Özbekiston kim tarafda? Saida Mirziyoyeva BMTda tarixiy nutq qildi
Dunyo qayta bölinayotgan, geosiyosiy öyinlar kuçaygan va işonç nolga tenglaşgan bir davrda yaşayapmiz. Bir tomonda – Yevropa va Yaqin Şarqdagi qonli mojarolar, ikkinçi tarafda – yirik davlatlarning özaro raqobati. Bunday pallada iqtisodiy jihatdan bir-biriga boğlanib ketadigan har bir davlat özining strategik tomonlarini belgilaşi şart. Bugun mamlakatlar bazida oçiq söralayotgan, ayrim hollarda esa imi-jimida berilayotgan savol: “siz qaysi tarafdasiz?” degan söroq qarşisida qolyapti. BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasida Özbekiston delegatsiyasiga boşçilik qilgan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva minbardan turib Özbekiston pozitsiyasini oçiq aytdi. Bu tarixiy nutq AQŞ vaqti bilan 23 sentyabr kuni yangradi.
“Bugun insoniyat oson bölmagan davrda yaşamoqda. Dunyo böylab uruşlar davom etmoqda. Geosiyosiy keskinlik kuçaymoqda. Işonç yöqolmoqda. Tengsizlik ortmoqda. Bunday paytlarda mamlakatlar tanlov oldida qoladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi Özbekiston öz tanlovini qildi. Bu – oçiqlik. Qöşnilar bilan yaxşi munosabatlar. Dunyo bilan muloqot.Oçiqlik zaiflikni anglatmaydi. Aksinça, tinçlikka intiliş kelajak uçun masuliyatni öz zimmaga oliş demakdir. Biz mamlakatlar oldiga qaysi tarafni tanlaysiz, degan savol qöyilayotganini köryapmiz. Özbekistonning javobi aniq. Bizning tanlovimiz – inson qadri. Biz talim olişga, kasb egallaşga va öz kelajagini özi belgilaşga intilayotgan yoşlarni tanlaymiz. Çunki biz davlatçilikning haqiqiy qudratini uning harbiy yoki iqtisodiy salohiyati bilan ölçamaymiz. Mamlakat qudrati, avvalo, inson qadri, huquq va manfaatlarini qay darajada himoya qila olişi bilan belgilanadi. Şu bois, biz tinçlik, taraqqiyot va inson qadrini 3 ta alohida maqsad sifatida emas, balki yagona, yaxlit vazifa sifatida köramiz”, dedi Saida Mirziyoyeva.
Şuni alohida takidlaş kerakki, Saida Mirziyoyeva tarixda ilk bor Özbekiston nomidan BMT Boş Assambleyasining Oliy darajadagi umumiy munozaralari minbarida nutq sözladi. Taqriban 12 daqiqa davom etgan uşbu tarixiy çiqişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Markaziy Osiyodagi tub özgarişlar, Özbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, suniy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini taminlaş masalalariga töxtaldi.
“Bugun heç bir millat, qançalik qudratli bölmasin, barça global muammolarni yolğiz özi hal qila olmaydi. Heç bir tahdid milliy çegaralarda töxtab qolmaydi. Aynan şuning uçun bizga Birlaşgan Millatlar Taşkiloti har qaçongidan ham köproq kerak. Bizga faqat qarorlar qabul qiladigan emas, balki ularni amalga oşirişga qodir bölgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti kerak. Bizga har bir mamlakat ovozi eşitiladigan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti kerak”, dedi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari.
Bugun BMT öz tarixdagi eng oğir inqirozini boşdan keçiryapti. Uruşlarni töxtata olmayapti, inqirozlarni hal qilmayapti. Qarang, Rossiya – Ukraina uruşi boşlangandan beri BMT Boş Assambleyasida uruşni qoralovçi va qöşinlarni olib çiqib ketişni talab qiluvçi 6 ta yirik rezolyutsiya qabul qilindi. Ammo majburiy kuçga ega bölgan Xavfsizlik Kengaşining har bir qarori Rossiyaning veto huquqi sababli çippakka çiqdi.
Ğazo fojiasi böyiça ham ahvol bundan yaxşi emas: Falastinga qarşi uruş boşlanganidan beri BMT Xavfsizlik Kengaşiga gumanitar sulh va öt oçişni töxtatiş böyiça taklif etilgan rezolyutsiyalarga AQŞ 6 marta veto qöydi. Boş Assambleyada 150 dan ortiq davlat yoqlab ovoz bergan rezolyutsiyalar esa şunçaki qoğozda qolib ketdi.
Yaqin Şarqdagi sönggi keskinlikda ham BMT Xavfsizlik Kengaşida AQŞ, Isroil va Eron örtasidagi uruş xavfini töxtatiş böyiça önlab şoşilinç yiğilişlar ötkazildi, bayonotlar berildi, lekin biror bir yeçim bera oladigan va amaliy mexanizm işga tuşmadi.
Yuzlab yiğilişlar, önlab rezolyutsiyalar va nol natija! Aynan şu bois Saida Mirziyoyeva BMTni şunçaki bayonotlar beradigan emas, amalda işlaydigan mexanizmga aylantirişni va veto huquqiga ega Xavfsizlik Kengaşini bugungi voqelikka moslab isloh qilişni taklif qildi.
“Özbekiston BMT Boş kotibining BMT-80 taşabbusi doirasidagi taşkilotni zamonaviy talablarga moslaştirişga qaratilgan say-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi. Biz BMT Xavfsizlik Kengaşi tarkibini zamonaviy voqeliklardan kelib çiqib, kengaytirişni qöllab-quvvatlaymiz. Kelgusi yilda Özbekiston Qöşilmaslik harakatiga raislikni öz zimmasiga oladi. Keskinlik kuçayib borayotgan bir paytda biz buni muloqot uçun yangi maydonlar yaratiş masuliyati sifatida qabul qilamiz”, dedi Saida Mirziyoyeva.
Qöşilmaslik harakati – bu dunyodagi heç qaysi yirik harbiy-siyosiy blokka qöşilmagan hamda öz taşqi siyosatida doimo neytral pozitsiyani tanlagan davlatlarning eng yirik xalqaro birlaşmasidir. U 1961 yilda, dunyo AQŞ va SSSR boşçiligidagi ikki lagerga bölingan oğir bir davrda tuzilgan. Öşa paytda mustaqillikni qölga kiritgan mamlakatlar yirik davlatlarning siyosiy öyinlarida şunçaki qurolga aylanmaslik va harbiy töqnaşuvlarga tortilmaslik uçun “U tarafga ham, BU tarafga ham qöşilmaymiz”, degan printsip bilan uşbu harakatga asos solgan.
Taşkilotning kölami juda ulkan. Azolar soni böyiça u BMTdan keyingi ikkinçi örinda turadi. Unda dunyoning 120 dan ortiq mamlakati jamlangan. Harakatning boş ğoyasi oddiy va aniq: boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik, hududiy daxlsizlikni hurmat qiliş, har qanday mojarolarni faqat diplomatiya orqali hal etiş va eng muhimi – har bir mamlakatning öz mustaqil taraqqiyot yölini belgilaş huquqini himoya qilişdir.
2027–2029 yillarda uşbu nufuzli xalqaro tuzilmaga raislik qiliş huquqi tarixda ilk bor Özbekistonga topşiriladi. Bu mamlakat taşqi siyosatining va mavqeining ulkan etirofi deyiş mumkin.
“Şu ruhda Özbekiston 2035–2036 yillarda Xavfsizlik Kengaşining doimiy bölmagan azoligiga öz nomzodini taklif qildi. Biz sizning qöllab-quvvatlaşingizga umid qilamiz. Biz uçun xalqaro huquq – manfaatlarga qarab özgaradigan vosita emas. Bu barça mamlakatlar uçun umumiy qoidadir. Umumiy huquqsiz umumiy adolat bölişi mumkin emas”, dedi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari.
Şu örinda sizda savol paydo bölgandir. Xavfsizlik Kengaşining doimiy bölmagan azoligi Özbekistonga nima beradi? Hatto veto huquqi bölmagan taqdirda ham, doimiy bölmagan azo sifatidagi ovoz juda katta siyosiy kuçga ega. Çunki yirik davlatlar öz rezolyutsiyasini ötkaziş uçun aynan 10 ta doimiy bölmagan azolarning “ha” degan ovozini olişga majbur böladi. Bu esa Özbekistonga global masalalarda öz şartlarini qöyiş, muzokaralar olib boriş va Markaziy Osiyo manfaatlarini qatiy himoya qiliş imkonini beradi. Şu sababli Özbekiston öz nomzodini ilgari surişi – bu mamlakat taşqi siyosatidagi eng ulkan va jasoratli qadamlardan biridir.
Saida Mirziyoyeva nutq davomida Markaziy Osiyo davlatlarining özaro munosabati haqida ham gapirdi.
“Yaqin-yaqingaça Markaziy Osiyo köpinça hal etilmagan çegara nizolari, suv resurslarini boşqariş masalalari va boşqa köplab mojarolar fonida tilga olinardi. Özbekiston Prezidenti taşabbusi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi vaziyat va muhit butunlay özgardi. Biz bir-birimizga tahdid manbai sifatida emas, balki hamkor sifatida qaray boşladik. Prezident Şavkat Mirziyoyevning Afğoniston masalasiga yondaşuvi ham xuddi şunday. Afğonistonga faqat xavf manbai sifatida qaraş muammoni hal qilmaydi. Köp millatli afğon xalqini öz muammolari bilan yolğiz qoldiriş ham yeçim emas. Ularga tinç hayotga erişiş uçun umid va işonç beriş kerak”, dedi Özbekiston delegatsiyasi rahbari.
Bu mavzuning mohiyatini tuşuniş uçun yaqin 10 yillikkaça bölgan davrni qisman bölsa ham eslaş kerak. Bu paytda Markaziy Osiyo deganda xalqaro hamjamiyatning köz oldiga bir-biridan arazlagan, çegaralarini yopgan davlatlar va yeçimsiz mojarolar kelgani sir emas. Fakt bilan gapiraman. Mintaqada 20 dan ortiq bahsli çegara hududlari mavjud bölib, nizoli hududlarda otişmalar va fojiali töqnaşuvlar oddiy holga aylangandi. Suv va energetika resurslari böyiça kelişmovçiliklar, eksklavlardagi blokadalar, vizaviy çeklovlar va özaro savdoga qöyilgan suniy ğovlar mintaqani yillar davomida alohidalanib yaşaşga majbur qildi. Biroq sönggi yillarda diplomatik buriliş yuz berdi.
Mintaqa tarixida ilk bor yangi siyosiy platforma – Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari formati yölga qöyildi. 5 ta davlat rahbari uşbu oliy darajadagi sammit doirasida ketma-ket 6 marta uçraşdi. Ostonada ikkita sammit, Toşkent, Turkmanboşi, Duşanbe va Çölpon-Otada yiğilişlar bölib ötdi. Şu jarayonlarda barça çalkaş masalalarga muloqot orqali yeçim topdi. Çegara masalalariga 100 foizlik nuqta qöyildi, suv-energetika konsortsiumini tuziş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Har qanday siyosiy nutqning salmoği amaliy natijalar bilan ölçanadi. Aksinça u şunçaki balandparvoz gap bölib qolaveradi. Şu sababli Saida Mirziyoyevaning BMT minbaridagi çiqişi faqat taşqi siyosiy bayonotlar bilan çeklanmadi. Prezident Administratsiyasi rahbari mamlakat içidagi iqtisodiy va ijtimoiy burilişlarni xalqaro hamjamiyat etiboriga aniq raqamlar bilan taqdim etdi.
“Özbekiston rahbari tomonidan amalga oşirilayotgan islohotlar avvalo, odamlar hayoti yaxşilanayaptimi, degan mezonga asoslanadi. Biz natijalarni aynan şu mezon bilan ölçaymiz. Ötgan 10 yil içida aholimizning xarid qobiliyati ikki barobarga oşdi. Iqtisodiyotimiz 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga ösdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb qilindi. Eksport qariyb uç barobarga oşdi. Kambağallik darajasi 4 foizgaça kamaydi va qariyb 10 million kişi kambağallikdan çiqarildi. Maktabgaça talim bilan qamrov 27 foizdan 78 foizga, oliy talim bilan qamrov 9 foizdan qariyb 45 foizga oşdi. Örtaça umr köriş davomiyligi 66 yoşdan 75 yoşga oşdi. Onalar va gödaklar ölimi tört barobarga kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana şu odamlar hayotida aks etadi. Bola – davlatning eng katta masuliyati. Agar bola soğlom tuğilmasa va sifatli talim olmasa, biz faqat bir kişining emas, balki butun bir jamiyatning kelajagini xavf ostiga qöyamiz. Yaqin kunlarda biz Birlaşgan MillatlarTaşkilotining Aholişunoslik jamğarmasi bilan demografik barqarorlik va inson kapitali masalalari böyiça yuqori darajadagi muloqot ötkazamiz. Oktyabr oyida esa Samarqandda xalqaro hamjamiyatni bolalar farovonligi masalalari atrofida birlaştiramiz”, dedi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari.
Orol dengizi deganda xayolingizga birinçi nima keladi? Qurigan hudud, kemalar qabristoni, ekologik muammo va yana nimalardir, töğrimi? Çunki rostdan ham bir vaqtlar dunyodagi törtinçi yirik köl bölgan Orol sönggi yarim asrda 90 foizdan ortiq suvini yöqotgan va uning örnida 5,5 million gektarlik qum hamda tuzdan iborat ulkan sahro paydo böldi. Yillar davomida bu mavzu xalqaro anjumanlarda faqat açiniş va kuzatiş bilan çeklanib kelgan. Biroq Saida Mirziyoyeva BMT minbaridan turib Orol fojiasini faqat muammo emas, balki butun dunyo uçun ekologik yeçimlar va iqlim özgarişiga qarşi kuraşning sinov maydoniga aylantiriş taşabbusini ilgari surdi.
“Markaziy Osiyoning butun dunyoga taqdim eta oladigan yana bir saboği bor. Bu – Orol dengizi. U tabiiy ofat tufayli qurib qolgani yöq. Bu önlab yillar davomida qabul qilingan notöğri qarorlar va tabiatga nisbatan adolatsiz munosabatning oqibatidir. Yangi Özbekiston uşbu muammo kölamini kamaytiriş uçun qurigan dengiz tubida yaşil maydonlar yaratmoqda. Biz zamonaviy suv tejovçi texnologiyalarni joriy etmoqdamiz. 2030 yilga kelib qayta tiklanuvçi energiya uluşini 54 foizga yetkazişni maqsad qilganmiz. Biz Orol dengizining faqat ekologik fojia timsoli bölib qolişini istamaymiz. U ekologik yeçimlar uçun sinov maydoniga aylanişi kerak. Özbekiston taşabbusi bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi 2027–2036 yillarni Örmonlarni tiklaş va qayta tiklaş böyiça harakatlar ön yilligi deb elon qildi. Bu rezolyutsiyani amaliy natijalar bilan mustahkamlaş vaqti keldi”, dedi Saida Mirziyoyeva.
Suniy intellekt bugun dunyoni şiddat bilan özgartirmoqda. Va bu borada texnologik poyga ham boşlanib ketgan. Lekin asosiy savol oçiq qolyapti: Texnologiya insonga xizmat qiladimi yoki inson maşinaga moslaşişga majbur böladimi? Şu mazmundagi fikrlar ham yangradi.
“Bugun insoniyat yana bir ulkan özgarişlar ostonasida turibdi. Men suniy intellekt haqida gapiryapman. Ammo bir savol javobsiz qolmoqda. Texnologiya insoniyatga xizmat qiladimi yoki biz texnologiyaga moslaşişga majburmizmi? Biroq, tamoyil aniq bölişi kerak. Insoniyat va uning taqdiri texnologik taraqqiyotning markazida bölişi lozim. Suniy intellekt inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyatlar va javobgarlikdan ajralmas bölişi kerak. Texnologik taraqqiyot odamlarni özgarişga majburlamasligi, aksinça, inson hayotini yaxşilaşga xizmat qilişi lozim. Özbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuçaytiriş tarafdori”, dedi Saida Mirziyoyeva nutqi davomida.
Saida Mirziyoyevaning keyingi gaplari sud va huquq tizimi, majburiy mehnatga barham berilgani, oilavdagi zöravonlikka qarşi qonunlar qatiylaştirilgani haqida böldi.
“Hokimiyat qonundan ustun emas. Sudga murojaat qilgan har bir inson, kim bölişidan qati nazar, adolat qaror topişiga işonişi kerak. Toşkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi tamoyillari asosida alohida xalqaro tijorat sudi taşkil etilmoqda. Biz bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berdik. Biz oiladagi zöravonlik uçun javobgarlikni kuçaytirdik. Biz ayollar huquqlari va imkoniyatlari masalasida ham şu mezonga tayanamiz. Şu bois, biz ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş uçun alohida tizim yaratdik. Bugun parlamentimizning 39 foizini ayollar taşkil etadi”, dedi u.
Saida Mirziyoyeva nutqining eng tasirli nuqtasi uning xotima qismida yangradi. Unda dunyo yetakçilarining kelajak avlodlar oldidagi masuliyati, inson qadrini amalda yuksaltiriş va quruq imkoniyatlardan emas, ularning natijasidan xulosa çiqariş kabi masalalar kötarildi.
“Toşkentda Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Islom tsivilizatsiyasi markazi barpo etildi. Biz uni nafaqat ötmişni namoyiş etadigan joy, balki ilm, tafakkur va marifat maskani sifatida köramiz. Bugun ijtimoiy tarmoqlar va suniy intellekt nafrat va stereotiplarni jadal suratlar bilan tarqatayotgan bir davrda bu haqiqatni yana bir bor eslatiş muhim. Özbekiston madaniyatlar va dinlar örtasidagi muloqotni, marifat va bağrikenglikni mustahkamlaşga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izçil davom ettiradi. Hurmatli janob rais, xonimlar va janoblar. Barçamiz inson qadri eng yuqori örinda turadigan dunyoda yaşaşni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan yaxşiroq dunyo qoldirişni xohlaymiz. Inson qadrini yuksak qadrlaydigan dunyo. Biroq, kelajak bizni oldimizdagi imkoniyatlar bilan emas, balki ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. Özbekiston xalqi va Prezidenti tinçlik, işonç va inson qadri ustuvor bölgan dunyoni barpo etişga hissa qöşişga tayyor”, deya Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari nutqini tugatdi.