Jizzaxda Damas avtomobilida 56 nafar boğça bolasi taşildi
Jizzaxda ikki haydovçi Damas’da 56 nafar boğça bolasini taşigani aniqlandi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Jizzaxda 2 nafar Damas haydovçisi tomonidan har bir transport vositasida 28 nafardan, jami 56 nafar boğça bolasi taşilgan.
“Haydovçi, talim muassasasi masullari va ota-onalarga bolalarni bu kabi olib yuriş heç qaysi xavfsizlik qoidalariga javob bermasligi, yöl bu öyin maydoni emas, yöl hamişa tasodiflarga boy bölişi tuşuntirilsa-da, afsuski, bu holatga panja ortidan qarab, bolalarning hayoti bilan öynayotganlar hanuz uçramoqda”, deyiladi YHX videomurojaatida.
Malumot uçun, Boş prokuratura bolalarni taşiş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytirişni taklif qilmoqda. Bu böyiça tegişli qonun loyihasi işlab çiqilgan. Unga köra, haydovçilarga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida (20,6 million sömgaça) jarima, 3 yilgaça haydovçilik huquqidan mahrum etiş, ayrim hollarda esa 15 sutkagaça mamuriy qamoq jazosi qöllanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 2026 yil boşidan buyon Damas’da meyoridan ortiq boğça bolasini taşiş holati bir neça bor aniqlangan. Xususan, joriy yilning fevral oyida Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida 23 nafar bolani Damas’da taşigan haydovçiga çora körilgan. Şuningdek, may oyida esa Samarqand viloyatining Jomboy tumanida Yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan Damas saloniga 24 va 28 nafar bolani mindirib harakatlanayotgan ikki haydovçi aniqlangan.
Bundan taşqari, iyul oyida Farğona viloyatining Toşloq tumanida 28 nafar, avgust oyida Toşkent şahrida 25 nafar bolani Damas rusumli avtomaşinada noqonuniy olib ketayotgan haydovçilarga ham çora körilgandi. Sentyabr oyining boşida esa Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 16 nafar boğça bolasini Damas’da olib ketayotgan haydovçi aniqlangan.