USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan özbekistonlik Gruziyada uşlandi

90 марта
Фирибгарликда айбланиб, халқаро қидирувга берилган ўзбекистонлик Грузияда ушланди

Firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Gruziyada uşlandi va Özbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Interpol yönalişi böyiça samarali hamkorlik natijasida respublika huquqni muhofaza qiluvçi organlari taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)ning 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda xalqaro qidiruvda bölgan fuqaro Özbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinişi taminlangan.

Tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkaziş davomida qidiruvda bölgan şaxsning Gruziya hududida ekanligi aniqlangan. Özbekiston va Gruziya Interpol Milliy markaziy byurolari örtasida yölga qöyilgan hamkorlik aloqalari tufayli mazkur iş böyiça keyingi barça bosqiçlarda zarur axborot va taşkiliy kömak taminlangan.

Jumladan, Özbekiston va Gruziya tomonlarining muvofiqlaştirilgan harakatlari natijasida mazkur şaxs Gruziyaning vakolatli organlari tomonidan uşlangan. Keyinçalik Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining ekstraditsiya töğrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilib, qonunçilikda nazarda tutilgan tartib-taomillar yakunlanganidan söng jinoyatçini mamlakatga topşiriş töğrisida qaror qabul qilingan.

Bildirilişiça, Interpol milliy markaziy byurolari xodimlarining bevosita iştirokida qidiruvdagi şaxs Gruziyadan ekstraditsiya qilinib, qonunçilikka muvofiq keyingi protsessual harakatlarni amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasiga olib kelingan.

Malum qilinişiça, mazkur ekstraditsiya odil sudlovdan yaşirinib yurgan şaxslarning turgan joyini aniqlaş, ularni uşlaş va mamlakatga qaytarilişini taminlaşga qaratilgan izçil va muvofiqlaştirilgan işlar, şuningdek, Interpolning Özbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi va uning xorijiy hamkorlari örtasida xalqaro uçraşuvlar doirasida olib borilgan muzokaralar hamda erişilgan kelişuvlarning navbatdagi natijasi bölgan.

“Interpolning Özbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvçi organlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş hamda xalqaro qidiruvdagi şaxslarni qidiriş, uşlaş va ekstraditsiya qiliş borasida samarali özaro hamkorlikni taminlaş böyiça işlarni davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq odam savdosida gumonlanib, xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Turkiyada qölga olingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: