USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tinçlik minbaridagi “uruş qiyqiriqlari”: BMTning sessiyasida dözax tahdidlari qilindi

107 марта
Тинчлик минбаридаги “уруш қийқириқлари”: БМТнинг сессиясида дўзах таҳдидлари қилинди

Donald Tramp BMT minbaridan turib Eronni yöq qilib yuboriş bilan tahdid qildi. Rostdan. Dunyoda uruşlarni oldini oliş va tinçlikni saqlaş kabi missiya bilan tuzilgan taşkilot sessiyasida bunday gapni aytiş BMT obrösini oçiqçasiga yerga urişdan boşqa narsa emas.

Turkiya Prezidenti Erdöğan ham BMTni özining birlamçi va muqaddas vazifasini – tinçlikni saqlaş funktsiyasini bajara olmayotganlikda va kuçsizlanib borayotganlikda aybladi.

Tramp bölsa Vladimir Putin va Binyamin Netanyaxuni hibsga olişga order bergan Xalqaro jinoiy sudni “nazoratdan çiqqan institut” deb atadi. Barça davlatlarni uning tarkibidan çiqişga çaqirdi. Xullas, BMTning navbatdagi sessiyasi qiziq ötyapti. Jarayonlarni qisman körib çiqamiz.

“Eronni dözaxga mahkum etaman”

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Nyu-Yorkdagi boş qarorgohida Boş Assambleyaning 81-sessiyasi öz işini boşladi. “Işonçni tiklaş va özgarişlarni boşqariş” deya nomlangan uşbu oliy darajadagi anjumanni, jahon yetakçilarining ayrimlari, afsuski, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taminlaş manbai emas, özaro ziddiyatlar, oçiqdan-oçiq tahdidlar hamda geosiyosiy savdolaşuvlar maydoniga aylantirib yuboryapti.

Özining 81 yillik tarixida BMT dunyoda tinçlik va totuvlikni saqlaş borasida jiddiy sinovlarni boşdan keçirgan, biroq 22 sentyabr kuni minbarga çiqqan AQŞ Prezidenti Donald Trampning bayonotlari taşkilotning tub mohiyatiga zid çiqiş böldi. Asosiy va yagona maqsadi yer yuzida uruşlarni oldini oliş, barqarorlikni taminlaş bölgan xalqaro taşkilotning boş minbaridan turib, Oq uy rahbari Eron kabi suveren bir davlatni “yöq qilib taşlaş” bilan tahdid qildi.

“Men muhim qaror qabul qilişim kerak. Eron bilan kelişuvga erişib, ularga tiklaniş va avvalgiga qaraganda ança buyukroq mamlakatni barpo etiş imkonini beramanmi? Yoki men Eronni yöq qilamanmi va buni tezda, ularga yana odamlarni öldiriş va mamlakatlarni vayron qiliş imkoniyatini bermasdan qilamanmi? Yoki men ularni tirik qoliş imkoniyatisiz va kelajak avlodlar uçun buyuklik umidisiz dözaxga mahkum etamanmi?”, deydi AQŞ prezidenti.

Zaldagilar tinçlik va adolat haqidagi maruzalar kutib turgan bir paytda, uşbu tahdid xalqaro hamjamiyatda keskin reaktsiyaga sabab böldi. Tramp öz nutqida Eron bilan kelişuv 3 noyabrdagi AQŞ oraliq saylovlaridan keyin, balki undan ham oldin tuzilişi mumkinligiga şama qildi. Ammo savol tuğiladi: dözaxga mahkum etiş tahdidi ostida olib borilayotgan muzokaralarni qançalik “konstruktiv” deb böladi? Eron Qurolli kuçlari vakillari Trampning uşbu çiqişini navbatdagi tarğibot va propaganda deb atab, Islom Respublikasi “tajovuzkorlarga yanada oğir, vayron qiluvçi va oldindan başorat qilib bölmaydigan zarbalar berişga töliq tayyor” ekanini bildirdi.

Qiziq tomoni, minbardagi tahdidlar bir tomonda qolib, undan keyingi uçraşuvlar ortida mutlaqo boşqa manzara şakllanmoqda. Trampning nutqida Eron delegatsiyasi zalni namoyişkorona tark etgan bölsa-da, şu kunning özida Nyu-York mehmonxonalarida vositaçilar orqali parda orti diplomatik “marafoni” avj oldi. AQŞning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va jared Kuşner hamda Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi örtasida Qatar va Pokiston vositaçiligida uzoq muloqotlar bölib ötdi. Taxminan uç soat davom etgan bu qatnov muzokaralarini Trampning özi “juda samarali” deb baholadi. Eron esa Hormuz böğozini qayta oçiş va qatnovni tiklaş uçun AQŞdan dengiz blokadasini zudlik bilan bekor qiliş, sanktsiyalar sababli muzlatilgan aktivlarni böşatiş va harbiy harakatlarni töxtatişni talab qilmoqda. Eronning yuqori martabali rasmiylari “Reuters” agentligiga bergan intervyusida, agar Vaşington harbiy va iqtisodiy bosimni yumşatsa, böğoz bir neça kun içida oçilişini malum qildi. Demak, BMT minbaridagi “qiliç çarxlaş” amalda Vaşingtonning muzokaralar stolida öz şartlarini ötkazib oliş uçun işlatayotgan geosiyosiy dastagidan boşqa narsa emas.

“Kuba davlati tez orada qulaydi”

AQŞ Prezidenti nutqi davomida Kuba davlatining kommunistik rejimini keskin tanqid qilib, uni “barbod bölgan davlat” deb atadi hamda mamlakat doimiy diplomatik va iqtisodiy bosim ostida ekanini va bu rejim tez orada barham topişini takidladi. U AQŞning asosiy maqsadi orolda “tub özgarişlar” qiliş va “ozodlikni qaror toptiriş” ekanini bildirdi.

“Mening mamuriyatim, şuningdek, kommunistik rejim öz tarixidagi eng kuçli bosim ostida bölgan Kubadagi vaziyatni tubdan özgartirişga intilmoqda. Bu mutlaqo barbod bölgan davlat... U har qaçongidan ham köproq muvaffaqiyatsizlikka uçramoqda va u tez orada qulaydi”, dedi Tramp.

Bu gaplardan keyin Kuba delegatsiyasi majlislar zalini namoyişkorona tark etdi. Uşbu voqea zaminida çuqur siyosiy omillar yotadi. Tramp mamuriyati Kubaga nisbatan qatiy sanktsiyalar siyosatini, xususan energetika blokadasini qöllaş orqali mamlakatdagi içki va iqtisodiy muammolarni xalqaro hamjamiyat etiboriga olib çiqişga urinyapti. Kuba rahbariyati esa bu bayonotlarni mustaqil davlatning suverenitetiga tajovuz va soxta ayblovlar deb baholadi. Zalni tark etiş orqali Gavana AQŞ bosimiga taslim bölmasligini va öz siyosiy yölida qolişini körsatib qöydi.

Tramp Grenlandiya böyiça niyatiga yetdi

AQŞ prezidenti faqat Eron masalasi bilan çeklanib qolmadi. U Nyu-Yorkda Yaqin Şarq va Fors körfazi davlatlari rahbarlari bilan ham qator uçraşuvlar ötkazdi. Eron bilan harbiylaşgan mojaro yuzaga kelgan taqdirda, aynan şu mamlakatlardagi Amerika harbiy bazalari birinçi bölib nişonga aylanişi aniq ekani hisobga olinsa, uşbu mintaqaviy yetakçilarning xavotirini tuşuniş qiyin emas.

Ayni şu BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida “iştahasi karnay” Vaşington özining Arktika böyiça köp yillik strategik maqsadlarini rasmiylaştirib oldi. 22 sentyabr kuni Donald Tramp, Daniya Boş vaziri Mette Frederiksen va Grenlandiya Boş vaziri Yens-Frederik Nilsen Grenlandiyada Amerika harbiy iştirokini oşirişga oid tarixiy bitimni imzoladi. Bir neça yil oldin Grenlandiyani töğridan-töğri “sotib oliş”ni taklif qilib, rad javobini olgan va hatto harbiylaştirilgan bosqin ehtimolini ham inkor etmagan Tramp, bu safar diplomatiya orqali öz niyatiga erişdi.

Muddatsiz xarakterga ega bölgan uşbu yangi kelişuvga köra, AQŞ Grenlandiyada darhol ikkita yirik harbiy baza qurişni va harbiy kontingentni joylaştirişni boşlaydi. Kelişuvda Narsarsuak hamda Mesters-Vigdagi sobiq va mavjud bazalar körsatib ötilgan, qolaversa, AQŞ zarurat tuğilganda yangi bazalar oçiş huquqini ham özida saqlab qoladi. Amerika harbiy samolyotlari, kemalari va dronlari orol böylab erkin harakatlanadi. Eng qiziği, şartnomada NATOga azo bölmagan har qanday davlatning Grenlandiyada harbiy iştirok etişi taqiqlanadi hamda Rossiya va Xitoydan yönaltiriladigan investitsiyalarni bloklaş mexanizmi joriy etiladi.

“Biz tegişli hududlarda sezilarli harbiy iştirokni örnatişni darhol boşlaymiz. Biz ikkita juda yirik harbiy baza quramiz. AQŞ raqiblaridan heç biriga bundan buyon bizning yozma ruxsatimizsiz Grenlandiyada harbiy iştirok yoki u yerda nozik investitsiyalarni amalga oşirişga yöl qöyilmaydi”, deydi Tramp Oq uyning töğridan-töğri translyatsiyasida.

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio esa bu harakatlarni izohlab, Grenlandiyadagi bazalar AQŞ raketaga qarşi mudofaasining birinçi çiziğiga aylanişini, çunki ehtimoliy raketa zarbalari aynan Arktika orqali kelişi mumkinligini takidladi.

Daniya Boş vaziri Mette Frederiksen ham Trampning yonida turib uşbu hujjatni “keng qamrovli va abadiy bölişi mumkin bölgan bitim” deb atadi hamda bu Yevropa va NATO xavfsizligi uçun foydali ekanini qöşimça qildi.

“Bu kelişuv AQŞ, Grenlandiya, Daniya va NATO uçun, demak, Yevropa uçun ham manfaatlidir. Tramp raqiblarning juda yaqinlaşişini istamaydi. Men töla qöşilaman. Biz ularga Grenlandiya ustidan har qanday nazoratni qölga kiritişga yoki u yerda sezilarli tasirga ega bölişga yöl qöyilmasligiga erişyapmiz. Şu bilan birga, biz Arktikada köproq ittifoqçilar iştirok etişini taminlamoqdamiz”, deydi Daniya Boş vaziri Mette Frederiksen Trampga murojaat qilar ekan.

Grenlandiya Boş vaziri Yens-Frederik Nilsen esa “Sizning xavfsizligingiz – bizning xavfsizligimiz” dedi. Yoki şunday deyişdan boşqa çorasi qolmadi. Aslida esa, AQŞning faqat bitta baza bilan çeklanişini va Grenlandiya hukumatining teng huquqli roziligini közda tutuvçi 1951 hamda 2004 yildagi kelişuvlarni bir çetga surib qöyib, Vaşington ikkita yangi yirik baza quriş, erkin harbiy harakatlaniş va uçinçi davlatlar investitsiyalariga veto qöyiş huquqi orqali heç qanday moliyaviy xarajatlarsiz strategik muhim Arktika oroli ustidan töliq harbiy-siyosiy nazoratni öz qöliga oldi.

“Suniy intellekt” emas, “super intellekt”

Tramp faqatgina siyosiy mavzular böyiça fikr bildirmadi. Oq uy rahbari doimgidek barça sohalarga “öz luğatini” singdirişga urindi. U texnologiya sohasiga töxtalar ekan, AQŞ rasmiy hujjatlarida “suniy intellekt” atamasini taqiqlab, uni “super-intellekt” deb qayta nomlaşini elon qildi.

“Bundan buyon AQŞ hujjatlarida va umid qilamanki, butun dunyo “suniy” örniga ança aniqroq “super” atamasidan foydalanadi. Men sanoat inqilobidan ham kölamliroq böladigan narsaning ösişini töxtatmoqçi emasman”, deydi Tramp.

Putin va Netanyaxu hibsga olinmaydi

Global huquq-tartibot masalasida esa Tramp kutilmagan va oçiqdan-oçiq tajovuzkor çaqiriq bilan çiqdi. U Vladimir Putin va Binyamin Netanyaxuni hibsga olişga order bergan Xalqaro jinoiy sudni (XJS) “nazoratdan çiqqan institut” va “yovuzlik qilayotgan odamlar guruhi” deb atadi hamda taşkilotga azo barça davlatlarni undan zudlik bilan çiqişga çaqirdi.

“Men XJSga azo bölgan barça mamlakatlarni uşbu institutga azolikni zudlik bilan rasman töxtatişga çaqiraman”, deydi u.

AQŞ va Isroil XJS yurisdiktsiyasini tan olmaydi. Avgust oyida Marko Rubio XJS raisi Tomoko Akane va katta prokurori Abdulla Seyega nisbatan AQŞ sanktsiyalarini joriy qilgan edi. Bunga sudning amerikalik va isroillik harbiylarga nisbatan tergov boşlagani, şuningdek, Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu, sobiq mudofaa vaziri Yoav Galant hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga nisbatan hibsga oliş orderini çiqargani sabab bölgan. Vaşington Gaaganing uşbu harakatlarini “suverenitetga tahdid” deb baholamoqda va xalqaro huquq normalari bilan hisoblaşişni istamayotganini namoyiş etmoqda.

Uruş hamma öylaganidan tezroq tugaydi

Nyu-Yorkdagi diplomatiyaning yana bir muhim qismi Ukraina neytralligi va uruşni tugatiş masalasiga qaratildi. Tramp Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini va mojaro “hamma öylagandan köra, tezroq” hal bölişini malum qildi. U Lindsi Grem qonuniga asoslanib, Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni yanada kengaytirişga tayyorligini bildirdi.

BMT doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp örtasida ötgan yopiq muloqotdan söng, Zelenskiy uruşni qişgaça tugatişga umid bildirdi. Zelenskiyning takidlaşiça, agar Moskva ham şunday majburiyat olsa, Kiyev Rossiya energetika obektlariga zarba berişni töxtatişga va energetika sulhiga rozi. Qolaversa, Zelenskiy Vladimir Putin bilan “istalgan vaqtda” uç tomonlama uçraşuvga tayyorligini bildirdi. Zelenskiy, şuningdek, AQŞ Ukrainada Patriot raketalarini birgalikda işlab çiqariş böyiça litsenziya beriş loyihasini qöllab-quvvatlayotganini qöşimça qildi.

Ğazo eng katta qabristonga aylandi

Trampning tahdid töla çiqişi fonida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan BMT minbaridan sözlagan nutqida xalqaro jamiyatning oğriqli nuqtalariga barmoq bosdi. Erdöğan BMTni özining birlamçi va muqaddas vazifasini – tinçlikni saqlaş funktsiyasini bajara olmayotganlikda va kuçsizlanib borayotganlikda aybladi.

“Ğazo bugun nafaqat dunyodagi eng katta qabriston, balki dunyoda amputatsiya körsatkiçi eng yuqori bölgan mintaqadir. Ğazo – davrimizning eng insoniylikka zid, eng uyatli qirğinidir. Hammamizni larzaga solişi kerak bölgan bu manzaraning bizga aytayotgan gapi şu: bundan 81 yil oldin tinçlik va xavfsizlikni saqlaş uçun tuzilgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti bugungi kunga kelib bu vazifasini bajara olmaydigan holatga kelib qoldi. Taşkilot kuçsizlanişda davom etmoqda”, dedi Erdöğan.

Erdöğan Falastin Prezidenti Mahmud Abbosning ketma-ket ikki yildirki BMT zaliga kiritilmayotganini “vijdonlarni yaralayotgan adolatsizlik” deb atadi va Turkiya ozod Falastin ovozi bölişini aytdi.

“Keçirasiz, lekin bu Toyib Erdöğanning şaxsiy masalasi emas. Bu gumanitar masala. Bu barçamiz uçun vijdon masalasi. Biz öldirişdan heç qaçon töymaydigan genotsid tafakkuriga duç kelyapmiz. BMT zaiflaşişda davom etyapti. Falastinda, Livanda, Sudanda va boşqa inqirozli hududlarda BMTga umid boğlaganlarning hafsalasi pir bölyapti. Ammo şuni eslatib ötmoqçimanki, bir kun kelib hamma insoniyatning umumiy vijdonidan panoh izlaşga majbur böladi. Bugun biz özimizni xavfsiz, farovon va tinç his qilişimiz mumkin. Bugun biz mojarolar va inqirozli hududlardan uzoqda, qulay şaroitlarda yaşaşimiz mumkin. Ammo heç birimiz ertaga nima bölişini yoki boşimizga nima tuşişini bilmaymiz”, dedi Erdöğan.

Turkiya yetakçisi Xavfsizlik Kengaşini tubdan isloh qiliş va doimiy 5 ta azo (AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Frantsiya)ning veto huquqini butunlay bekor qilişga çaqirdi. Erdöğanning fikriça, Ikkinçi jahon uruşidan söng şakllangan bu tuzilma zamonaviy voqelikka mutlaqo javob bermaydi va dunyo taqdiri “bir neçta poytaxt”ning qaroriga boğliq bölib qolmasligi kerak.

“190 dan ortiq mamlakat irodasi atigi 5 ta mamlakat injiqligiga böysunadigan tizim adolatli tizim emasligini va u töliq işonç uyğotişga yoki örnatişga qodir emasligini tan olişimiz kerak. Xavfsizlik Kengaşi “dunyo beştadan kattadir” tamoyiliga muvofiq mutlaqo isloh qilinişi kerak. Veto huquqini bekor qiliş har qanday mazmunli islohotning ham boşlanğiç nuqtasi, ham asosiy strategik maqsadiga aylanişi kerak. Islohot xuddi şu imtiyozning boşqa davlatlarga ham tarqatilişidan iborat böla olmaydi”, deydi Turkiya Prezidenti.

Rajab Toyib Erdöğan Ğazoni tiklaş masalasini ham kötardi. Qolaversa, u poytaxti Quddus bölgan mustaqil Falastin davlati barpo etilişiga işonişini bildirdi.

“Biz bir yil avval Şarm al-Şayxda imzolagan kelişuvga sodiq qolamiz. Endi biz Ğazoni qayta tiklaşni imkon qadar tezroq boşlaşimiz kerak. Şu munosabat bilan men sizlarni Isroilga yanada köproq bosim ötkazişga çaqiraman. Hamma quyidagilarni tuşunsin va qabul qilsin: Falastin davlatini böğişga urinişlar muvaffaqiyatsizlikka uçraydi. Inşaalloh, 1967 yilgi çegaralarga asoslangan, hududiy yaxlitlikka ega va poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil Falastin davlati barpo etiladigan öşa yaxşi kunlarni köramiz”, dedi prezident.

Turkiya rahbarining eng muhim, hozirda dunyo mediasida tinmay muhokama qilinayotgan gaplari nutqining oxirida aytildi. U özi kötargan masala ayrim toifaning ğaşiga tegişini, unga qarşi çoralar körişlarini, lekin nima bölsa ham mazlumlar tarafida turişini bildirdi.

“Bugun bu yerda çin yurakdan aytgan haqiqatlarim, albatta, bazi odamlarni bezovta qiladi, ularning huzur-halovatini buzadi va yolğonlarining niqobini yeçadi. Şuningdek, ular ovozimizni öçirişga urinib, har xil idrokni boşqariş operatsiyalariga murojaat qilişlarini ham yaxşi bilaman. Marhum şoir Sezai Karaköç şunday degan edi: “Ular biz jim tursak, masala yöq bölib ketadi, deb öylaşadi. Ammo biz jim tursak ham, tarix jim turmaydi. Tarix jim tursa ham, haqiqat jim turmaydi. Ular bizdan qutulsalar, muammo hal böladi, deb işonişadi. Biroq ular bizdan qutulsalar ham, öz vijdonlari azobidan qutula olmaydilar. Vijdonlari azobidan qutulsalar ham, tarix azobidan qutula olmaydilar. Tarix azobidan qutulsalar ham, Xudoning jazosidan qutula olmaydilar”. Men, Rajab Toyib Erdöğan, vijdoni, tarixi va rahm-şafqati yöl körsatgan buyuk millatning prezidenti sifatida, inşaalloh, Alloh menga umr berar ekan, şu minbardan turib, mazlumlarning, jabrdiydalarning va ovozsizlarning huquqlarini himoya qilişda davom etaman. Ularning ovozi bölişda, ular nomidan gapirişda va ular uçun kuraşişda davom etaman. Agar kerak bölsa, qiyinçilikka çidaymiz, agar kerak bölsa, badalini tölaymiz, lekin adolatsizlik qarşisida jim turmaymiz va zulmga heç qaçon rozi bölmaymiz”, dedi Turkiya yetakçisi.

Makron jim turmadi

Frantsiya Prezidenti Emmanuyel Makron avvaldan çiqişlarida va xalqaro minbarlarda Ğazodagi inqiroz böyiça özining keskin va qatiy pozitsiyasini bildirdi. U BMT Boş Assambleyasidagi nuqtida ham bu işini davom ettirdi. Falastin fojiasini “barçamizni uyaltiradigan tomoşa” deb atadi hamda uşbu inqiroz qarşisida xalqaro hamjamiyatning jimligini va uni heç narsa qila olmayotganini oçiqçasiga tanqid qildi. Makron öz nutqida zalga tasirçan sözlarni aytdi:

“Bir yil avval, xuddi şu yerda, Falastinni rasman tan olgan önlab davlatlar qatorida edik. Men bazilarning “bular şunçaki qoğozdagi tan olişlar, real voqelik boşqaça”, degan piçinglarini eşitmayapmanmi? Ğazo fojiasi qarşisida qöl qovuştirib turaversak, xalqaro hamjamiyat sifatida bizning obröyimiz, işonçimiz qayerda qoladi? Bazilar göyoki tinçlikka erişgandek keriladi. Lekin bu “tinçlik” biror soniyaga bölsa-da gumanitar yölaklarni oça oldimi? Nahotki barçamizni uyaltirayotgan uşbu mudhiş manzarani jim kuzatib turişga mahkum bölsak? Aslo va heç qaçon! Bugun sodir bölayotgan voqealarga oçiq köz bilan qarang. Ğarbiy Sohilda har kuni oçiqdan-oçiq qonunbuzarliklar sodir etilmoqda. Xöş, nima sabab? Axir Hamas Ğarbiy Sohilda heç qaçon faoliyat olib bormagan-ku! Bu harakatlar – Falastin xalqining mavjud bölişga bölgan qonuniy huquqlarini har kuni qadamma-qadam yöqqa çiqariş va mustaqil davlat quriş imkoniyatini tamoman barbod qilişdan boşqa narsa emas”, dedi prezident.

BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasidagi manzaralar şuni körsatadiki, bugungi kunda hamma şusiz ham tuşunib turgan xalqaro diplomatiyaning çuqur inqirozi katta minbarlarda ham rad qilib bölmaydigan darajaga yetdi. Asosiy maqsadi barça millatlarni bir stol atrofida tenglik va tinçlik tamoyillari asosida birlaştiriş bölgan platforma, afsuski, qudratli davlatlarning harbiy baza quriş şartnomalarini rasmiylaştiradigan, suveren davlatlarni yöq qiliş bilan tahdid qiladigan va xalqaro huquq institutlarini toptaydigan minbarga aylanib bormoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: