USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xodimlariga daraxt ektirgan mansabdor 22 mln söm jarimaga tortildi

156 марта
Ходимларига дарахт эктирган мансабдор 22 млн сўм жаримага тортилди

Surxondaryo viloyati Turizm boşqarmasi boşliği xodimlariga daraxt ektirgani uçun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspektsiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Davlat mehnat inspektsiyasiga Surxondaryo viloyati Turizm boşqarmasi xodimidan iş beruvçi tomonidan majburiy mehnatga jalb etilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tuşgan.

Örganişlar natijasida Surxondaryo viloyati Turizm boşqarmasi boşliği tomonidan boşqarma xodimlarini xizmat vazifalariga kirmaydigan daraxt ekiş işlariga majburiy tarzda jalb qiliş, şuningdek, ulardan majburiy ravişda pul mablağlari yiğiş holatlari öz tasdiğini topgan.

Mazkur harakatlar Mehnat kodeksining 5-moddasi (mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlaş printsipi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-son qarori talablariga zid deb topilgan.

Aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan mansabdor şaxsga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 51-moddasi asosan bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qöllanilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagoglarini xizmat vazifasiga kirmaydigan işlarga jalb qilgan mansabdor şaxs mamuriy javobgarlikka tortilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: