USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiyada öğirlab ketilgan “Anorbank” rahbari qidiruvga berildi – OAV

351 марта
Францияда ўғирлаб кетилган “Anorbank” раҳбари қидирувга берилди – ОАВ

2025 yilning yozida Frantsiyada öğirlab ketilgani va qiynoqqa solingani aytilgan Qahramonjon Olimovning özi odam öğirlaşda ayblanmoqda. Malumotlarga köra, Olimov Özbekistonda sirtdan qamoqqa olingan va xalqaro qidiruvga berilgan. Bu haqda Olimovga yaqin manbaga tayanib, “The Insider” xabar berdi.  

Qayd etilişiça, iş böyiça rasmiy malumotlar mavjud emas, biroq “The Insider” manbasining xabar berişiça, Olimov sobiq iş beruvçisi va iqtisodiy nizodagi raqibi Botir Rahimovni jinoyat taşkilotçisi sifatida körsatiş uçun Frantsiyada özini öğirlaşlarini sahnalaştirgan bölişi mumkin. 2025 yilning noyabr oyida “The Insider” va Frantsiyaning “L’Express” naşrlari Olimov taqdim etgan talqinda köplab ziddiyatlar va soxtalaştiriş alomatlarini aniqlagan. Xususan, göyoki ozod qilinganidan söng bankir özini öğirlagan şaxs deb atagan odam bilan döstona yozişgan, söngra qölga olinişining oldini oliş uçun uni politsiya haqida ogohlantirib, “uzoqroq yurişni” söragan.

Naşrning yozişiça, endilikda Olimov Rahimovni özini öğirlaşda ayblab, unga tuhmat qilganlikda, söng Özbekiston kuç işlatar tizimlari yordamida Rahimovni jinoiy taqib qiliş tahdidi ostida moliyaviy davolardan voz keçişga majburlaş uçun uning özini öğirlaşni taşkil etganlikda ayblanmoqda. Rahimov avvalroq Olimovga nisbatan moliyaviy davolar bildirib, uni öziga tegişli biznes-aktivlarni özlaştirib olişda ayblagan va 200 million dollardan ortiq tovon puli talab qilgan.

Odam öğirlanişining sahnalaştirilişi

2025 yilning yozida Olimov uni Parij markazida öğirlab ketişganini, avval nomalum joyga, söng Nitstsa yaqinidagi villaga olib borib, u yerda kaltaklaşgani, qiynoqqa solişgani va 10 million dollar talab qilişganini malum qilgan. Uning talqiniga köra, u 5 million dollarlik tilxat yozib berişga va 200 ming dollar topşirişga rozi bölgaç, öğrilar uni qöyib yuborgan. Parijga qaytgaç, Olimov politsiyaga murojaat qilgan.

Biroq “The Insider” va “L’Express”ning birgalikdagi suriştiruvi bu talqinga mos kelmaydigan bir qator holatlarni aniqlagan. Olimov göyoki uşlab turilgan villa Olimovning yaqin şerigining hujjatlaridan foydalanilgan holda vositaçi orqali ijaraga olingan. Ozod qilinganidan söng, Olimovning Parijga qaytiş uçun birinçi klass çiptasini bankir öğirlikning bevosita iştirokçisi deb atagan M. ismli şaxsning haydovçisi tölagan. Politsiyaga murojaat qilganidan keyin ham Olimov M. bilan döstona yozişişni davom ettirgan va köp soatlik söroq paytida u bilan 200 ming dollarni topşirişni muhokama qilgan.

Yozişmalar keyinçalik ham davom etgan. M. Olimovdan politsiya sodir bölgan voqea sahnalaştirilganini tuşundimi deb söraganida, u javob bermagan. Bir neça kundan söng Olimov unga oralarida “adovat yöqligini” yozgan va M. ning qölga olinmaganidan yengil tortişini bildirgan. Taxminiy qiynoqlardan sakkiz kun ötib ötkazilgan tibbiy körik Olimovda faqat kelib çiqişi nomalum bölgan arzimas lat yeyiş va şilingan joylarni qayd etgan.

Suriştiruvda, şuningdek, Olimov va uning sobiq iş beruvçisi Botir Rahimov örtasida köp yillik moliyaviy nizo mavjudligini aniqlangan. 

“Rahimov 2016 yilda Özbekistondan Turkiyaga ketib qolgaç, uning biznesining salmoqli qismi Olimov boşqaruviga ötgan, söngra Olimov tomonidan majburlab ötkazilgan va Rahimov keyinçalik öta manfaatsiz deb hisoblagan bitim natijasida unga ötib ketgan. Özbekistonga qaytgaç, Rahimov uni qayta körib çiqişga erişa boşladi va Olimovdan 200 million dollardan ortiq tovon puli talab qildi. Bu voqealar fonida 2025 yilning yozida Olimovning öğirlanişi haqidagi voqea paydo böldi va u buning taşkilotçisi sifatida amalda Rahimovga aloqador odamlarni aybladi”, deyiladi xabarda.

Malumot uçun, Qahramonjon Olimov Özbekistonning taniqli moliyaçilaridan biri. U 1977 yilda tuğilgan, 1999 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Şuningdek, 2012 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Biznes maktabida tahsil olib, biznes boşqaruvi böyiça magistr darajasini qölga kiritgan. U Özbekistonda xususiy bank sektorida faoliyat yurituvçi eng muhim şaxslar qatoriga kiradi. Hozirda “Anorbank” aktsiyadorlik jamiyatining asosiy aktsionerlaridan biri va Kuzatuv kengaşi azosi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, 2025 yilning iyul oyida “Le Monde” “Anorbank” rahbari 49 yoşli Qahramonjon Olimov Frantsiyada öğirlab ketilganini yozgan edi. Keyinroq, QALAMPIR.UZ holat böyiça izoh oliş uçun bank bilan boğlangandi. “Anorbank” rasmiysi şunday hodisa röy berganini tasdiqlagan edi va Olimov ozodlikka çiqiş uçun öz şaxsiy pullarini işlatgani, hodisaning bankka omonot qöygan mijozlarning puliga aloqasi yöqligi bildirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: