Jizzaxda erkak kuyovi tomonidan ölasi qilib döpposlandi
Jizzaxda kelinlik uyidan qizining buyumlarini olib ketişga borgan erkak qizining eri va qarindoşlari tomonidan kör bölib qolguniça döpposlandi. Bu haqda “Nemolçi” loyihasida xabar berildi. Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosov uşbu holatni QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
Malum qilinişiça, uning qizi 2024 yilda U.A. ga turmuşga çiqqan. Ular Jizzaxda yaşab kelgan. Töydan keyingi ilk kunlardanoq eri qizni muntazam ravişda urib-döpposlab, haqoratlab va ruhiy tazyiq ötkazib kelgan. Hatto ayolining homiladorligi ham erni töxtatib qolmagan.
Qayd etilişiça, qiz ota-onasini xavotirga solmaslik uçun hammasiga çidab kelgan. Çunki u otasi uçun bunday munosabat haqidagi xabar oğir zarba bölişini bilgan. Şu bois, u indamay çidagan, tanasidagi kökargan joylarni esa yaşirgan.
“Kelin yuzida tabassum bilan qaynona va erining könglini olişga uringan, balki bu ularning şafqatsizligini yumşatar, deb umid qilgan. Afsuski, bu yordam bermadi, qiynoqlar davom etaverdi. 2026 yil 23 may kuni tong saharda Nodira otasidan uni bu dözaxdan olib ketişini söradi”, deyiladi xabarda.
Loyihaga köra, qizning otasi uni Toşkentga olib ketgan. Bir neça kundan söng esa qarindoşlari bilan birga qizining şaxsiy buyumlari, hujjatlari va nevarasining narsalarini olib ketiş uçun Jizzaxga borgan. U yerda ularni bir neça kişi kutib turgan bölgan. Nizo kelib çiqişi mumkinligini sezgan otasi va uning yaqinlari voqea sodir bölişidan taxminan 45-60 daqiqa avval 102 xizmatiga qönğiroq qilgan. Biroq, otaning sözlariga köra, profilaktika inspektori SMS orqali “yaraşib olsangiz, xabar bering”, deb yozgan. Biroq nizo şafqatsiz döpposlaşga aylanib ketgan.
“Mening kuzatişimça, asosiy zarbalarni T. va A.U. lar, ularning katta va kiçik toğalari hamda menga nomalum bölgan novça yoş yigit berişdi. Yiqilganimdan keyin ham urişda davom etişdi – meni tepişni boşlaşdi. Oila azolarim menga yordam berişga urinişdi, lekin ularni kuç bilan uşlab turişdi. Zarbalardan huşimni yöqotdim, ammo yaqinlarimning aytişiça, hatto öşanda ham meni döpposlab, tepişgan”, deya tasvirlagan otasi keyingi voqealarni.
Manbaga köra, keyinçalik öşa profilaktika inspektori jabrlanuvçining özini va uning oilasini hujum qilganlikda ayblaşga uringan, ularning oilasini, şu jumladan 11 yoşli bolani ham bir neça soat davomida IIBda uşlab turgan.
Tibbiy hujjatlarda otada boş miya jarohati, miya çayqalişi, çap közning şikastlanişi hamda peşona va qoş sohasidagi jarohatlar qayd etilgan. Ota çap közidan ayrilib, kör bölib qolgan, hozirda esa öng közining ham körişi yomonlaşib bormoqda.
Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosovning QALAMPIR.UZ’ga malum qilişiça, holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 1- qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda Jizzax Içki işlar boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida kelin bir neça oy davomida unitaz suvini içişga, suvarakka qarşi zaharni yeyişga majburlangani va ustidan qaynoq suv quyilgani haqida xabar berilgan edi.