Viloyatliklar ham Toşkentda taksiçilik qila oladi – Ilhom Mahkamov
13-06-2025, 23:25
157 марта

Viloyatliklar ham Toşkentda taksiçilik qila oladi – Ilhom Mahkamov
Endilikda viloyatdan kelgan taksiçilar Toşkent şahrida taksiçilik qila oladi. Biroq buning uçun ular litsenziya olişi, faoliyat manzili sifatida esa Toşkentni körsatişi kerak böladi. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov malum qildi.Uning aytişiça, viloyatlararo litsenziyaga ega taksiçilar Toşkentda taksi qila olmaydi. Litsenziya faqat bitta hududga beriladi.
Ular bir vaqtning özida ham viloyatda, ham poytaxtda taksiçilik faoliyati bilan şuğullana olmaydi.
Malumki, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan haydovçilarning maşina raqami qaysi hududdan olingan bölsa, faqatgina öşa hududda taksiçilik qilişi mumkinligi belgilangan. Uşbu qaror tez orada keng jamoatçilikning etirozlariga sabab böldi.
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Transport vaziridan yönalişsiz taksi faoliyati bilan şuğullanişga oid joriy qilingan çeklovga tuşuntiriş berişi uçun sörov yubordi. Partiyaga köra, bu tartib Özbekistonning yangi qabul qilingan Konstitutsiyasining 67-moddasida belgilangan talabga zid kelmoqda.