Trampni sotişyapti, Paşinyan Putinga “sakrayapti”, Germaniya Rossiyaga qarşi – Weekend
AQŞ Rossiyaga qarşi “dözaxiy” sanktsiyalarni qöllaşni boşlaydi. Tramp yangi qonunni imzoladi. Putin esa bunga keskin javob berib, çeklovlar faqatgina AQŞning öziga qiyinçilik olib kelişini aytdi. “Rossiya va Ukrainani yaraştirib qöyaman” deyayotgan Tramp nega birdan örtaga sovuqlik tuşirdi?
Rossiya atigi 24 soat içida ikki mingga yaqin askar yöqotdi. Mahalliy aholi hatto “alkaş”lar ham majburan harbiy xizmatga olib ketilayotganini aytmoqda. Nima, Moskva armiyasi şu qadar kuçsizlandimi?
Yamandagi husiylar Makkaga hujum qilgani aytilyapti. Saudiya Arabistoni musulmonlar uçun muqaddas bölgan şaharga ham dron yuborganini rasman elon qildi. Husiylar bu ayblovni “oçiq-oydin yolğon” deyapti. Kimga işoniş kerak?
Germaniya Rossiyaga qarşi uruşga tayyorlanyapti. Hatto kunlik yaradorlar soni taxminan hisoblab çiqilgan, ularni davolaşning ehtimoliy çoralari ham körilgan. Uruş kattalaşadimi?
Donald Tramp amaldorlarni “iflos itlar” deb atadi va Eron böyiça maxfiy rejalarni oşkor qilayotganlarni şafqatsiz jazolaşini aytdi. Oq uy içidagi ayğoqçilik öyini ortida kim yo nima yaşiringan? Içkaridan Trampga tuzoq qöyilganmi?
AQŞ Oyda jang qilmoqçi
Vaşington siyosiy sahnasi ham, xalqaro maydon ham bir vaqtning özida bir neçta frontda keskinlik va strategik noaniqlik girdobiga şönğimoqda. AQŞ atrofidagi siyosiy öyinlar – Yaqin Şarqdagi harbiy stsenariylardan tortib, Moskvaga qarşi iqtisodiy bosim va hatto Oy orbitasidagi harbiylaşuv poygasigaça kengaygan.
Yaqin Şarq yönalişidagi voqealar Vaşingtonning içki qarama-qarşiliklarini va oqşomgi “maxfiy” xabarlarning taşqariga sizib çiqişi atrofidagi maşmaşalarni yana bir bor kun tartibiga olib çiqdi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron böyiça maxfiy malumotlarning tarqalib ketişida aybdorlarni topişga va ularni öz qilmişlari uçun badal tölaş meyoridan ortiq tölaşga majbur qilişga vada berdi. U özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida “The Waşington Post” naşrining “Eron haqidagi sizib çiqqan malumotlar Tramp haqida nima deydi?” nomli materialiga kutilgan va agressiv uslubda javob qaytardi. Amerikaning amaldagi yetakçisi axborot sizdiruvçilarini iflos itlar deb atagan.
“Juda qiziq. Albatta öqib çiqiş kerak! Sizib çiqarişda davom eting, ey iflos itlar! Sizlarni topganimizda, juda qimmatli badal tölaysizlar”, deya keskin munosabat bildirdi.
Oq uy rahbarining bu kabi ğazabiga sabab bölgan “The Waşington Post” maqolasida yozilişiça, Eronga qarşi ehtimoliy harbiy operatsiya boşlanişidan oldin Tramp zarbaning oğir oqibatlari haqida Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard tomonidan bir neça bor ogohlantirilgan.
Qolaversa, “The Wall Street Journal” taqdim etgan malumotlarga köra, fevral oyida Gabbard Prezidentni hujum sodir etilgan taqdirda Tehron zudlik bilan Hormuz böğozini yopib qöyişi va bu holat jahon energiya bozorini misli körilmagan darajada beqarorlaştirişi mumkinligi haqida ogohlantirgan. WP naşri yuqori martabali harbiylarning ham şunday xavotirda bölganini qöşimça qiladi. Materialda aytilişiça, “Vitse-prezident Jey Di Vens, öz navbatida, ehtiyotkorona yondaşuv va muzokaralar tarafdori bölgan, ularning fikriça, bu uruşdan köra kamroq xarajat talab qilgan”. Material muallifi, taniqli kolumnist Mark Tissen esa uşbu ogohlantirişlarni matbuotga sizdirayotgan doiralarni nizo oqibatlari uçun butun masuliyatni Trampning zimmasiga yuklaşga urinayotganlikda ayblaydi. Tissenning fikriça, mamuriyat içidagi etirozlar va ehtiyotkor çaqiriqlarga qaramay, Prezidentning zarba beriş qarori Eronning yadroviy qurolga ega bölişiga yöl qöymaslikka qaratilgan qatiyatli qadamdir. Maqolada Eronning köp yillik tajovuzkor deb baholangan siyosati ham eslangan.
“Agar Eron bularning barçasini yadroviy soyabonsiz qilgan bölsa, unga ega bölsa, qanday vayronkorliklar keltirib çiqarişini tassavvur qilib köring”, deyiladi maqolada.
Muallif, şuningdek, uzoq muddatli bitimlarga şubha bilan qaragan.
“Trampning Eronga hujumi xato emas edi. Bu mening hayotimdagi har qanday prezident tomonidan taşqi siyosatda qabul qilingan eng jasur qaror böldi”, degan xulosani ilgari suradi jurnalist.
Lekin Vaşington va Tehron örtasidagi tugallanmagan hisob-kitoblar hali öz kulminatsiyasiga yetgani yöq. AQŞ Prezidenti “Axios” naşriga bergan intervyusida Yaqin Şarqdagi vaziyat böyiça tez orada yana bir keskin qarorni elon qilişini malum qildi.
“Oldimda muhim qaror qabul qiliş vazifasi turdi. Men ularga bostirib kirişni va ularni yöq qilişni xohlaymanmi yoki yöqmi? Bu muhim qaror. Men bilan har qanday narsa yuz berişi mumkin”, deydi Tramp ommaviy zarbalarni qayta boşlaş ehtimoliga işora qilib.
Şu bilan birga, Oq uy rahbari 2026 yilning 22-26 sentyabr kunlari Nyu-Yorkdagi BMT Boş Assambleyasi doirasida Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Bahrayn, Kuveyt va Ommon vakillari bilan uçraşib, Eron masalasini muhokama qilişini bildirdi. U arab mamlakatlari haqida ham bosimli fikr bildirgan.
“Men ularning hozirda qaysi mavqeda ekanini va ahvoli qandayligini bilmoqçiman. Biz har doim ular haqida juda ğamxörlik qilganmiz”, deydi prezident.
Trampning özi 22 sentyabr kuni BMT minbaridan nutq sözlaydi va bu çiqiş Eron bilan boğliq navbatdagi qadamlarga oydinlik kiritişi kutilmoqda.
AQŞ Rossiyaga “Dözaxiy” sanktsiyalar qöllamoqçi
Vaşingtonning ikkinçi yirik geosiyosiy frontida esa Moskvaga qarşi navbatdagi iqtisodiy “qamal” tayyorlanmoqda. AQŞ Kongressi Vakillar palatasi Rossiyaga qarşi “dözaxiy” sanktsiyalar joriy etişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini köpçilik ovozi bilan maqulladi. 262 kişi rozi bölgan, 159 ta qarşi ovoz berilgan va 12 kişi betaraf qolgan. Avgust oyi boşida Senatdan ötgan uşbu hujjat imzolaş uçun Trampga yuborilgan va Tramp uni 18 sentyabr kuni imzoladi.
Qonunning töliq nomi “Lindsi Gremning 2026 yilgi Rossiya va Eronga qarşi sanktsiyalar töğrisidagi qonuni”. U Rossiyaga nisbatan qonunda nazarda tutilgan sanktsiyalar, bojlar va taqiqlarni nazarda tutadi hamda kengaytiradi. Şuningdek, Eronga qarşi amaldagi sanktsiyalar muddatini uzaytiradi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Trampga “uşbu öta muhim qonunni imzolagani uçun” minnatdorlik bildirgan.
“Lindsi Grem bu yerda, Ukrainada bölganida, Rossiyaga bosimni böşaştirmaslik, sanktsiyalarni kuçaytiriş va tinçlikka erişiş yölini izlaş qançalik muhimligi haqida doimo gapirar edi. Jumladan, Rossiya neftini sotib oliş, Rossiyaga moliyaviy xizmatlar körsatiş hamda Putin va uruş bilan boğliq Rossiya kompaniyalarini boşqa mamlakatlardagi odatiy biznes munosabatlariga jalb qiliş böyiça qarorlar qabul qilinadigan poytaxtlarda ham”, deb yozdi u özining Telegram-kanalida.
Sanktsiyalar töğrisidagi qonun taşabbuskori 2026 yilning iyul oyida vafot etgan respublikaçi-senator Lindsi Grem bölgan edi. Uşbu qonun loyihasi Rossiyaning neft va gazini sotib oluvçi uçinçi davlatlarga nisbatan ikkilamçi çeklovlarni nazarda tutadi. Hujjatga muvofiq, AQŞga olib kiriladigan Rossiya mahsulotlariga 500 foizgaça, Rossiya energiya resurslarini xarid qiluvçi mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga esa 100 foizgaça boj solinişi mumkin.
Moskva esa uşbu çora-tadbirlarga doimgidek keskin va istehzoli munosabat bildirdi. Rossiyaning Vaşingtondagi elçixonasi qonun loyihasini Tramp mamuriyatiga berilgan “ayiq xizmati” deb atab, çeklovlar Amerika iqtisodiyotining öziga zarba bölişidan ogohlantirdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa avvalroq iqtisodiy çeklovlar haqida fikr bildirgan edi.
“Sanktsiyalar qança köp bölsa, ularni joriy qilayotganlar uçun şunça yomon”, deya kesatgan edi.
Kreml rasmiylari misli körilmagan çeklovlar Moskvaning maqsadlarini özgartira olmaganini takidlamoqda. 17 sentyabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi sanktsiyalar böyiça munosabat bildirdi.
“Biz, albatta, uşbu hujjatning körib çiqilişini kuzatyapmiz. Bu döstona bölmagan harakatlarga taalluqli va albatta, AQŞ tomonidan qandaydir qöşimça sanktsiyalarning joriy etilişi Ukrainada tinçlik örnatiş yöllarini izlaş borasidagi say-harakatlarni faqat qiyinlaştiradi”, deya ogohlantirdi Peskov.
AQŞning geosiyosiy ambitsiyalari faqat Yerdagi harbiy va iqtisodiy töqnaşuvlar bilan çeklanib qolmayapti. Vaşington koinotni ham potentsial harbiy harakatlar maydoniga aylantiriş harakatini oçiq elon qildi. 16 sentyabr kuni ötkazilgan Air, Space and Cyber konferentsiyasida Trampning boş harbiy maslahatçisi, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi rahbari general Den Keyn Amerika armiyasi “dengiz tubidan tortib Oy atrofidagi fazogaça” bölgan sohalarda “jang qilişga, bardoş berişga va ğalaba qozonişga” tayyor turişi şartligini malum qildi. Uşbu pozitsiyani AQŞ Kosmik kuçlari qömondoni general-leytenant Gregori Gannon ham qöllab-quvvatlab, insoniyat koinotga çuqurroq kirib borayotgan bir paytda harbiylarning asosiy vazifasi “AQŞ manfaatlarini himoya qiliş” ekanini aytdi.
“Xitoy Xalq Respublikasi kabi bizning ehtimoliy raqiblarimiz kosmosning bazi qismlarida faol faoliyat olib bormoqda. Şu sababli yaqin beş yilda Kosmik kuçlar şaxsiy tarkibini 25 ming kişiga yetkaziş rejalaştirilgan”, deb qöşimça qildi u.
Uşbu harbiy çaqiriqlar Vaşington tomonidan koinotga kosmik qurol çiqarilgani tasdiqlanganidan bir neça kun ötib yangragani vaziyatning qançalik jiddiy ekanini körsatadi. 2019 yilda Trampning birinçi prezidentlik davrida taşkil etilgan Kosmik kuçlarga javoban, Xitoy 2024 yilda özning harbiy-kosmik bölinmalarini tuzgan edi. Amerika qurolining koinotga olib çiqilişiga javoban Pekin Taşqi işlar vazirligi Xitoy “kosmik fazoda qurol joylaştiriş, militarizatsiya va qurollaniş poygasiga mutlaqo qarşi” ekanini bildirgan. Amerikalik harbiylarning bu kabi çaqiriqlari xalqaro konventsiyalarni hamda AQŞ va Xitoy 1967 yilda imzolagan Kosmos töğrisidagi şartnomani oçiqdan-oçiq çetlab ötiş deganidir. Çunki mazkur şartnomada Oy va boşqa samoviy jismlardan “faqat tinçlik maqsadlarida” foydalaniş hamda koinotga ommaviy qirğin qurollarini joylaştirişni taqiqlaş qatiy belgilab qöyilgan.
Xalqaro siyosatda diplomatiya, iqtisodiy sanktsiyalar va harbiy tahdidlar bir-biriga qorişib ketdi. Dunyo şusiz ham notinç. Global xavfsizlik masalasi yangi va ança xatarli bosqiçga kelib qolganida AQŞning harakatlari boşqalarnikidan köproqdek.
Rossiya 24 soatda 2 mingta askarini yöqotdi
Bugungi global geosiyosiy manzara şunçaki keskinlaşayotgani yöq, balki u tizimli ravişda yangi va yanada xatarli davrga qadam qöymoqda. Rossiya – Ukraina uruşi harbiy va diplomatik jabhalardan çiqib, endilikda çuqur strategik, iqtisodiy hamda gumanitar inqirozlarni keltirib çiqarmoqda. Maydondagi töqnaşuvlar doirasi tobora kengayib, u nafaqat davlatlar çegaralarini, balki BMT hisobotlarida takidlanganidek, butun dunyo xavfsizlik arxitekturasini sinovdan ötkazmoqda.
Harbiy harakatlar teatrida Ukraina Mudofaa kuçlari Rossiya hududidagi va bosib olingan joylardagi muhim logistika hamda energetika infratuzilmalariga doimiy zarbalar beriş strategiyasini davom ettirmoqda. 17 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy özning Telegram-kanalida maxsus xizmatlar hamkorligida amalga oşirilgan navbatdagi amaliyot videosini elon qildi. Zelenskiyning takidlaşiça, Ukraina Xavfsizlik xizmati, Maxsus operatsiyalar kuçlari, Boş razvedka boşqarmasi va Taşqi razvedka xizmati hamkorligida Yaroslavl viloyatidagi “Slavneft-YaNOS” neftni qayta işlaş zavodi hamda Rostov-Dondagi “Markaziy” harbiy aerodromiga zarbalar berilgan. Keyinçalik Ukraina Boş ştabi ham uşbu hujum tafsilotlarini tasdiqladi. Malumotlarga köra, Rostovdagi aerodromda Rossiya harbiylariga qaraşli 2 ta An-26 va 1 ta An-12 transport samolyoti hamda 3 ta vertolyot şikastlangan, hududda yonğin va portlaşlar qayd etilgan. Şuningdek, yiliga qariyb 15 million tonna neftni qayta işlaş quvvatiga ega bölgan va Rossiya qurolli kuçlari ehtiyojlarini yonilği bilan taminlab kelayotgan “Slavneft-YaNOS” korxonasining birlamçi qayta işlaş qurilmasiga zarar yetkazilgan. Bundan taşqari, “Ukrinform” bergan xabarga köra, Ukraina kuçlari vaqtinça bosib olingan Qrimdagi Saki aviabazasida Rossiyaning Su-24 samolyotini ham nişonga olgan.
Harbiy harakatlarning şiddati fonida har ikki tomondagi yöqotişlar statistikalari ham ösib bormoqda. Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabining 17 sentyabr kuni elon qilgan malumotlariga köra, uruş boşlanganidan buyon Rossiya armiyasining yöqotişlari 1 million 513 ming 490 nafarga yetgan. Sönggi bir sutkaning özida Rossiya tomoni 1 960 nafar harbiy xizmatçisidan ayrilgan. Boş ştab hisobotida takidlanişiça, töliq miqyosli uruş davomida Rossiya 12 346 ta tank, 25 345 ta zirhli jangovar maşina, 49 863 ta artilleriya tizimi, 520 mingdan ortiq uçuvçisiz uçiş apparatlari hamda yuzlab samolyot va vertolyotlarini yöqotgan. Ammo Rossiya tomonidan bu raqamlar rasman tasdiqlanmagan.
Biroq frontdagi ulkan yöqotişlar Rossiya jamiyatining içki ijtimoiy qatlamlariga ham bevosita tasir ötkazmay qolmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng muhokamalarga sabab bölgan videoda rossiyalik fuqarolardan biri öz qişloğidagi demografik va ijtimoiy özgarişlarni oçiq tasvirlaydi. Uning aytişiça uruş tufayli “alkaşlar” qirilib ketyapti.
“Bizning qişloqda birorta ham alkaş qolmadi. Uçastka noziri hammasini maxsus harbiy operatsiyaga jönatdi va hammasi halok böldi”, deydi u.
Fuqaroning sözlariga köra, bunday jarayonlar qamoqxonalarni ham qamrab olgan bölib, hukumat “keraksiz yoki şubhali” deb qaralgan qatlamlardan xalos böliş orqali jamiyatni qaysidir manoda “tozalamoqda”.
“Köryapsiz-ku, Putinning özi aytdi-ku, maxsus harbiy operatsiya – bu ijtimoiy lift. Siz undan foydalanişingiz mumkin. Faqat u qanday narx evaziga, kim tirik qolişini aytmadi”, deya amaldagi siyosat ustidan aççiq piçing qiladi.
Uning fikriça, uruşdan omon qaytganlar keyinçalik “qon bilan hokimiyatga boğlangan” holda turli davlat va jamiyat lavozimlariga tayinlanmoqda.
Ziddiyatning şiddatli tus olişi tinç aholi va fuqarolik infratuzilmalari uçun ham jiddiy xavf tuğdirişda davom etmoqda. 16 sentyabr kuni Rossiya kuçlari Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol tumanida yölovçi avtobusiga kamikadze-dron orqali zarba bergan. Viloyat harbiy mamuriyati rahbari Aleksandr Ganjaning malum qilişiça, hujum oqibatida 5 kişi voqea joyida halok bölgan, 7 kişi esa oğir jarohatlar olgan. Rossiya va Ukraina örtasida bunday obektlarga berilayotgan zarbalar kölami tobora ortib bormoqda. Masalan, joriy hafta boşida Polşa çegarasi yaqinida Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning sobiq yuqori martabali mulozimlarini, jumladan Boris Jonson va Karl Bildtni olib ketayotgan diplomatik poyezd stantsiyani tark etganidan bir neça daqiqa ötib dronlar hujumiga uçragan edi. Şu bilan birga, 15 sentyabrga ötar keçasi Ukraina kuçlari ham Taganrog şahriga raketalar va dronlar bilan zarba bergan.
Uşbu noaniq va holdan toydiruvçi şaroitda mojaroga diplomatik yeçim topiş va muzokaralar ötkaziş borasidagi çaqiriqlar ham quloqqa çalinmoqda. Polşaning Varşava universiteti professori Adam Velomskiy X ijtimoiy tarmoğida Kiyev Rossiya bilan zudlik bilan muzokaralarni boşlaşi kerakligini ilgari surdi.
“Kiyev bu uruşda ğalaba qila olmaydi. Şuning uçun muzokara stoliga ötirib, uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişişimiz kerak. Aksinça, demografik jihatdan holdan toygan Ukraina oxir-oqibat qulaydi”, degan ogohlikni berdi.
Uning fikriça, vaqt Moskva tomonida işlamoqda va Ukrainaning safarbarlik resurslari çeklangan. Bunga javoban, Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Moskva diplomatik yöldan voz keçmagani hamda AQŞ iştirokidagi ikki va uç tomonlama muzokaralarga tayyorligini bildirdi. Biroq Ukraina rahbariyati va xalqaro ittifoqçilar hozirça bunday şartlarga şubha bilan qaramoqda.
“Rossiyaning qiliğidan xavotirda emasman”
Rossiyaning ananaviy ittifoqçilari bilan munosabatlari ham tobora sovuqlaşmoqda. Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan hukumat oldidagi nutqida Yerevan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan çiqarib yuborilişidan mutlaqo xavotirda emasligini malum qildi. U vaziyatni armanlarning “Kikosning ölimi” ertagi bilan soliştirdi.
“Bizning fikrimiz şundan iboratki, agar bizni çiqarib yubormoqçi bölişsa, çiqarib yuborişsin. Agar çiqarib yuborişni istaşmasa, çiqarişmasin”, deya keskin va bepisand munosabat bildirdi.
Paşinyan, şuningdek, Gyumridagi Rossiya harbiy bazasining Armanistonda qolişi yoki çiqib ketişi ham Moskva qaroriga boğliqligini, u Yerevan xavfsizligi uçun daxlsiz omil emasligini oçiq aytdi.
“Bizga bu harbiy baza kerak emas. Rossiya – bizning döst mamlakatimiz. Agar ular uni olib çiqib ketmoqçi bölişsa, olib çiqişsin, ertagayoq olib çiqişsin. Agar qolişni istaşsa, biz Armaniston Respublikasida bizga kerak bölmagan bazani saqlab turiş şartlarini muhokama qilişga tayyormiz”, deydi u.
Germaniya Rossiyaga qarşi uruşga tayyorlanmoqda
Mintaqaviy ziddiyatlarning fazoviy kölami esa Yevropa davlatlarini harbiy tayyorgarliklarni kuçaytirişga majbur etmoqda. “Bloomberg” tarqatgan malumotlarga köra, Germaniya hukumati va mudofaa idoralari Rossiyaning NATO davlatlaridan biriga ehtimoliy hujumi stsenariylariga tayyorgarlik körmoqda. Germaniya armiyasi hisob-kitoblariga köra, töğridan-töğri uruş kelib çiqqan taqdirda, mamlakatga har kuni 1 000 nafargaça yarador harbiy olib kelinişi mumkin. Fuqarolik şifoxonalari hamda xirurglar harbiy jarohatlarni davolaş böyiça maxsus tayyorgarlikdan ötkazilmoqda. Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Rossiya 2029 yilga borib NATO bilan töliq miqyosli uruşga tayyor bölişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Uşbu xavotirlar BMT tomonidan 15 sentyabr kuni elon qilingan yangi global dokladda ham öz aksini topgan. Dunyoning 1,3 ming nafar ekspertlari va masullari örtasida ötkazilgan sörovnomaga köra, “yirik miqyosli uruş” tahdidi oxirgi ikki yilda eng tez ösayotgan xavf sifatida 16 poğonaga kötarilib, birinçi öringa çiqib olgan. Respondentlarning 76 foizi yaqin yetti yil içida global uruş oqibatlari insoniyatga bevosita tasir qilişi mumkinligini taxmin qilmoqda. BMT dokladiga köra, uşbu tahdid bir vaqtning özida dahşatlilik darajasi, vaqt böyiça yaqinligi, boşqa inqirozlarni keltirib çiqarişi hamda xalqaro hamjamiyatning unga tayyor emasligi kabi 4 ta asosiy mezon böyiça ham eng xatarli deb topilgan yagona global xavfdir.
Husiylar Makkaga hujum qildi(mi?)
Yaqin Şarqdagi tanglik esa şunçaki mintaqaviy nizo çegarasidan çiqib, global energiya xavfsizligi va harbiy muvozanatni ostin-ustun qiluvçi yangi, öta xatarli bosqiçga ötdi. AQŞ va Eron örtasida ortiq olti oydan beri davom etayotgan töğridan-töğri va bilvosita töqnaşuvlar oqibatida Hormuz böğozi orqali kemalar qatnovi keskin qisqargan bir paytda, Yamandagi husiylar harakati ham front çiziğini kutilmagan darajada kengaytirdi. Husiylarning Qizil dengiz sohilidagi, xususan, dunyo savdosining arteriyasi hisoblangan Bob al-Mandab böğoziga tutaş hududlarni nazoratga olişi, Hormuz muammosidan qoçib neft eksportini muqobil yöllar bilan taminlaşga urinayotgan Saudiya Arabistoni uçun jiddiy strategik tahdidga aylandi.
Mintaqadagi harbiy harakatlar va havo töqnaşuvlari sönggi kunlarda keskin tus oldi. 16 sentyabr kuni husiylar harakatining harbiy vakili, general Yahyo Sarining “The National” naşriga malum qilişiça, husiylar Yamanning Marib provintsiyasi osmonida Saudiya Arabistoni Harbiy-havo kuçlariga tegişli F-15 qiruvçi samolyotini mahalliy işlab çiqarilgan zenit raketasi bilan urib tuşirgan. Sarining takidlaşiça, uşbu voqeadan söng havo hududiga poymol bölgan samolyotni qidiriş uçun kirgan Saudiyaning boşqa F-15 va Eurofighter Typhoon qiruvçi samolyotlari ham husiylarning raketalariga nişon bölib, hududdan çekinişga majbur bölgan. Bundan taşqari, general Yahyo Sari ötgan hafta davomida Saudiya Yamanning Al-Baydo, Marib, Taiz, Xajja, Al-Jauf va Lahj provintsiyalariga 450 dan ortiq aviazarba berganini aytdi. Bu raqamlar 2015 yildan buyon davom etib kelayotgan, ammo sönggi yillarda öt oçişni töxtatiş kelişuvlari sababli birmunça tinçigan harbiy mojaro eng yuqori nuqtasiga yetganini körsatadi.
Havo töqnaşuvlari bilan bir vaqtda axborot va diplomatik jabhada ham özaro ayblovlar uruşi qizimoqda. Arab koalitsiyasi vakili general-mayor Turki al-Malikining bayonot berişiça, Havo hujumidan mudofaa kuçlari 15 sentyabr kuni keçqurun musulmon dunyosi uçun muqaddas bölgan Makka şahri yaqinida husiylarning zarba beruvçi dronini tutib qolgan va urib tuşirgan. Al-Maliki Makka, ziyoratçilar va şahar mehmonlarining xavfsizligi Koalitsiya uçun “qizil çiziq” ekanini eslatib, bu husiylarning 2017 yil iyulida uçirilgan ballistik raketadan söng Makkaga hujum qilişga bölgan ikkinçi urinişi ekanini urğuladi. Biroq husiylar bu ayblovlarni zudlik bilan rad etdi. Husiylar siyosiy byurosi azosi Muhammad al-Farah “SABA” axborot agentligi orqali bergan bayonotida, guruh muqaddas şaharni nişonga olmaganini aytib, Ar-Riyodning davolarini “oçiq-oydin yolğon” deb atadi.
Uyingizda öling
Tailandda uzoq vaqtdan beri istiqomat qilib kelayotgan çet elliklarga kutilmagan va öta keskin maslahat berildi. Mamlakat Boş vaziri örinbosari va Içki işlar vaziri Anutin Çanvirakun Tailand provintsiyalari gubernatorlari bilan ötkazilgan yiğilişda xorijliklarning mahalliy hokimiyat vakolatlarini suiistemol qilmasdan, öz vataniga borib ölişi kerakligini takidladi. Çanvirakun Tailand rasmiylari va mahalliy infratuzilmadan ortiqça talablar qilayotgan çet elliklarga qarşi fikrlar ham bildirgan.
“Yaqinda men hatto xususiy qabriston taşkil etiş böyiça sörov tuşganidan xabar topdim. Bu endi haddan taşqari ortiqça, hamma çegaralardan çiqib ketişdir. Bu yerga kelişingizga ruxsat berganimiz uçun minnatdor bölişingiz kerak. Halol mehnat qilib daromad topiş uçun keling. Agar ölişingiz peşonangizga yozilgan bölsa, öz vataningizga borib öling. Bu yerda ölişning hojati yöq. Biz bergan imkoniyatlarni suiistemol qilişga urinmang”, deya bayonot berdi.
Içki işlar vazirining bu piçing va kesatiq gaplari Tailand rahbariyatining xorijliklar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga nisbatan sabr kosasi tölganidan darak beradi.
Tailand hukumati sönggi paytlarda mamlakatda istiqomat qilayotgan va biznes yuritayotgan xorijliklarga nisbatan özining diplomatik pardalarsiz va ança keskin pozitsiyasini namoyiş eta boşladi. “Tabassumlar mamlakati” sifatida tanilgan uşbu sayyohlik maskanida çet el fuqarolari va mahalliy hokimiyat organlari örtasidagi munosabatlar şunçaki mehmondöstlik va turizmdan taşqari, milliy suverenitet va huquqiy tartib masalasiga borib taqalmoqda. Mamlakat rasmiylarining sönggi çiqişlari Tailand xorijiy investitsiya va turistlar oqimiga muhtoj bölsada, ularning mahalliy qonunçilik hamda madaniy qadriyatlarni çetlab ötişiga boşqa toqat qilmoqçi emasligini körsatib berdi.
Joriy hafta boşida Tailand rasmiylarining töğridan-töğri farmoyişi bilan mamlakatda ikki yil oldin taşkil etilgan va mahalliy mamuriyat tomonidan qabriston litsenziyasi uzaytirilmagan xususiy yahudiy qabristoni tugatilgan. Takidlaş joizki, Tailand aholisining köpçiligi buddaviylikka etiqod qiladi va uşbu ananaga köra, marhumlarning jasadi kuydiriladi. Şu sababli Qirollikda ananaviy qabristonlar öta kam uçraydi, mavjudlarining aksariyati musulmon va xitoy jamoalariga tegişli. Şuningdek, mamlakatda katolik va protestant nasroniylari uçun bir neçta rasmiy qabristonlar hamda bitta rus pravoslav qabristoni mavjud. Biroq, xorijiy jamoalarning rasmiy ruxsatsiz yoki litsenziyasi tugaganidan keyin ham noqonuniy yer ajratiş va obektlar barpo etiş harakatlari Bangkok hukumati tomonidan qonunbuzarlik deb baholanmoqda.
Anutin Çanvirakun öz nutqida faqat qabristonlar masalasi bilan çeklanib qolgani yöq. U çet elliklarning hokimiyat ruxsatisiz Tailand hududida öz xohişi bilan diniy muassasalar va jamoalar tuzmasligi kerakligini alohida uqdirib ötdi. Vazir xorijlik tadbirkorlarning ayyorliklariga ham töxtalib, ayniqsa “restoran uçun litsenziya olib, uning örniga ibodatxona yoki yopiq klublar oçiş” amaliyotiga mutlaqo yöl qöyilmasligini bildirdi. Şu bilan birga, gubernatorlarga öz provintsiyalari hududida çet el fuqarolarining har qanday noqonuniy faoliyatiga hamda Tailand ananalari va xalqiga hurmatsizlik qiliş holatlariga qatiy çek qöyiş böyiça topşiriq berildi.
Tailand hukumatining bu kabi keskin pozitsiyasi xorijliklarning mahalliy iqtisodiyotdagi noqonuniy harakatlariga ham daxldordir.
“Tailand çet elliklarni qabul qilişga tayyor, ammo hamkorlik özaro manfaatli bölişi kerak. Turizm mamlakatga mablağ va investitsiyalar olib keladi, ammo bu heç kimga boşqalarni suiistemol qiliş yoki investitsiyalardan noqonuniy faoliyat yuritiş uçun foydalaniş huquqini bermaydi”, deydi Çanvirakun.
Vazir mamlakat hududida biznes taşkil etişda Tailand fuqarolaridan soxta nomdor azolar sifatida foydalaniş, yaşirin noqonuniy sxemalarni tuziş ham şunday tartib buzarliklar sirasiga kirişini tuşuntirdi. Muhimi şundaki, Bangkok rasmiylari bu muammoni faqat bitta mintaqa vakillariga boğlamayotganini, gap Osiyo, Yaqin Şarq, Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlaridan kelgan barça çet el fuqarolari haqida ketayotganini aytmoqda.