USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qarşida Telegram orqali ekstremizmga çorlagan guruh foş etildi

26 марта
Қаршида Telegram орқали экстремизмга чорлаган гуруҳ фош этилди

Qarşi şahrida yaşovçi 20 yoşli fuqaro Telegram messenjerida 13 kişidan iborat guruh tuzib, unda ekstremistik ğoyalarni tarğib qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, 2006 yilda tuğilgan fuqaro dastlab ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqimlar yollovçilarining tasiriga tuşgan. Şundan söng, u Telegram messenjerida 1980–2007 yillar oraliğida tuğilgan 13 nafar azodan iborat virtual guruh taşkil etgan.

Guruhda radikal ğoyalar tarğib qilingan, şuningdek, “jihod” va “şahidlik”ka çorlovçi materiallar tarqatilgan.

Bildirilişiça, mazkur holat respublika miqyosida ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda içki işlar organlari xodimlari tomonidan aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan qonuniy çora köriş tadbirlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Oliy sudi internet jahon tarmoğidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan deb topilgan hamda Özbekiston Respublikasining hududiga olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etilişi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) röyxatini elon qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: