Ukainada “QVZçi” armiyani boşqaradi. Qozoğistonda motam. Zelenskiy uruşni tugatmoqçi – Weekend
Rossiya bilan jang qilayotgan Ukrainaning mudofaa vaziriga “QVZçi” odam örinbosar böldi. Masuliyatli lavozimni egallagan sobiq şoumen endilikda butun armiyadagi raqamli tizimlar va harbiy hisob dasturiy taminotlari uçun masul böladi. Kiyev kadrlar siyosatida kutilmagan va bir qaraşda ğalati tuyilgan bu qarorga sabab nima?
BMT minbariga çiqqan Netanyaxuni 80 dan ortiq davlat boykot qildi. Uning nutqini eşitmasdan namoyişkorona zalni tark etganlarni esa isroillik vakil birma-bir yozib oldi. Bunday “davomat daftaridagi minus” davlatlarga qaysi jihatdan tasir qilişi mumkin?
Si Tszinpin 11 yil içida ilk marta AQŞga bordi. Tramp barça diplomatik protokollarni buzib, Xitoy raisini aeroportning özida dabdaba va favqulodda ehtirom bilan kutib oldi. Öziga bino qöygan prezident Xitoy yetakçisiga yaltoqlanişi nimani anglatadi? U nimani kutyapti?
Qozoğistonda harbiy fojia. Beparvolik sababli 14 ta harbiy halok böldi. 4 tasi qutqarib qolindi. Mamlakatda motam. Hozirça 5 ta amaldor hibsga olindi. Ularning soni ortişi mumkin.
Si Tszinpin AQŞda
AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin örtasida Vaşingtonda bölib ötgan navbatdagi sammit xalqaro siyosat haftasidagi eng asosiy voqealardan biriga aylandi. 24 sentyabrga ötar keçasi Xitoy yetakçisi uç kunlik davlat taşrifi bilan Amerikaga yetib kelganida, odatdagi protokollar va diplomatik qoidalar bir çetga surib qöyildi. Aslida, Vaşingtondagi ananaga köra, Amerika prezidentlari xorijiy davlat rahbarlarini aeroportda kutib olmaydi – qabul marosimi Oq uyda ötkaziladi. Boz ustiga, şu yilning may oyida Tramp Pekinga borganida Si Tszinpin uni aeroportda qarşi olmagandi. Biroq Tramp bu safar barça qoidalarni buzdi: u birinçi xonim Melaniya Tramp bilan birga Endryus qöşma harbiy bazasiga şaxsan borib, Xitoy raisini favqulodda ehtirom bilan kutib oldi.
Ğarb ommaviy axborot vositalari uşbu iltifot ortida yaşiringan ramziy manolarni va ikki davlat örtasidagi yaşirin raqobatni atrofliça tahlil qilmoqda. “The Waşington Post” naşrining yozişiça, Trampning bu harakati Pekindagi may oyidagi qabul doirasidan çiqiş va Si Tszinpinga öziga xos minnatdorlik bildiriş, şuningdek, ön bir yil içida Xitoy raisining Vaşingtonga amalga oşirgan ilk davlat taşrifiga alohida ahamiyat qaratiş istagidan dalolat beradi. Air Çina aviakompaniyasining Boeing 747 samolyotidan tuşgan Si Tszinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan uçun B-2 bombardimonçisi hamda F-22 qiruvçi samolyotlari iştirokida harbiy havo parvozi namoyiş etildi. Biroq, bunday balandparvoz ehtirom va dabdabali marosimlar ortida çuqur siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar yotgani sir emas.
“Şu yil boşida Pekinga borganimda Xitoy xalqining mehmondöstligini çin dildan his etgan edim. Bugun esa ön yildan ortiq vaqt içida ilk bor Vaşingtonga qaytganingizda sizga xuddi şunday ehtirom körsatişga harakat qildik. Prezident Si bilan ikkimiz ham turli tizimlarga vakillik qilişimizni yaxşi tuşunamiz, ammo xalqlarimiz örtasidagi riştalar doimiydir va biz heç qaçon hozirgidek yaxşi çiqişa olmaganmiz. Xalqlarimiz kelajakda hamjihatlik, tinçlik va muvaffaqiyatga erişişini tilayman”, dedi prezident.
Uçraşuv arafasida ikki oylik savdo sulhining uzaytirilgani elon qilindi. AQŞ Moliya vaziri Skott Bessent tomonlar tariflar va eksport nazoratini kamaytiriş böyiça bitimni yakunlaş uçun oxirgi muddat sifatida 2027 yilning 10 yanvar kunini belgilaganini malum qildi.
“Kattaroq, keng kölamli bitimga erişa olamizmi yoki yöqmi – bilmayman. Amaldagi kelişuv muddatini şunçaki yana uzaytirib borişimiz ham mumkin”, deya takidladi Bessent.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi ham taşrif unumli natijalar keltirişiga işonç bildirdi. Şunga qaramay, ekspertlar uşbu sulhni uzoq muddatli barqarorlik kafolati deb hisoblamayapti. Sulh muddati atigi ikki oyga uzaytirilgani va bazi amerikalik mulozimlarning 3–6 oylik takliflariga mos kelmagani sababli, moliyaviy bozorlar bu xabarga xavotir bilan munosabat bildirdi – Xitoyning CSI 300 indeksi 24 sentyabr kuni 1,3 foizga, Osiyo aktsiyalarining MSCI indeksi esa 0,7 foizga pasaydi.
“Associated Press” agentligining tahlilida takidlanişiça, Oq uydagi muzokaralar stolida töplanib qolgan muammolar tugallanmas darajada köp. Tramp administratsiyasi Eronga qarşi iqtisodiy va harbiy tazyiqlarni oşirib, Pekindan Tehronga tasir ötkazişni talab qilmoqda. Öz navbatida, Si Tszinpin Trampdan Tayvanga qurol sotişni butunlay töxtatişni hamda ilğor mikroçiplar va suniy intellekt texnologiyalariga qöyilgan qatiy eksport çeklovlarini yumşatişni istaydi. Şarqiy Osiyo böyiça sobiq yuqori martabali mulozim Edgard Kagan ikki tarafning parda ortidagi falsafasini öziça izohladi.
“Prezident Tramp vaqt ötişi bilan AQŞ iqtisodiyoti ösib borişiga, suniy intellekt va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatlarga erişişiga qatiy işonadi. Si Tszinpin esa Tramp bilan muzokaralar stoliga ötirganida, AQŞ şiddat bilan tanazzulga yuz tutayotganiga va vaqt Xitoy tomonida ekaniga qatiy işonadi”, dedi u.
Darhaqiqat, har ikki yetakçida ham vaqtinçalik sulhni saqlab qoliş uçun içki siyosiy sabablar bor. Tramp noyabr oyida bölib ötadigan oraliq saylovlar oldidan iqtisodiy muammolardan qoçişga urinayotgan bölsa, Si Tszinpin içki iqtisodiy qiyinçiliklar va qayta işlaş sektoridagi muammolarni tartibga solişga muhtoj.
Muzokaralardagi eng nozik va oğriqli nuqtalardan biri – kamyob yer elementlari masalasidir. Vaşington toğ-kon va qayta işlaş korxonalarini jadal qurayotganiga qaramay, 2030 yillargaça kamyob yer elementlari böyiça Pekinga töliq qaram bölib qolaveradi. “Bençmark Mineral Intelligence” konsalting kompaniyasining körsatkiçlariga köra, AQŞda eng zaruriy elementlarni qazib oliş 3 baravardan ziyod oşgan bölsa-da, mamlakat öz ehtiyojining atigi 42 foizini qoplaşga qodir. Dunyo böyiça uşbu resurslarning asosiy monopolisti bölgan Xitoy eksport çeklovlarini keçiktiriş muddatini uzaytiriş masalasini asosiy dastak sifatida uşlab turibdi.
Endi uçraşuvning dabdabali körinişi va uning amaliy natijalari örtasidagi ziddiyatga etibor qaratsak. Tramp Si Tszinpinga Oq uyning yangi vertolyot maydonçasi va qurilayotgan ball zalini maqtaniş bilan körsatdi, şuningdek, keçki ovqat paytida unga balandligi 90 santimetr bölgan oq boşli burgut haykalini sovğa qildi.
“Oq boşli burgut – Qöşma Ştatlarning milliy ramzi va Amerikaning erkin hamda parvoz qiluvçi ruhining gavdalanişidir. U Pekinda yaxşi va ajoyib bir örin topadi, deb umid qilamiz”, deya takidladi Tramp.
Şuningdek, Tramp özning Truth Social tarmoğidagi sahifasida “suniy intellekt” iborasi örniga Si Tszinpinga ham maqul kelgan “super intellekt” atamasini qöllaşni taklif etib, uçraşuv juda mahsuldor ötganini yozdi. Ziyofatga Ilon Mask, Tim Kuk, Sem Altman va jeff Bezos kabi texnologiya gigantlari va milliarderlar taklif etildi. Diplomatik iltifot sifatida Si Tszinpin Atlantadagi hayvonot boğiga ikkita panda yuborişini elon qildi.
Biroq, bu döstona, şou uslubidagi diplomatik körinişlar ortida heç qanday keskin siyosiy buriliş yoki buriliş yasovçi kelişuv amalga oşmadi. “The New York Times” va “DW” xabarlarida keltirilişiça, Si Tszinpin Oq uyda sözlagan nutqida ikki gigant davlat “Fukidid tuzoği”dan, yani yangi kuçayib borayotgan va mavjud yetakçi mamlakat örtasidagi muqarrar uruşdan qoçişi kerakligini takidladi.
“Raqobatni tilga olişdan qoçmasligimiz kerak, lekin raqobatimiz soğlom bölişi va muayyan çegaralarda qolişi lozim. Bu ğolib yoki mağlub böladigan kuraş emas, balki bir-birimizga yetib oliş poygasi bölişi kerak”, dedi Si. U Tayvan mustaqilligiga qarşi çiqiş talabini yana bir bor takrorladi.
Tramp esa diplomatik yaqinlikni maqtaş bilan birga, Amerika texnologiyalar eksportiga qöyilgan qatiy çeklovlarni saqlab qolişini bildirgan. Eron va Ukraina masalalarida ham tomonlarning qaraşlari keskinligiça qoldi.
OAV vakillari uşbu sammitni Ronald Reygan va Mixail Gorbaçev örtasidagi Sovuq uruşni tugatgan tarixiy kelişuvlarga qiyoslaşdan yiroq ekanini takidlamoqda. “CNN” tabiri bilan aytganda, B-2 samolyotlari, qizil gilamlar, haykallar va “super intellekt” haqidagi balandparvoz gaplar ostida har ikki yetakçi ham öz pozitsiyasidan bir qadam ham çekinmadi. Tramp tadbirlarni xuddi şousimon televizion dasturdek ötkazgan bölsa-da, CNN, MS NOW va Politico kabi yirik naşrlarning Oq uyga kirişini çeklagani sababli telekanallar umumiy lavhalarni uzatişdan boş tortgani ham uçraşuvning parda ortidagi asabiyligidan nişona beradi. Yakuniy xulosa şuki, Vaşingtondagi dabdabali qabul ikki mamlakat örtasidagi çuqur strategik, iqtisodiy va harbiy raqobatni yumşata olmadi – tomonlar şunçaki vaqtni yutiş va mavjud taranglikni vaqtinça muzlatib turiş bilan çeklandi.
BMTdagi tomoşalar
Nyu-Yorkda 23 sentyabrdan 28 sentyabrgaça bölib ötayotgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 81-sessiyasi joriy haftaning eng markaziy va şiddatli voqeasiga aylandi. Diplomatik maydondagi asosiy voqealardan biri – Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning uşbu nufuzli sammitda şaxsan iştirok etişdan boş tortgani böldi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp esa BMT Boş Assambleyasining asosiy kun tartibidagi nutqini sözlab bölişi bilanoq, Si Tszinpinni munosib va dabdaba bilan qarşi oliş uçun zudlik bilan Vaşington tomon oşiqdi. Trampning BMT minbaridan turib sözlagan nutqi esa odatdagidek tinçlik çaqiriqlari bilan emas, balki bir qator davlatlar, xususan Eron va savdo uruşidagi raqiblariga nisbatan keskin tahdidlar, iqtisodiy va harbiy tazyiq ritorikasi bilan yodda qoldi.
BMTdagi bu kabi keskin diplomatik burilişlar haqida batafsil töxtalib ötişimiz mumkin edi, biroq uşbu global uçraşuvning boşqa muhim tafsilotlari böyiça alohida tahliliy material tayyorlangan – uni hozir ekranlaringizda paydo bölgan sarlavha orqali topib tomoşa qilişingiz mumkin.
Umuman olganda, haftaning boş mavzusiga aylangan BMT Boş Assambleyasida asosiy diqqat-etibor Yaqin Şarqdagi inqiroz va Falastin xalqining fojiasiga qaratildi. Yiğilişda sözga çiqqan 190 dan ortiq davlat vakillarining mutlaq köpçiligi – 140 dan ziyod mamlakat oçiqçasiga Falastin pozitsiyasini qöllab-quvvatlab, mustaqil Falastin davlatini tan oliş va harbiy harakatlarni zudlik bilan töxtatiş zarurligini takidladi. Şu bilan birga, 100 ga yaqin davlat BMT Xavfsizlik Kengaşining hozirgi tuzilmasi va vetolaş tizimi öz faoliyatini bajara olmayotganini aytib, taşkilotni tubdan isloh qiliş talabini ilgari surdi hamda 120 dan ortiq mamlakat vakillari Isroilning xatti-harakatlarini qatiy qoraladi.
Vaziyatning eng yuqori nuqtasi esa Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuning BMT minbaridagi navbatdagi nutqi boşlanişidan oldin yuz berdi. Netanyaxu taklif etilişi bilan rahbarlar va azolar uning nutqiga etiroz va norozilik belgisi sifatida zalni birdaniga tark etib çiqib ketişdi. Etiborli tarafi şundaki, ularning içida Özbekiston delegatsiyasi ham bor. Unga boşçilik qilgan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning tarixiy nutqini ham Qalampir.uz’ning YouTube sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.
Netanyaxu oçiqçasiga boykot qilingaç, BMT zalida qolgan Isroil delegatsiyasi vakillaridan biri uşbu jarayondan keyin aynan qaysi davlatlar va qaysi diplomatlar zalni tark etayotganini birma-bir röyxat qilib, öziga xos “davomat” yuritdi. Bu holat katta muhokamalarga sabab böldi. Jahon hamjamiyatida BMT minbarining va undagi xalqaro huquq normalarining neçoğlik tanazzulga uçrayotgani hamda global diplomatik böliniş qançalik çuqurlaşgani haligaça muhokama qilinyapti. Falastindagi qirğinlarni oqlagan, Turkiya, Qatar kabi davlatlarni yolğonçilikda ayblagan va zalni tark etganlarni “manaviy qörqoqlar” deb atagan Netanyaxu özi nimalar dedi degan savolga ham ekranlaringizda paydo bölgan material orqali javob topişingiz mumkin.
“Biz muzokaralarga oçiqmiz”
AQŞ Prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni keskin yumşatiş hamda tomonlarni muloqot stoliga ötqaziş böyiça zudlik bilan amalga oşirilişi kerak bölgan 3 ta asosiy taklifni ilgari surdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Axios” naşriga bergan intervyusida malum qildi. Vaşington tomonidan taqdim etilgan rejaga köra, birinçi navbatda Rossiya va Ukraina örtasida bir-birining energetika infratuzilmalariga zarba berişni töxtatiş böyiça özaro kelişuvga erişilişi lozim. Ikkinçi taklif – Qora dengizdagi don yölagi faoliyatini töliq qayta tiklaşni nazarda tutadi. Uçinçi va eng muhim qadam esa AQŞ, Rossiya va Ukraina iştirokida töğridan-töğri uç tomonlama muzokaralar formatini yölga qöyişdan iborat.
Axborot manbalarining takidlaşiça, Vaşington uşbu oliy darajadagi uçraşuv uçun Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrini ehtimoliy maydon sifatida körmoqda. Ukraina rahbari Kiyev bunday muloqotga tayyorligini bildirdi.
“Biz muzokaralarga oçiqmiz – istalgan joyda va istalgan formatda. Uç tomonlama uçraşuvga kelsak, Amerika tomoni unga tayyorgarlik körişni va texnik darajadagi uç tomonlama uçraşuvni ötkazişni taklif qildi. Biz Amerika tomonidan sana böyiça takliflarni kutyapmiz. Ötkaziliş joyiga kelsak – Qöşma Ştatlar BAAni taklif qildi”, deya takidladi Ukraina prezidenti.
Zelenskiyning sözlariga köra, bunday uç tomonlama sammit dekabr oyida Mayamida ötkazilişi rejalaştirilgan G20 sammiti doirasida ham taşkil etilişi mumkin va bu masala Tramp bilan muloqotda atrofliça muhokama qilingan. Biroq Kiyev yetakçisi Moskvaning haqiqiy niyatiga şubha bilan qaraşini yaşirmadi. U Vladimir Putinning bunday uç tomonlama muloqotdan qoçiş uçun “albatta biror sabab topişi” mumkinligini, Kreml tinçlik muloqotlariga şunçaki vaqtni yutiş vositasi sifatida qarayotganini urğuladi.
Garçi rasmiy darajada şubhalar saqlanib qolayotgan bölsa-da, sahna ortida diplomatik tayyorgarlik jarayonlari allaqaçon boşlanib ketgan. Rossiya Prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev Nyu-Yorkka yetib kelgan va Vaşingtonning sönggi takliflarini muhokama qiliş uçun AQŞning maxsus vakillari Stiv Uitkoff hamda jared Kuşner bilan uçraşişi kutilmoqda. Şu bilan birga, Nyu-Yorkda Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanov, AQŞ maxsus vakili Stiv Uitkoff va Kirill Dmitriyev örtasida parda ortida uç tomonlama uçraşuv tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qiziqarlisi şundaki, Rossiya rasmiy doiralari bunday yaşirin uçraşuv rejalaştirilayotganini darhol rad etişga şoşildi. Bu esa diplomatik maydonda tomonlar hali yakuniy töxtamga kelmagani va parda ortida savdolaşuv ketayotganini anglatadi.
Ayni paytda AQŞ Prezidenti Donald Tramp mojaroning iqtisodiy oqibatlariga töxtalar ekan, Rossiyadagi vaziyatga keskin va piçing aralaş baho berdi. Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Rossiya tomoniga qaratilgan fikrlarini yozdi.
“Rossiya, afsuski, Ukraina bilan uruş tufayli neftni qayta işlaş sanoati ustidan nazoratni yöqotdi”, deb yozdi u.
Amerika Prezidentining fikriça, Ukrainaning ketma-ket zarbalari natijasida Rossiyadagi köplab neftni qayta işlaş zavodlari portlatilgan va hozirda ularning salmoqli qismi umuman işlamayapti. Tramp öz bayonotida uruşning şafqatsiz statistikasini keltirib, uşbu toqatsiz holatga tezroq nuqta qöyilişi kerakligini yana bir bor aytdi.
“Butun dunyo aziyat çekmoqda. Har oy 25 ming kişi, asosan askarlar halok bölmoqda. Bu bemanilikdan boşqa narsa emas. Qanday şarmandalik!”, deb yozdi Tramp.
Xalqaro ekspertlar va ğarb matbuotining tahlillariga köra, Tramp mamuriyatining uşbu favqulodda taşabbuslari zamirida doimiy va mustahkam tinçlik örnatişdan köra, har ikki tomonni muvaqqat kelişuvlarga majburlaş istagi yotadi. Trampning neft sanoati va yöqotişlar haqidagi bayonoti Moskvaga nisbatan diplomatik bosim ötkaziş, yani “agar muzokaraga ötirmasangiz, iqtisodiyotingiz va infratuzilmangiz yanada açinarli ahvolga tuşadi” degan işorani berişdir. Rossiya tomonining uç tomonlama uçraşuvlarni rad etayotgani va uçraşuvlarni inkor qilayotgani esa Kremlning harbiy harakatlarni töxtatmasdan turib, şartlarni özi belgilaşga urinayotganini körsatadi.
Portlaşlar davom etmoqda
U yoqda Tramp Rossiya va Ukrainani yaraştirib qöyiş haqida önlab fikrlarini aytaveradi, bu yoqda esa ikki mamlakat örtasidagi harbiy-siyosiy nizo yangi, yanada şiddatli va kutilmagan tus olişda davom etaveradi. Ikki tomon ham diplomatik parda ortidagi muzokaralar va balandparvoz gaplarga qaramay, amalda bir-birining energetika, sanoat va hatto fuqarolik infratuzilmalarini töliq falaj qilişga bor kuç-imkoniyatini safarbar etgan.
Hafta davomida sodir bölgan voqealar vaziyat qançalik qaltis ekanini yaqqol körsatdi. 24 sentyabr kuni tunda Ukraina Rossiya hududlariga yirik dron hujumini amalga oşirdi. “Reuters” bergan malumotlarga köra, Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuçlari tun davomida jami 592 ta dronni yöq qilganini elon qildi. Biroq uşbu “muvaffaqiyatli aksil-zarbalar”ga qaramay, moddiy va obektiv zararlar kölami ança katta. Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar hudud ustida 50 ga yaqin dron urib tuşirilganini aytsa-da, hujum natijasida Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodi jiddiy şikastlanib, öz faoliyatini vaqtinça töxtatişga majbur böldi. Samara viloyatida esa Moskva – Tolyatti yönalişida ketayotgan yölovçi poyezdining elektrovozi hamda birinçi vagoni taşqi tasir oqibatida zarar körib, harakat töxtatildi va maşinist jarohatlandi. Bundan taşqari, Belgorod, Perm, Ulyanovsk va Voronej viloyatlarida ham dronlar urib tuşirilgani, turli sanoat obektlari hamda elektronika zavodlariga zarar yetib, tinç aholi orasida halok bölganlar va yaradorlar borligi xabar qilindi. Voronej gubernatori Aleksandr Gusev viloyat va unga tutaş 6 ta tuman osmonida 88 ta dron yöq qilinganini bildirdi.
Bunday yirik zarbalarga javoban Moskva ham şafqatsiz taktikani davom ettirmoqda. Rossiya Qurolli kuçlari Kiyev, Zaporoje va Xarkov yönalişlarida raketa hamda reaktiv dvigatelli uçuvçisiz apparatlar orqali zarbalarni köpaytirdi. Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning malum qilişiça, poytaxt böylab uyuştirilgan sönggi hujumlar oqibatida jami 5 kişi halok böldi, 31 kişi jarohatlandi. Solomyanskiy tumanidagi ofis binosi, tibbiyot muassasalari va DataGroup provayderining malumotlar markaziga zarar yetgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiya dronlari hatto maşhur “McDonaldʼs” tarmoğiga tegişli omborxonaga ham zarba berganini takidladi.
“Jangovar dron – oddiy oziq-ovqat mahsulotlariga qarşi. Rossiya eskalatsiyani muntazam kengaytirmoqda: Amerika va boşqa mamlakatlarning bizneslari, malumotlar markazi, internet provayderlari – kundalik hayotning özi Rossiya uçun nişonga aylandi”, deya bayonot berdi u.
Sanoat va iqtisodiy jabhada ham ahvol nihoyatda oğir. Joriy yilning sentyabr oyida Ukraina metallurgiya sanoatida sönggi 100 yil içida ilk bor mutlaq antirekord qayd etildi – mamlakat korxonalari bir tonna ham pölat eritmadi. Kiyevdagi Iqtisodiy barqarorlik forumida “Metinvest” xoldingi boş direktori apparati rahbari Aleksandr Vodoviz uşbu fojiali nol körsatkiçni elon qilar ekan, bunga Rossiyaning “Zaporojstal” kabi asosiy metallurgiya va energetika infratuzilmalariga bergan raketa zarbalari sabab bölganini aytdi. Vodoviz hukumat taklif etayotgan arzimagan 2–5 million grivnalik yordamni keskin tanqid qilib, bitta sanoat peçining qiymati 500 million dollar turişi va uni işga tuşirişning özigayoq 50 million dollar kerakligini eslatdi. Bir söz bilan aytganda, mamlakat eksportining asosiy ustuni bölgan metallurgiya butunlay falajlangan.
Jang maydonidagi uşbu mantiqsizliklar va vayronagarçiliklar fonida Kiyev kadrlar siyosatida kutilmagan va bir qaraşda ğalati qarorlarni qabul qilmoqda. 2015 yilda “Hazilkaşni kuldiring” şousida ğolib çiqqan va ilgari “Mamaxoxotala” yumoristik studiyasi aktyori bölgan qiziqçi Aleksey Reva Ukraina Mudofaa vazirining raqamli transformatsiyalar va raqamlaştiriş böyiça örinbosari etib tayinlandi. Vazir örinbosari lavozimini egallagan sobiq şoumen endilikda butun armiyadagi raqamli tizimlar va harbiy hisob dasturiy taminotlari uçun masul böladi. Armiya taqdirini qiziqçi qöliga topşiriş kabi uşbu qadam xalqaro kuzatuvçilar va siyosiy tahlilçilar orasida istehzoli munosabatlarga sabab bölmoqda. Ammo unutmaslik kerakki, Zelenskiy ham prezident bölguniga qadar bizning tilda aytganda – QVZçi bölgan.
Harbiy frontdan taşqari, diplomatik va maxfiy parda orti öyinlari ham qizğin tus olgan. BMT Boş assambleyasi doirasida Britaniya Boş vaziri Endi Bernem bilan uçraşgan Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalida Rossiyaning kutilmagan sovğasi haqida yozdi.
“Hozir Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka malumotlari bor. Jang maydonidagi vaziyat Putin uçun muvaffaqiyatli emas. U ğalaba qozonayotgani yöq, bu haqiqat. Ammo u mağlub ham bölayotgani yöq, çunki uning uçun insonlarning halok bölişi mağlubiyat hisoblanmaydi”, deya takidladi u.
Rossiya rahbariyati öz şaxsiy xavfsizligini taminlaşni yangi bosqiçga olib çiqmoqda. “BBC” naşrining aniqlaşiça, Soçida Vladimir Putinning ilgari buzib taşlangan “Boçarov ruçey” qarorgohi örnida FXX nazorati ostida yangi va ança ulkan kompleks qurilişi yakunlanmoqda. 2024 yilda dronlar hujumi xavfi sababli buzilgan qarorgoh örnida 2026 yil kuziga kelib yangi binolar qad rostladi. Arkadiy Rotenberg bilan boğlanadigan pudratçilar tomonidan qurilayotgan uşbu majlislar va qarorgoh obekti atrofida FXX 3 kvadrat kilometrdan ortiq maxsus qöriqlanadigan hudud barpo etmoqda. Ukraina dronlari Moskva osmonida bemalol uçgan holatlarga ham guvoh böldik. Şundan kelib çiqsak, bu imorat bejizga qurilmadi.
Qozoğistondagi fojia
Qozoğistonning Manğistau viloyatida röy bergan dahşatli fojia hafta davomida dunyo mediasida eng köp muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. 24 sentyabr kuni Qozoğiston Harbiy-dengiz kuçlarining harbiy xizmatçilari rejalaştirilgan öquv-janggovar topşiriqni bajarişayotgan paytda kuçli şamol kuzatilgan va tölqinlar kötarilgan. Oqibatda dengiz suvi va dovul harbiy xizmatçilarni oqizib ketgan.
Rasmiy malumotlardagi dastlabki çalkaşliklar ham etiborni tortmay qolmaydi. Mudofaa vazirligi dastlab 19 nafar harbiy xizmatçi dengizga oqib ketgani va ulardan 9 nafari halok bölganini malum qilgan bölsa, keyinçalik Manğistau viloyati hokimligi suvga oqib ketganlar soni 17 nafar ekanini bildirdi. Biroq raqamlar qanday özgarmasin, fojia kölami kamaygani yöq. Askarlardan 14 nafari halok böldi va atigi 3 kişi qutqarib qolingani malum qilindi.
Hodisa ortidan Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev halok bölgan harbiy xizmatçilarning oilalariga va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirdi hamda fojianing kelib çiqiş sabablarini har taraflama sinçiklab tergov qiliş böyiça topşiriq berdi. Holat yuzasidan zudlik bilan jinoyat işi qözğatildi.
Uşbu fojia sababli Oqtau şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan barça tantanali va bayram tadbirlari zudlik bilan bekor qilindi. Qozoğiston Prezidentining tegişli farmoyişiga muvofiq, 25 sentyabr kuni butun mamlakat böylab umummilliy motam kuni deb elon qilindi. Mamlakat böyiça davlat bayroqlari tuşirilib, köngiloçar körsatuvlar töxtatildi.
Qöşni davlatdagi uşbu oğir yöqotişga Özbekiston ham befarq qolmadi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizida harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan Qosim-Jomart Töqayevga va birodar Qozoğiston xalqiga çuqur hamdardlik yölladi hamda qurbon bölganlarning oila azolariga sabr-toqat dildoşligini bildirdi.
Tergov harakatlari esa uzoq kuttirmadi. 25 sentyabr kuni Qozoğiston Içki işlar vazirligi tarqatgan rasmiy axborotda aytilişiça, fojia ortidan Mudofaa vazirligining 5 nafar yuqori martabali va masul mansabdor şaxsi qölga olingan.
“Xizmatga sovuqqonlik bilan qaraş va kemani boşqariş qoidalarini buziş, oğir oqibatlarga olib keliş bilan boğliq jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda gumonlanib, Qozoğiston Respublikasi Qurolli kuçlarining oliy va katta qömondonlik tarkibidagi masul mansabdor şaxslari uşlandi”, deyiladi IIV xabarida.
Qölga olinganlar orasida Harbiy-deniz kuçlari boş qömondonining birinçi örinbosari, ikki nafar harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari rotasi hamda kater komandirlari bor. Ularning barçasi gumonlanuvçi tariqasida Oqtau şahar politsiya boşqarmasining vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirildi.