Namanganda oğufuruşlar 2 kg 214 gr narkotik bilan qölga tuşdi
Namangan viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan şuğullangan tört nafar şaxs uşlandi. Ulardan jami 2 kg 214 gramm “gaşiş” moddasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, DXX va IIV tomonidan Namangan viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbirlar ötkazilgan. Unda Namangan şahrida istiqomat qiluvçi, 1975 y.t. şaxs 341 gr “gaşiş” moddasini 6 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yaşaş xonadonida ötkazilgan közdan keçiriş jarayonida yana 1 kg 473 gr “gaşiş” borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Bundan taşqari, Namangan tumani hududida harakatlanayotgan Gentra rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, xolislar iştirokida tekşirilgan. Natijada avtomaşina haydovçisi – Namangan şahrida yaşovçi, 1992 y.t. şaxs hamda uning 1992 va 1988 yillarda tuğilgan ikki nafar şerigidan jami 400 gr “gaşiş” moddasi olingan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan uşbu fuqarolarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon va Surxondaryoda giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangan şaxslar qölga olingan edi. Ulardan jami 7 kg 499 gramm “gaşiş” moddasi hamda 1 948 dona Regapen dori vositasi musodara qilingan.