Buxoroda narkolaboratoriya taşkil qilganlar 10,8 kg “spays” bilan uşlandi
Buxoro şahrida ikki fuqaro köp qavatli uydagi xonadonda narkolaboratoriya taşkil qilib, sintetik giyohvandlik moddasi tayyorlaş va sotiş bilan şuğullangani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qömitasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Buxoro şahrida faoliyat yuritgan narkolaboratoriya foş etilgan.
Aniqlanişiça, internet narkodökonda “omborçi” va “kimyogar” bölib işlovçi, Jondor tumanilik 27 va 29 yoşli 2 nafar fuqaro viloyat markazidagi köp qavatli uylardan biridagi xonadonda narkolaboratoriya taşkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlaş hamda sotiş bilan şuğullanişgan.
Xolislar iştirokida közdan keçiriş jarayonida uşbu manzildan umumiy oğirligi 6 kg 650 gr bölgan “spays” sintetik narkotik moddasi, SIM-kartalar, respiratorlar, qölqoplar, zip paketlar, elektron tarozi va köp miqdordagi tamaki mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ular tomonidan Kogon tumanidagi xufiyona joylarga kiçik bölaklarda yaşirib qöyilgan jami 4 kg 200 gr “spays” moddasi ham protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Bildirilişiça, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş), 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) va 276-1-moddasi ( Ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çirçiq şahrida ijaraga olingan xonadonda giyohvandlik vositalarini tayyorlaş va sotiş bilan şuğullangan 4 nafar şaxs uşlangan edi.