Urganç şahrida katta daraxt yiqilib, Tracker’ga şikast yetkazdi
20-06-2025, 17:09
1 222 марта
Urganç şahrida katta daraxt yiqilib, Tracker’ga şikast yetkazdiBugun, 20 iyun kuni Urganç şahrining Maskovskiy köçasida noxuş holat yuz berdi — yirik daraxt tagi çirigani tufayli yengil transport vositasi ustiga quladi.
Hodisa şahar aholisi tomonidan soat 16:30 lar atrofida kuzatilgan. Guvohlar sözlariga köra, köçadagi köp yillik katta daraxt muvozanatini yöqotib, yöl yoqasida töxtab turgan Tracker rusumli avtomaşina ustiga yiqilgan. Hodisa natijasida odamlarga şikast yetmagani malum qilindi. Biroq avtomaşina sezilarli darajada şikastlangan.
Mahalliy fuqarolarning aytişiça, bu kabi daraxtlar köçada köp bölib, ayrimlari çirib ketgan. Lekin ularning vaqtida kesilmasligi ana şunday xavfli holatlarga sabab bölmoqda.
— “Bu daraxt allaqaçon qotib qolgan edi. Har kuni şu yöldan ötamiz, xavotirdamiz. Bolalar ham şu yerda öynaydi. Omadimiz bor ekan, heç kim jarohatlanmadi”, — deydi mahalliy yoşlardan biri.

Hozirda tegişli xizmatlar voqea joyida bölib, daraxtni olib taşlaş va yölni tozalaş işlarini amalga oşirmoqda. Şahar hokimiyati hamda ekologiya xizmati xodimlariga bu holat yuzasidan murojaat qilingan.