USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Buxoroda maktab öquvçilari majburiy mehnatga jalb qilindimi?

60 марта
Бухорода мактаб ўқувчилари мажбурий меҳнатга жалб қилиндими?

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahridagi 42-sonli umumtalim maktabi öquvçilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Talim va ilm-fan boşqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Malum qilinişiça, 1958 yilda qurilgan maktab 800 öringa möljallangan bölsa-da, hozirda bu yerda 1 329 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Öquvçilar uçun qöşimça şaroit yaratiş maqsadida maktab hududida 540 örinli yangi bino quriş rejalaştirilgan. Hozirda uning smeta-loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.

Şu bilan birga, mavjud maktab binosining texnik holati yomonlaşgan. Xususan, musiqa zali joylaşgan uçinçi qavat tomining bir qismi qulab tuşgan. Boşqa xonalarning tom qismida ham çökiş va konstruktiv deformatsiyalar aniqlangan.

Buxoro viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspektsiyasining joriy yilning 9 noyabrdagi xatida maktab binolari foydalanişga yaroqsiz deb topilgan va ulardan foydalanişni taqiqlaş tavsiya etilgan.

Şu sababli, öquvçilar va pedagoglar xavfsizligini taminlaş maqsadida talim jarayoni 44-sonli maktab hamda Buxoro yuridik kollejining böş turgan binolarida davom ettirilişi rejalaştirilgan.

Boşqarma malumotiga köra, 42-sonli maktab hududida tamirlaş işlari olib borilmayapti. Hozirda öquvçilar va pedagoglarni yangi binolarga köçiriş, şuningdek, zarur jihozlar hamda öquv vositalarini taşiş işlari amalga oşirilmoqda.

Uşbu işlar keça, 15 noyabr kuni maktab texnik xodimlari va ixtiyoriy ravişda yordam berayotgan ota-onalar iştirokida taşkil etilgan. Boşqarma öquvçilar jarayonda qatnaşmayotgani va heç qanday mehnat işlariga jalb qilinmaganini bildirgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda keltirilganidek, öquvçilarning dars vaqtida tamirlaş işlariga jalb etilişi holati mavjud emas”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida bolalar devor tozalaş işlariga jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: