbiyalanuvçilarining zaharlaniş holatlariga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni tugab, 11 kişiga hukm öqilgan edi.