USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Men köçaman”. Haydovçini haqorat qilgan YPX xodimi işdan olindi

143 марта
“Мен кўчаман”. Ҳайдовчини ҳақорат қилган ЙПХ ходими ишдан олинди

Toşkent şahrida haydovçiga “Men köçaman”, deya munosabatda bölgan va uni haqorat qilgan yöl-patrul xizmati inspektori, kiçik serjant Raimov egallab turgan lavozimidan çetlatilib, unga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlandi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar  qildi. 

Qayd etilişiça, joriy yilning 8 noyabr kuni soat 20:20 larda haydovçi poytaxtning Şahrisabz köçasida harakat töğriga yöl belgisiga amal qilmasdan çapga qayrilişni amalga oşirgani uçun yöl-patrul xizmati xodimi tomonidan töxtatilgan. 

Özaro muloqot vaqtida yuzaga kelgan tortişuvda ikkinçi safarbarlik guruhi yöl-patrul xizmati inspektori, kiçik serjant Raimov odob-axloq qoidalariga zid ravişda fuqaroni haqorat qilgan.

Hozirda Toşkent şahar yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan xizmat tekşiruvi tayinlanib, Raimov egallab turgan lavozimidan çetlatilgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilgan fuqaro 8 sutkaga qamalgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: