Çirçiqda 17 yoşli maktab öquvçisi 600 ming dollarlik gaşiş bilan uşlandi
Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida 17 yoşli maktab öquvçisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gaşişni qabul qilib olayotgan vaqtda qölga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi xabar qildi.
Qayd etilişiça, Bojxona qömitasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş boşqarmasi Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligining tezkor tuzilmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Unda 2009 yilda tuğilgan, yani voyaga yetmagan şaxs Rossiyadan yuborilgan jönatmani qabul qilib olayotgan vaqtida qölga olingan.
Jönatma xolislar iştirokida oçib körilganida, uning içidagi 4 dona konserva qutilariga 852,2 gramm gaşiş giyohvandlik vositasi yaşirilgani aniqlangan.
Şuningdek, ösmirning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, u yerdan elektron tarozilar, narkotik moddalarni tarqatişga möljallangan “zip“ paketçalari hamda izolentlar topilib, aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Bojxona qömitasi malumotiga köra, 852,2 gramm gaşiş örta hisobda 60 ming dozadan oşadi. Uşbu hajmdagi narkotik moddaning qora bozordagi qiymati salkam 600 ming AQŞ dollarini taşkil qiladi.
Hozirda holat yuzasidan Bojxona qömitasi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 ta holatda jami 339 kvadrat metr yer maydonida 48 tup kannabis giyohvandlik ösimligi yetiştirilayotgani aniqlangan edi.