Attraktsionlar xavfsizligi ustidan nazorat kuçaytiriladi
Özbekistonda attraktsionlar xavfsizligini taminlaş, baxtsiz hodisalarning oldini oliş va ulardan foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 25 noyabrdagi “Attraktsionlar bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning profilaktikasini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 645-son qarorida belgilangan.
Hujjatga muvofiq, attraktsionlardan foydalanişda fuqarolarning hayoti va soğliğini muhofaza qiliş, ularning işonçli işlaşini taminlaş hamda baxtsiz hodisalarning oldini oliş çoralari belgilangan. Jumladan, attraktsion operatorlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş tizimi joriy etiladi. Bu fuqarolarning hayoti va soğliğiga yetkazilgan zararni qoplaşning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda majburiy suğurta tartibini işlab çiqib, hukumatga kiritadi.
Şuningdek, attraktsionlarni import qiliş, röyxatga oliş, ulardan foydalanişga ruxsat beriş, texnik holati va xavfsizlik talablariga muvofiqligini nazorat qiliş jarayonlari töliq raqamlaştiriladi.
Attraktsionlar majburiy texnik körikdan ötkaziladi
Hujjatda attraktsionlarni hukumat qarori bilan belgilanadigan muddatlarda davriy texnik körikdan ötkaziş tizimini yölga qöyiş nazarda tutilgan. Bunday körikdan ötiş attraktsiondan foydalanişga ruxsat olişning majburiy talabi hisoblanadi. Davriy texnik körikdan ötkazilmagan attraktsionlardan foydalaniş ruxsat beriş talablari va şartlarini bir marta qöpol ravişda buziş deb topiladi.
Istirohat boğlari va boşqa köngiloçar maskanlar mamuriyati öz hududida faqat tegişli ruxsatnomaga ega bölgan hamda belgilangan tartibda texnik körikdan ötkazilgan attraktsionlardan foydalanişga ruxsat berişi şart.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi uç oy muddatda akkreditatsiya qilingan ixtisoslaşgan taşkilotlar tomonidan attraktsionlarni texnik körikdan ötkaziş tartibini, şuningdek, uşbu taşkilotlar va ularning xodimlariga qöyiladigan talablarni işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Attraktsionlar xavfsizligini baholaş tizimi joriy etiladi
Attraktsionlar xavfsizligi böyiça muvofiqlikni baholaş tizimini yölga qöyiş maqsadida «Sanoat xavfsizligi» davlat muassasasi akkreditatsiyadan ötkaziladi. Bundan taşqari, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi Bojxona qömitasi bilan birgalikda 3 oy muddatda axborot tizimlarini integratsiya qiladi. Natijada Özbekiston hududiga olib kirilayotgan biomexanik xavfning I, II va III darajalariga ega attraktsionlar haqidagi malumotlarni elektron şaklda özaro almaşiş tizimi yölga qöyiladi.
Attraktsion operatorlari maxsus öquv kurslarida öqitiladi
Qarorga köra, attraktsion operatorlarini qisqa muddatli öquv kurslarida tayyorlaş Kasbiy talim agentligi texnikumlarida taşkil etiladi. Öqitiş xarajatlari buyurtmaçi mablağlari hisobidan qoplanadi.
Öquv dasturlari Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi bilan kelişilgan holda Kasbiy talim agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qisqa muddatli öquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovçilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Uşbu sertifikat attraktsiondan foydalaniş uçun ruxsatnoma olişda taqdim etiladi.