Marğilonda 36 yoşli erkak 9,5 kg “marixuana” bilan uşlandi
Farğona şahrida yaşovçi 36 yoşli şaxsning qöşimça xöjaligidan 9 kg 520 gramm “marixuana” topildi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 27 sentyabr kuni Farğona viloyati IIB hamda Marğilon şahar IIB tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarşi tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida Farğona şahrining Xöjamağiz mahallasida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan şaxsga tegişli qöşimça xöjalik xolislar iştirokida közdan keçirilgan.
Tekşiruv vaqtida u yerda sof oğirligi 9 kg 520 gramm bölgan “marixuana” saqlanayotgani aniqlangan. Giyohvandlik moddasi belgilangan tartibda aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Bildirilişiça mazkur holat yuzasidan uşbu şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 41 kilodan ortiq “opiy”ga öxşaş modda aniqlanib, uni olib ketişga kelgan bir neça şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.