USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞga yon qöşnisining “xiyonati” yoxud Yevropaga yuzlaniş

105 марта
АҚШга ён қўшнисининг “хиёнати” ёхуд Европага юзланиш

Yon qöşni – jon qöşni. Kanada AQŞning eng yaqin qöşnisi, yirik savdo hamkori edi. Biroq Vaşington bilan kuçaygan savdo uruşi Ottavani Atlantikaning narigi tomonidan döst izlaşga majbur qilmoqda. Manaşunday vaziyatda Yevropa Ittifoqi sahnaga çiqdi. Endi alyans uçun Kanada şunçaki hamkor emas, balki unga öz tarixidagi ilk “assotsiatsiyalaşgan azo” maqomini taklif qilmoqda. Kanada boş vaziri Mark Karni esa bu ğoyani oçiq qöllab-quvvatlamoqda.
Bu tölaqonli azolik emas, hatto “assotsiatsiyalaşgan azolik” degan maqom uçun aniq bir huquqiy mexanizm ham mavjud emas. Taklif esa savdodan tortib mudofaa, energetika, suniy intellekt, strategik minerallar, kosmos va raqamli texnologiyalargaça bölgan sohalarni qamrab olişi mumkin.

Eng qiziği, hali bu yaqinlaşuvning AQŞga nisbatan pozitsiyasi haqida biror bir gap aytilmay turib, Vaşington bundan xavotirga tuşmoqda. Donald Tramp Yevropa Kanadaga bunday maqom bersa, AQŞ Yevropaga “juda jiddiy” bojlar joriy qilişi, “qaqşatqiç qasos olişi” yoki ayrim yönalişlarda savdoni töxtatişi mumkinligini aytdi. Oq uyning bunday keskin munosabati jamoatçilikdagi “Ottava buni qasdma-qasdiga qilmoqda”, “Trampga qarşi birlaşuv bu” kabi fikrlarning tasdiği sifatida körilmoqda.

Xöş, Kanada nega aynan hozir Yevropaga yuzlanmoqda? Yevropa Ittifoqi Kanadadan nimani olmoqçi, Kanada esa Yevropadan nima kutmoqda? Bu taşabbus AQŞ bilan davom etayotgan savdo uruşiga qançalik aloqador? Va eng muhimi – gap oddiy savdo şerikligini kengaytiriş haqidami yoki Şimoliy Amerika va Yevropa örtasida yangi geosiyosiy ittifoqning poydevori qöyilmoqdami?

Ilk assotsiatsiyalaşgan azo

16 sentyabr kuni Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Kanadaga Yevropa Ittifoqining (EI) birinçi assotsiatsiyalaşgan azosi böliş imkoniyatini taklif qildi. Uning takidlaşiça, endi ikki tomon munosabatlarini oddiy savdo aloqalaridan “kelajak uçun ittifoq” darajasiga olib çiqiş kerak. Yevropa parlamenti deputatlari va Yevroparlament majlisida qatnaşayotgan Kanada boş vaziri Mark Karni bu taklifni olqişlagan.

“Biz hamkorliklarimizni zudlik bilan qayta körib çiqişimiz kerak. Şuning uçun Kanada YeIning birinçi assotsiatsiyalaşgan azosi bölişi uçun eşikni oçiş ustida siz bilan işlaşni istayman”, degan fon der Lyayen.

Şuningdek, fon der Lyayen YeI va Kanada suniy intellektdan iqlim özgarişigaça, Arktikadan geosiyosatgaça bölgan masalalarda dunyoga bir xil nuqtai nazardan qaraşini aytgan. U ikki tomon Ukraina, mudofaa, xomaşyo va taminot zanjirlari masalalarida hamkorlik qilib kelayotganini takidlagan.

Bu yerda muhim jihat bor: “assotsiatsiyalaşgan azo” degan maqom hozirça Yevropa Ittifoqi şartnomalarida mavjud emas. Yani hali bu maqomning aniq belgilangan huquqiy şakli işlab çiqilmagan. Kanada ham garçi bu taklifni mamnuniyat bilan qarşi olgan bölsa-da, assotsiatsiyalaşgan azo böliş uçun yangi huquqiy mexanizm işlab çiqilişi va YeIga azo barça 27 davlatning roziligi kerak böladi.

Bundan oldinroq Ukrainaga ham xuddi şunday maqom bilan alyansga qöşiliş taklifi berilgan edi. Ammo Prezident Vladimir Zelenskiy Kiyev faqat tölaqonli azolikka rozi bölişini bildirgaç, ittifoq ham fikridan qaytgandi.

Biroq 17 sentyabr kuni Yevroparlamentda nutq sözlagan Kanada boş vaziri Ottavaning bunday aloqaga tayyor ekanini oçiq bildirdi. U Kanada va Yevropani “vaqtinçalik ittifoqçilar” emasligini takidlab, yaqinlaşuvni yangi geosiyosiy blok yaratiş urinişi sifatida emas, balki öz bozorlarini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini va demokratik institutlarini taşqi bosimlardan himoya qiliş vositasi sifatida körsatdi.

“Biz qulay şaroitdagina birga böladigan ittifoqçilar emasmiz. Biz birimiz yutib, boşqamiz yutqazadigan bitimlar ketidan quvmaymiz. Biz har doim ular uçun kuraşib kelgan hamda mudofaasi yölida doimo xuşyor turişimiz şart bölgan umumiy qadriyatlarga tayanib iş tutamiz”, dedi Karni Yevropa qonun çiqaruvçilarining qarsaklari ostida.

Karni hamkorlikni strategik minerallar, mudofaa sanoati, suniy intellekt va hisoblaş texnologiyalari, energetika, kosmos, tölov tizimlari hamda raqamli savdoga qadar kengaytirişni taklif qildi. Şuningdek, yoşlarning Atlantikaning ikki tomonida öqişi va işlaşi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş ğoyasini ilgari surdi.

“Kanada va Yevropa strategik imkoniyatlarning töliq spektri böyiça, jumladan, kritik muhim minerallar, mudofaa sanoati salohiyati, suniy intellekt va hisoblaş quvvatlari, energetika xavfsizligi, kosmos hamda tölov tizimi sohasidagi çuqur hamkorlik orqali öz strategik muxtoriyatini taminlaşi kerak”, dedi u.

Ammo Ottavaning Bryusselga qarab yurişi Vaşingtonda boşqaça talqin qilindi. Donald Tramp 16 sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi Kanadaga bunday maqom bersa, bu AQŞ tomonidan “duşmanona harakat” sifatida baholanişi mumkinligini aytdi. Agar taşabbus yomon niyatli deb topilsa, Vaşington Yevropaga “juda jiddiy” bojlar joriy qilişi, hatto ayrim yönalişlarda savdoni töxtatişi mumkinligini bildirdi. Tramp taklifning özini ham “kulgili” deb atadi.

Bryussel esa Vaşingtonning tahdidlariga qaramay, bu taşabbus AQŞga qarşi qaratilmaganini bildirmoqda. Yevrokomissiya vakili Olof Gill taklif “heç kimga qarşi emas, balki umumiy kuçimiz uçun” ekanini aytdi. Yevroparlament prezidenti Roberta Metsola ham YeI Kanada bilan aloqalarni AQŞ bilan munosabatlardan alohida körişini takidladi.

Ammo şubhasiz, bu harakatlar ortida Kanada va Yevropa davlatlarining Tramp siyosatidan noroziligi ham ahamiyatga ega. Ottava iqtisodiyoti köp jihatdan AQŞga tayangan, hatto jami eksport qiladigan tovarlarining 70 foizdan 77 foizgaça bölgan qismini bevosita AQŞga sotardi. Ammo Donald Tramp mamuriyati davrida bu savdo aloqalari ança susayib qoldi. Bunga AQŞning çegara xavfsizligi, noqonuniy savdo va içki bozorni himoya qiliş vajlari bilan Kanadaning köplab tovarlariga 25 foizdan 50 foizgaça boj joriy etilişi sabab böldi. Mark Karni boşçiligidagi Kanada hukumati ham öz navbatida AQŞ tariflariga xuddi şunday hajmda javob bojlarini elon qildi. Hatto bu xalqaro maydonda savdo uruşi sifatida ham körilmoqda.

Tramp mamuriyatining Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari ham havas qilgulik emas. Oq uy hatto alyans davlatlarini ham bojlar bilan siyladi, NATOni moliyalaştiriş va harbiylaştiriş masalalari ham qayta körib çiqildi hamda qisqartirildi. Bundan taşqari, qator geosiyosiy masalalar, jumladan, Rossiyaning Ukrainadagi bosqinlari, Grenlandiya masalasi yoki Isroil bilan aloqalardagi ziddiyatlar qaysidir manoda Yevropaning AQŞdan yuz ögirişiga olib keldi.

Natijada AQŞdan “xafa” ikki tomon birlaşmoqda. Hamkorlik heç qanday harbiy maqsadni közlamasa-da, AQŞ tomoni bu yaqinlaşuvning iqtisodiy oqibatlaridan çöçayotgan körinadi.

Qanday foyda?

Garçi Kanada AQŞ kabi dunyoning birinçi raqamli iqtisodiyoti yoki harbiy qudratiga ega bölmasa-da, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning kengayişi har ikki tomon uçun manfaatli böladi. Ottavaning qölida Yevropa tobora köproq ehtiyoj sezayotgan energetika, strategik minerallar, mudofaa va texnologiyalar bor. Şu sababli Bryusselning Kanada bilan aloqalarni assotsiatsiyalaşgan azo maqomiga kötarişi ortida nafaqat AQŞning amaldagi siyosatiga etirozi, balki yaxşigina iqtisodiy foyda ham borligini köriş mumkin.

Bugungi kunda Ottava 34 dan ortiq strategik mineral konlariga ega va toza energetikaga ötiş uçun eng muhim hisoblangan 10 mineralning yirik işlab çiqaruvçilaridan biridir. Nikel, litiy, mis kabi xomaşyolar Yevropaning elektromobil, akkumulyator, çip va mudofaa sanoati uçun nihoyatda zarur. Yevropa esa Xitoyga boğliqlikni kamaytiriş uçun işonçli muqobil manbalar izlamoqda. Mart oyida Yevropa investitsiya banki va Karni hukumati Kanada strategik minerallari loyihalarini moliyalaştiriş imkoniyatlarini örganiş böyiça kelişuv ham imzolagan.

Kanada Yevropaga yana bir muhim resursni – suyultirilgan tabiiy gaz va vodorodni taklif qila oladi. Muhim minerallarni yetkazib beriş, buning uçun Kanada şimoli va şarqiy sohillaridagi port infratuzilmasidan foydalanişni körib çiqilmoqda. Bu esa Rossiyaning tabiiy gaziga boğlanib qolgan alyans mamlakatlari uçun qisman rus gazini diversifikatsiya qiliş vositasidir. Ammo ikki mintaqa örtasidagi masofaning uzoq ekanligi taşilayotgan energetika resurslarining tannarxi oşişiga olib keladi.

Bundan taşqari, Kanada bozori allaqaçon Yevropaning yirik kompaniyalari uçun keng maydonga aylangan. Yevropaning “Airbus” korxonasi Kanada havo yöllaridan sakkizta A350-1000 samolyotiga buyurtma olgan, Kanada hukumati esa yana törtta yangi A330 tanker samolyoti va beşta konversiya uçun 3,6 milliard Kanada dollari, yani qariyb 2,2 milliard yevro ajratgan. Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi Kanadadagi suniy intellekt asosida akkumulyator işlab çiqarişni tadqiq qiluvçi markazga beş yil davomida 150 million Kanada dollari sarmoya kiritmoqda.

Zamonaviy qurol-yaroğ, raketalar va aviatsiya işlab çiqariş uçun litiy, nikel, kobalt, grafit va uran kabi muhim minerallar va nodir metallar zarur. Kanada YeIga Xitoy va Rossiya tasiridan xoli bölgan, xavfsiz va barqaror xomaşyo taminotini taklif qila oladi.

Manfaatlar faqat YeIga yönalmagan, albatta. Kanada uçun 450 milliondan ortiq boy istemolçiga ega alyansning umumiy bozori katta imkoniyatlar yaratadi. Şuningdek, ittifoq Kanadaga Texnologik Alyans doirasida suniy intellekt, kvant hisoblaş, kiberxavfsizlik va yarim ötkazgiçlar çiplari sohasida birgalikda tadqiqot va işlanmalarni moliyalaştirişni taklif qilmoqda.

Ammo Ottava va alyans örtasida hamkorlik allaqaçon yaxşigina rivojlangan. 2016 yil 30 oktyabrda imzolangan CETAdan (Har tomonlama iqtisodiy va savdo bitimi) söng, özaro bojlar ham pasaytirilgan, investitsiyalar almaşinuvi boşlangan edi. Kanada va YeI örtasidagi tovar va xizmatlar savdosi 2016 yildan beri 81 foizdan köproq oşib, 2025 yilda 130 milliard yevrodan ortdi. Faqat Yevropaning Kanadaga eksporti 48,9 milliard yevro tovar va 29,4 milliard yevro xizmatni taşkil etdi. Germaniya Kanadaga qariyb 12 milliard yevrolik, Italiya 6,3 milliard, Frantsiya esa 4,4 milliard yevrolik mahsulot sotdi. Yuqori talablarga ega YeI bozoriga Kanada mahsulotlarining kirişi uçun mahsulotlarni sertifikatlaş tartiblari soddalaştirilişi ham özaro tovar aylanmasi hajmini oşirgan edi. Bir söz bilan aytganda, ikki tomon allaqaçon keng iqtisodiy hamkorlikni örnatgan edi.

Şu nuqtada “assotsiatsiyalaşgan azolik”ning CETAdan farqi nima, degan savol paydo böladi. Garçi yangi maqomning aniq huquqiy normalari hali kelişilmagan bölsa-da, mutaxassislar fikriça, CETA asosan savdo tösiqlarini kamaytirgan bölib qoladi, yangi format esa savdo bilan çeklanmay, navbatdagi bosqiçda davlat xaridlari, investitsiyalar, raqamli savdo, texnologiyalar, strategik minerallar, energetika, mudofaa va standartlarni yaqinlaştiriş haqida bölişi kutilmoqda.

Qisqasi, Kanada Yevropaga xomaşyo, energiya, Şimoliy Amerikadagi işlab çiqariş maydoni va strategik imkoniyatlarni taklif qilmoqda. Yevropa esa Kanada uçun texnologiya, kapital, bozor va sanoat kooperatsiyasini olib kelişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: