Qibrayda uyining yertölasida “marixuana” saqlagan şaxs uşlandi
Toşkent viloyatining Qibray tumanida fuqaroning xonadonidan 1 kilogramm “marixuana” giyohvandlik vositasi topildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Mirzo Uluğbek tumani IIO FMB tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida Qibray tumanida yaşovçi fuqaroning xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Uyning yertölasidan şişa idişlarga joylangan 1 kilogramm “marixuana” topilib, aşyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona va Namangan viloyatlarida jami 2,6 kg narkotik modda saqlagan va sotişga uringan bir neçta şaxslar qölga olingani haqida xabar berilgan edi.