Soxta hujjat bilan 428 mln söm kredit olganlar uşlandi
Farğona viloyatining Quva tumanida beş kişi soxta hujjatlar asosida bankdan 428,8 mln söm kredit olgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Quva tuman bölimi tomonidan tadbirkorlik subektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda uşbu holat aniqlangan.
Tekşiruv davomida beş fuqaro özaro til biriktirib, amalda heç qayerda rasman işlamagan bölsa-da, özlarini Milliy gvardiyaga qaraşli harbiy qism xizmatçilari sifatida körsatgani malum bölgan.
Ular soxta mehnat şartnomalari hamda iş haqi olganliklari töğrisidagi malumotnomalarni tayyorlab, tijorat bankining Quva tuman filialiga taqdim etgan. Şundan söng mazkur hujjatlar asosida jami 428,8 mln söm kredit mablağini olgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Oqqörğon tumani prokurori yordamçisi fuqarodan 600 mln sömlik imtiyozli kredit olib beriş va avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qiliş evaziga 12 ming dollar talab qilgani haqida xabar berilgan edi.