Namanganda talabalarni “talagan” ösmir “qaroqçilar” uşlandi
Namanganda 7 nafar voyaga yetmagan ösmir tengdoşlarining telefoni, puli va soatini oçiqdan-oçiq zörlik işlatib tortib olgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 13:00 larda Namangan şahrining Daştboğ mahallasi hududida sodir bölgan.
Aniqlanişiça, Namangan şahri va Yangi Namangan tumanida yaşovçi, 2010 yilda tuğilgan hamda 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqiçida tahsil oluvçi 7 nafar ösmir – M.A., B.A., I.F., R.S., M.Yo., Z.M. va A.Z. şu texnikumning 1-bosqiçida öqiydigan T.A., R.N., M.Yo. va Yu.R.larning yonidagi pul, soat va telefonlarni zörlik işlatiş yöli bilan tortib olgan.
Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi malumotiga köra, tergovga qadar ötkazilgan tekşiruv davomida videotasvirda aks etgan barça iştirokçilarning şaxsi aniqlangan. Şuningdek, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagani malum bölgan.
%20%E2%80%94%20%D0%BA%D0%BE%D0%BF%D0%B8%D1%8F(1).jpg)
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Namangan şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi, yani bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan talonçilik bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 1-sonli umumiy örta talim maktabi öquvçilari örtasida janjal çiqqanӣ haqida xabar berilgan edi.