USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

IŞIDni moliyalaştirişda gumonlangan özbekistonlik AQŞga topşirildi

154 марта
ИШИДни молиялаштиришда гумонланган ўзбекистонлик АҚШга топширилди

Özbekiston fuqarosi va keyinçalik AQŞ fuqaroligini olgan Dovud Ansoriy terrorçilik taşkilotlariga moddiy yordam körsatişda ayblanib, Gruziyada qölga olindi hamda AQŞga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Kozimjon Ğofurov va Kozim nomlari bilan ham tanilgan Ansoriy joriy yilning 23 sentyabr kuni Gruziyaning Tbilisi şahridagi qamoqdan AQŞga olib borilgan va endi Bruklindagi federal sudda sud oldi eşituvida iştirok etişi kutilmoqda.

Bildirilişiça, unga “Iroq va Şom islomiy davlati” (IŞID) hamda “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam körsatiş böyiça til biriktiriş va moddiy yordam berişga oid ikki ayblov qöyilgan. Mazkur taşkilotlar ayblovda körsatilgan davrda AQŞ tomonidan xorijiy terrorçilik taşkilotlari sifatida belgilangan.

AQŞ Adliya vazirligining Milliy xavfsizlik böyiça Boş prokuror yordamçisi Jon Ayzenberg Ansoriy “ön yil davomida qoçib yurganidan keyin” AQŞga qaytarilganini aytgan.

“Ayblovda takidlanganidek, Ansoriy pul töplagan, safarlarni taşkil qilgan va xorijiy terrorçilik taşkilotlari safida jang qilişni istagan şaxslarga yöl oçib bergan tarmoqni boşqargan”, degan u.

Nyu-York Şarqiy okrugi AQŞ prokurori Jozef Nosella Ansoriy 10 yildan ortiq vaqt avval oğir jinoyatlar uçun javobgarlikdan qoçiş maqsadida AQŞni tark etganini bildirgan.

“Ayblovlarga köra, u xorijiy jangçilarni jihod olib boriş uçun safarga çiqişini moliyalaştirişga qaratilgan keng tarmoqqa yordam bergan”, degan Nosella.

Federal qidiruv byurosining Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi direktori yordamçisi Jarod Braun esa Ansoriy ikki xorijiy terrorçilik taşkilotiga yordam beriş uçun mablağ töplaganini bildirgan.

“Yillar ötişi va geografik masofa FQBni töxtatmaydi. Biz xorijiy terrorçilik taşkilotlariga yordam bergan şaxslarni topamiz va adolat qaror topişi uçun hamkorlarimiz bilan işlaymiz”, degan Braun.

Sud hujjatlariga köra, Ansoriy asosan Nyu-Yorkning Bruklin hududida yaşagan radikallaşgan şaxslar guruhiga rahbarlik qilgan. Ular Suriyaga borib, IŞID yoki “An-Nusra fronti” safida jang qilişni rejalaştirgan yoki bunday şaxslarning safarlarini moliyalaştirgan.

Malum qilinişiça, tergov davomida Suriyaga xorijiy terrorçilik taşkilotlariga qöşilib, jang qiliş uçun bormoqçi bölgan şaxslarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan keng tarmoq aniqlangan.

Tarmoq iştirokçilari guruhni özbek tilida çoyxona manosini anglatuvçi “çayxona” deb atagan. Guruh nafaqat jang qiliş uçun Suriyaga ketayotgan şaxslarni, balki ular ortida qolgan oilalarni ham qöllab-quvvatlaş uçun mablağ töplagan. Şuningdek, janglarda halok bölgan şaxslarning beva qolgan xotinlari va oilalariga yordam körsatilgan.

Tergov malumotlariga köra, “çoyxona” yiğimlari orqali Ansoriy va boşqalar 2013 yilda kamida uç kişining Suriyaga borişini moliyalaştirgan. Ularning uçalasi ham Suriyada halok bölgan, deb hisoblanadi.

Manbaga köra, Ansoriy 2016 yil may oyida AQŞdan Turkiyaga bir tomonlama aviaçipta bilan jönab ketgan. U çiptani safaridan bir kun avval sotib olgan. Bu uning şeriklaridan biri 2016 yil 11 may kuni hibsga olinganidan beş kun ötib sodir bölgan.

Şundan beri Ansoriy qidiruvda bölib kelgan. Bruklindagi federal katta sudyalar hayati unga qarşi ayblov xulosasini 2021 yil noyabr oyida çiqargan.

Ansoriy 2026 yil avgust oyida Gruziyada hibsga olingan. AQŞ Adliya vazirligining Xalqaro işlar boşqarmasi, FQBning Tbilisidagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar böyiça attaşesi va Gruziya prokuraturasi uni hibsga oliş hamda AQŞga ekstraditsiya qiliş jarayonida iştirok etgan. Tergovni FQB Nyu-York politsiya boşqarmasi, Nyu-York ştati politsiyasi, AQŞ Bojxona va çegara himoyasi, Port mamuriyati politsiyasi hamda AQŞ Marşallar xizmati kömagida olib borgan.

Agar Ansoriy mazkur iş böyiça aybdor deb topilsa, 35 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin. AQŞ hukumati nomidan işni Nyu-York Şarqiy okrugi prokuraturasining Milliy xavfsizlik va kiberjinoyatlar bölimi yuritmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Gruziya Içki işlar vazirligi Markaziy kriminal politsiya departamenti va Gruziya Boş prokuraturasi xodimlari AQŞ Federal qidiruv byurosi bilan hamkorlikda xalqaro qidiruvda bölgan AQŞ va Özbekiston fuqarosini qölga olgani xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: