Ziroat Mirziyoyeva Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yoş ğori” tarixiy majmuasiga bordi
Keça, 24 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya malikasi Maryam Ğoziy hamrohligida Ammon şahri yaqinida joylaşgan “Uyqudagi yetti yoş ğori” (Aşobul Kahf) tarixiy-diniy majmuasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilişiça, mazkur majmua diniy taqiblardan qoçib, ğorga yaşiringan va rivoyatlarga köra, bir neça asr davomida uyquda bölgan yigitlar haqidagi qadimiy rivoyat bilan boğliq.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Şuningdek, “Uyqudagi yetti yoş ğori” Iordaniyada eng ezozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom manaviy merosida alohida örin tutadi. Uşbu maskan dunyoning turli mamlakatlaridan ziyoratçilar va sayyohlarni jalb qilib keladi.
.jpg)
.jpg)
Eslatib ötamiz, keça, 24 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida mamlakat Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya qiroliçasi Raniya al-Abdulloh bilan birgalikda Ammon şahridagi Jordan River Designs hunarmandçilik şourumiga taşrif buyurgan edi.