USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tailanddan Özbekistonga 7,5 kg narkotik olib kirgan şaxs uşlandi

95 марта
Таиланддан Ўзбекистонга 7,5 кг наркотик олиб кирган шахс ушланди

Tailanddan Özbekistonga 7,5 kg kilogrammdan ortiq narkotik moddalarni olib kiriş va tarqatişga uriniş aniqlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 5 sentyabr kuni Bojxona qömitasining “Toşkent-AERO” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari hamda “Toşkent xalqaro aeroporti” çegara bojxona posti xodimlari DXX bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.

Tailanddan uçib kelgan 51 yoşli Özbekiston fuqarosining yuklari bojxona nazoratidan ötkazilgan. Tekşiruv vaqtida uning bagajidagi uçta vino şişasi va qadoqlangan ziravorlar örami xodimlarda şubha uyğotgan.

Mazkur moddalar Bojxona qömitasining Markaziy bojxona laboratoriyasida ekspertizadan ötkazilgan. Natijada şişalardagi töq jigarrang, ötkir hidli modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjudligi aniqlanib, uning Özbekistonda muomalasi taqiqlangan narkotik vosita – “gaşiş moyi” ekani malum bölgan. Uning umumiy oğirligi 7 kilogramm 580 grammni taşkil qilgan.

Tezkor suriştiruvlar davomida fuqaro Telegram’dagi “Absolyut” nomi ostida faoliyat yurituvçi “kurator” körsatmasiga binoan 1800 AQŞ dollari evaziga narkotik moddalarni Özbekistonga olib kirib, Samarqandga yetkazib berişi kerak bölgani aniqlangan.

Şundan söng, tezkor tadbir Samarqand şahrida davom ettirilgan. Narkotik moddalarni qabul qilib olişi kerak bölgan 47 yoşli fuqaro ham qölga olingan. Uning yaşaş manzili xolislar iştirokida közdan keçirilganda, vino şişalari, idiş yuviş geli qutisi va şpritslarga joylangan “gaşiş moyi” aniqlangan. Şuningdek, istemol qilinganda sarxuşlik holatini keltirib çiqaruvçi quritilgan qöziqorinlar ham topilgan. Aniqlangan narkotik moddalarning umumiy oğirligi qariyb 5,5 kilogrammni taşkil qilgan.

Malum bölişiça, 47 yoşli fuqaro Telegram’dagi “Right Ktrel” akkaunti orqali topşiriq beruvçi “kurator” körsatmasiga binoan narkotik moddalarni manzilga yetkazişi va keyinçalik tarqatişi kerak bölgan.

Şu tariqa, köp bosqiçli tezkor tadbir natijasida jami 13 kilogramm 80 gramm “gaşiş moyi”ning noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgan.

Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, uşbu miqdordagi narkotik vosita qariyb 200 ming kişini giyohvandlikka jalb etiş uçun yetarli bölgan. Narkotik moddalarning qora bozordagi qiymati esa yakuniy istemolçiga yetib borguniga qadar 1,7 million AQŞ dollaridan oşişi mumkin edi.

Bildirilişiça, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Toşkent-AERO” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksida qiymati 1,2 milliard sömdan ortiq zargarlik buyumlarini yaşirinça olib ötiş holati aniqlangani haqda xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: