USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Boğçadagi fojia: 3 yaşar bolaning zaharlanişi böyiça jinoyat işi qözğatildi

199 марта
Боғчадаги фожиа: 3 яшар боланинг заҳарланиши бўйича жиноят иши қўзғатилди

Avvalroq, Toşkent viloyatining Ohangaron şahridagi 6-sonli davlat maktabgaça talim taşkilotida 3 yaşar tarbiyalanuvçi haşarotlarga qarşi kimyoviy vositani bilmasdan içib qöyib, vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Aniqlanişiça, joriy yilning 28 avgust kuni Ohangaron şahridagi davlat maktabgaça talim taşkiloti tarbiyalanuvçisi (16.07.2023 yilda tuğilgan öğil bola) uşbu taşkilotning oşxonasida turgan xaşoratlarga qarşi dori vositasini istemol qilib zaharlangan. Şahar Tibbiyot birlaşmasida körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2026 yil 30 avgust kuni vafot etgan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işi doirasida 1 nafar şaxs gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.

“Tergov harakatlari har tomonlama, töliq va xolisona ötkazilib, har bir aniqlangan holatga qonunçilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi. Tergov natijalari haqida qonunçilikda belgilangan tartibda malum qilinadi”, deyiladi xabarda.

Namangandagi boğçada fojia

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yaşar qizni zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi.  Namangandagi 5 yaşar qizaloq bilan boğliq fojia ortidan uning oilasi boşqa şaharga köçirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari körsatilişi ham malum qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: