Endi ayrim xodimlar SMS orqali işdan böşatiladi
Mehnat kodeksiga masofadan işlovçi xodimlar bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş tartibini takomillaştirişga qaratilgan özgartirişlar kiritiş taklif etilmoqda. Buni nazarda tutuvçi “Masofadan işlovçi xodimlar bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qonun loyihasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihaga köra, masofadan işlovçi xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan taqdirda, iş beruvçi tegişli buyruq nusxasini xodimga yetkazişi şart böladi. Buning uçun hujjat qoğoz şaklida buyurtma xat orqali yoki elektron tarzda yuborilişi mumkin.
Elektron xabarnoma “Yagona milliy mehnat tizimi” dagi şaxsiy kabinet, xodim nomiga rasmiylaştirilgan telefon raqami, elektron poçta yoxud mehnat şartnomasida kelişilgan boşqa internet dasturlari orqali yuborilişi nazarda tutilmoqda. Bunda xabarnomada mehnat şartnomasi bekor qilingan sana va bunga asos bölgan sabablar ham körsatilişi kerak.
Şuningdek, xodimni işga tiklaş yuzasidan sudga murojaat qilişi uçun belgilangan uç oylik muddatni hisoblaş tartibiga ham özgartiriş kiritiş taklif etilmoqda. Uşbu muddat buyruq nusxasi topşirilgan yoki yuborilgan yoxud SMS-xabarnoma kelgan kundan boşlab hisoblanadi.
Bundan taşqari, iş beruvçi ogohlantiriş muddatini pul kompensatsiyasi bilan almaştirgan hollarda, kasaba uyuşmasi va mahalliy mehnat organlariga tegişli malumotlarni kompensatsiya tölaş haqidagi buyruq rasmiylaştirilişidan avval taqdim etişi belgilanmoqda.