Andijonda “elektroset” xodimlari 2 ming dollar pora bilan qölga tuşdi
Andijon viloyatida elektr hisoblagiçga taşqi tasir körsatilgani sababli 400 mln söm zarar hisoblangan fuqaroga uni 65 mln sömga tuşirib berişni vada qilgan ikki nafar elektr taminoti korxonasi xodimi 2 ming dollar pora olayotgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Malum qilinişiça, tezkor tadbir departamentning Andijon viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan.
Unda Andijon tumani elektr taminoti korxonasi (ETK) Qöyganyor bölimi boşliği örinbosari Z.S. va bölim muhandisi X.T. özaro til biriktirgani aniqlangan.
Ular fuqaro M.Q.ga “Nohatak” mahallasidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida elektr hisoblagiçga taşqi tasir körsatilgani yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan 400 mln söm zarar hisoblanganini bildirgan. Keyin esa 2 ming AQŞ dollari evaziga uşbu summani 65 mln sömga kamaytirib berişni vada qilgan. ETK xodimlari kelişilgan pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida fuqaroning xonadoniga gaz hisoblagiç örnatib beriş va hisob raqami oçişni vada qilib, undan 8 million söm talab qilgan ikki kişi uşlangani haqida xabar berilgan edi.