Özbekistonliklar 2 oyda 2,5 mln tonnadan ortiq çiqindi çiqardi
Özbekistonda “Tozalik va ozodalik” tadbirlari doirasida hududlardan 2 mln 554 ming tonna qattiq maişiy çiqindi olib çiqib ketildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 1 oktyabrdan boşlab respublika böylab ikki oy davomida tozalik tadbirlari ötkazilgan. Bu jarayonlarni muvofiqlaştiriş maqsadida agentlikda respublika işçi ştabi taşkil etilgan.
Tadbirlar doirasida 102 ta sanitariya tozalaş korxonasi jalb qilindi. 9 300 ta mahalla fuqarolar yiğini hududi tozalangan. Işlarga 9 500 nafardan ortiq xodim va 3 200 dan ziyod maxsus texnika safarbar etilgan. Natijada hududlardan jami 2 mln 554 ming tonna qattiq maişiy çiqindi olib çiqib ketilgan.
Agentlik qayd etişiça, bunday tadbirlar atrof-muhitni toza saqlaş va hududlardagi ekologik vaziyatni yaxşilaşga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda maişiy çiqindilar bilan boğliq xizmatlar tariflarini 33,3 foizga oşiriş taklif etilayotgani haqida xabar berilgan edi.