USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Rossiyaga qarşi “dözaxiy” sanktsiyalar töğrisidagi qonunni imzoladi

178 марта
Трамп Россияга қарши “дўзахий” санкциялар тўғрисидаги қонунни имзолади

Keça, 18 sentyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalar töğrisidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi. 

Qonunning töliq nomi quyidagiça: “Lindsi O. Gremning 2026 yilgi Rossiya va Eronga qarşi sanktsiyalar töğrisidagi qonuni”. U Rossiyaga nisbatan qonunda nazarda tutilgan sanktsiyalar, bojlar va taqiqlarni nazarda tutadi hamda kengaytiradi. Şuningdek, Eronga qarşi amaldagi sanktsiyalar muddatini uzaytiradi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Trampga “uşbu öta muhim qonunni imzolagani uçun” minnatdorlik bildirgan. 

“Lindsi Grem bu yerda, Ukrainada bölganida, Rossiyaga bosimni böşaştirmaslik, sanktsiyalarni kuçaytiriş va tinçlikka erişiş yölini izlaş qançalik muhimligi haqida doimo gapirar edi. Jumladan, Rossiya neftini sotib oliş, Rossiyaga moliyaviy xizmatlar körsatiş hamda Putin va uruş bilan boğliq Rossiya kompaniyalarini boşqa mamlakatlardagi odatiy biznes munosabatlariga jalb qiliş böyiça qarorlar qabul qilinadigan poytaxtlarda ham”, deb yozdi u özining Telegram-kanalida.

Eslatib ötamiz, sanktsiyalar töğrisidagi qonun taşabbuskori 2026 yilning iyul oyida vafot etgan respublikaçi-senator Lindsi Grem bölgan edi. Qonun AQŞ Prezidentiga Rossiya energetika resurslarining eng yirik beşta xaridoriga qarşi 100 foizlik bojlar joriy etiş huquqini beradi. Bundan taşqari, u Rossiyaning mudofaa, energetika va moliya taşkilotlariga, Rossiyaning soyadagi flotiga, şuningdek deyarli butun Rossiya siyosiy va harbiy rahbariyati tarkibiga nisbatan sanktsiyalarni nazarda tutadi.

Vakillar palatasida uşbu sanktsiyalar muhokama qilinayotganda demokratlarning salmoqli qismi qarşi çiqqan. Ular Tramp uşbu qonun loyihasidan yangi import bojlari uçun yana bir huquqiy asos sifatida foydalanişidan xavotirda edi. Yirik biznes vakillarida ham etirozlar bölib, ular qonun loyihasi “istemolçilar uçun kutilmagan oqibatlarga olib kelişi mumkin” deb hisoblagan. Şunga qaramay, 17 sentyabr kuni qonun loyihasi maqullandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: