Kogonda oyoq kiyimiga gaşiş yaşirgan erkak uşlandi
Buxoro viloyatining Kogon şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaroning oyoq kiyimi içidan 12,78 gramm “gaşiş” giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Kogon şahar içki işlar bölimi tezkor vakillari hamda Transportda xavfsizlikni taminlaş boşqarmasi Jinoyat qidiruv bölimi xodimlari hamkorligida maxsus tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida Farğona viloyati Quvasoy şahri Hamdöstlik mahallasida yaşovçi, 1974 yilda tuğilgan fuqaro töxtatilib, uning ust-boşi xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Şunda uning oyoq kiyimi içiga yaşirilgan, öziga xos ötkir hidli va yumşoq holatdagi şubhali modda topilgan.
Ekspertiza xulosasiga köra, uşbu modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bölgan, sof oğirligi 12,78 grammga teng gaşiş giyohvandlik moddasi ekani tasdiqlangan.
Şundan söng giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişiga çek qöyiş maqsadida tezkor tadbir davom ettirilgan. Olib borilgan suriştiruv va tezkor harakatlar natijasida Farğona şahri Dörmon köçasi, 61-uyda yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan fuqaro ham qölga olingan. U 40 gramm miqdoridagi gaşiş moddasini 5 mln sömga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan jinoyat ustida uşlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida katta miqdordagi gaşiş giyohvandlik moddasining noqonuniy muomalaga kiritilişiga çek qöyilgandi.