Senat safarbarlik tayyorgarligi töğrisidagi qonunni maqulladi
Özbekistonda safarbarlikni elon qiliş, davlat va iqtisodiyotni unga tayyorlaş, şuningdek, mudofaa ehtiyojlari uçun fuqarolar hamda tadbirkorlarning mol-mulkidan foydalaniş tartibi belgilanmoqda. Bu haqda Senatning 21-yalpi majlisida 27 noyabr kuni muhokama qilinib, maqullangan “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida”gi qonunda söz boradi.
Hujjatni taqdim etgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov mamlakat mudofaasi nafaqat harbiy xizmatçilar, balki butun davlat va jamiyatning umumiy vazifasi ekanini takidlagan.
Uning sözlariga köra, favqulodda vaziyat yoki mamlakat xavfsizligiga jiddiy tahdid yuzaga kelganda yonilği, oziq-ovqat, dori vositalari, transport va aloqa vositalariga bölgan ehtiyoj keskin ortadi. Bunday holatlarga oldindan tayyorgarlik körilmasa, qiyinçiliklar nafaqat harbiy sohada, balki aholining kundalik hayotida ham yuzaga kelişi mumkin.
Senat safarbarlik tayyorgarligi töğrisidagi qonunni maqulladi
Özbekistonda safarbarlikni elon qiliş, davlat va iqtisodiyotni unga tayyorlaş, şuningdek, mudofaa ehtiyojlari uçun fuqarolar hamda tadbirkorlarning mol-mulkidan foydalaniş tartibi belgilanmoqda. Bu haqda Senatning 21-yalpi majlisida 27 noyabr kuni muhokama qilinib, maqullangan “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida”gi qonunda söz boradi. https://senat.uz/oz/plenary-sessions/post-6485
Hujjatni taqdim etgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov mamlakat mudofaasi nafaqat harbiy xizmatçilar, balki butun davlat va jamiyatning umumiy vazifasi ekanini takidlagan.
Uning sözlariga köra, favqulodda vaziyat yoki mamlakat xavfsizligiga jiddiy tahdid yuzaga kelganda yonilği, oziq-ovqat, dori vositalari, transport va aloqa vositalariga bölgan ehtiyoj keskin ortadi. Bunday holatlarga oldindan tayyorgarlik körilmasa, qiyinçiliklar nafaqat harbiy sohada, balki aholining kundalik hayotida ham yuzaga kelişi mumkin.
“Agar bunday vaziyatda oldindan tayyorgarlik körilmagan bölsa, bu nafaqat harbiy sohada, balki aholining kundalik hayotida ham jiddiy qiyinçiliklarga olib kelişi mumkin. Şu bois mamlakat mudofaasiga tayyorgarlik tahdid yuzaga kelganidan keyin emas, balki tinçlik davrida boşlanişi kerak”, deydi Burhonov.
Qonunning asosiy yangiligi safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik sohasidagi munosabatlarni yagona hujjat bilan tartibga soliş, şuningdek, davlat organlari, taşkilotlar va fuqarolarning vakolat hamda majburiyatlarini aniq belgilaşdan iborat. Hujjatni işlab çiqiş vazifasi 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham nazarda tutilgan edi.
Safarbarlik qaysi holatlarda elon qilinadi?
Qonunga muvofiq, Özbekistonga hujum qilingan yoki xalqaro şartnoma majburiyatlarini bajariş zarurati yuzaga kelgan taqdirda umumiy yoki qisman safarbarlik elon qilinişi mumkin. Umumiy safarbarlik mamlakatning butun hududini qamrab oladi. Qisman safarbarlik esa ayrim hududlar yoki tegişli tizimlarga nisbatan joriy etiladi. Safarbarlik Özbekiston Prezidentining farmoni bilan elon qilinadi. Farmon zudlik bilan ommaviy axborot vositalarida elon qilinişi va uç sutka içida Oliy Majlis palatalari tasdiğiga kiritilişi şart. Qonun bilan parlament palatalari uşbu masalani 72 soatdan keçiktirmay körib çiqişi belgilanmoqda.
“Uşbu normalar safarbarlikni ötkazişda aniqlik, tezkorlik va qonuniylikni taminlaş nuqtai nazaridan muhimdir”, deydi qömita raisi.
Iqtisodiyot va davlat organlari ham oldindan tayyorgarlik köradi
Qutbiddin Burhonov safarbarlik tayyorgarligi faqat fuqarolarni harbiy xizmatga çaqirişga tayyorlaş bilan çeklanmasligini takidladi. Uning tuşuntirişiça, davlat boşqaruvi, iqtisodiyot, transport, aloqa, soğliqni saqlaş va aholining kundalik ehtiyojlarini taminlovçi tizimlar ham zarur vaziyatlarda işlaşga tayyor bölişi kerak.
“Bu davlat boşqaruvi, iqtisodiyot, transport, aloqa, soğliqni saqlaş va aholining kundalik hayotini taminlovçi tizimlarni zarur vaziyatlarda işlaşga oldindan tayyorlaş demakdir”, deya tuşuntirgan u.
Masalan, muayyan mahsulotni işlab çiqariş yoki yetkazib beriş böyiça safarbarlik topşiriği yuklatilgan korxonaning bunday vazifani bajariş imkoniyatlari oldindan hisobga olinişi lozim. Buning uçun zarur uskunalar, xomaşyo va kadrlar mavjudligi tekşiriladi.
Qonunda davlat safarbarlik zaxirasini şakllantiriş, eng muhim mahsulotlar zaxirasini yaratiş, şuningdek, davlat organlari va taşkilotlarining safarbarlik rejalarini işlab çiqiş nazarda tutilgan. Hujjat Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda taşkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi sohasidagi vakolat va majburiyatlarini belgilaydi. Hokimliklar öz hududlarida safarbarlik tadbirlarini taşkil etiş, korxonalar bilan hamkorlik qiliş va zarur resurslarni muvofiqlaştirişda iştirok etadi.
Safarbarlik topşiriqlari yuklatilgan korxona va muassasalar esa ularni bajariş rejalarini işlab çiqişi va zarur tayyorgarlikni tinçlik davridayoq taminlaşi kerak. Bunda taşkilot rahbarlarining şaxsiy javobgarligi belgilanmoqda.
“Yani safarbarlik tayyorgarligi qoğozdagi rejalar bilan çeklanib qolmasdan, amalda bajarilişi şart”, deydi senator.
Uşbu tadbirlarni moliyalaştiriş davlat byudjeti, taşkilotlarning mablağlari va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşirilişi közda tutilgan.
Qonun bir yildan keyin kuçga kiradi
Hujjatning 42-moddasiga muvofiq, qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran 12 oy ötgaç kuçga kiradi. Mudofaa vazirligi vakili malum qilişiça, uşbu davrda qonunni amalga oşiriş uçun 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat, jumladan, Prezident farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarini işlab çiqiş talab etiladi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva qonun “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan “xavfsiz va tinçliksevar davlat” tamoyilini amalga oşirişga qaratilganini takidlagan. Uning sözlariga köra, hujjat mamlakat xavfsizligini taminlaş, murakkab vaziyatlarda aholini himoya qiliş, uning hayotiy muhim ehtiyojlarini qondiriş va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror işlaşini taminlaş uçun huquqiy asoslarni mustahkamlaydi.
Senat raisi yangi qonunning mazmun-mohiyati va amaliy jihatlarini aholiga tuşuntiriş zarurligini ham qayd etgan.
“Safarbarlikka tayyorgarlik – bu uruşni kutiş emas, balki tinçlikni saqlaş, xalq xavfsizligi va mamlakat barqarorligini taminlaş uçun oldindan çoralar körişdir”, deydi Qutbiddin Burhonov.
Senatorlar qonunni maqullagan. Endi hujjat imzolaş uçun Prezidentga yuboriladi.
Şu paytgaça safarbarlikning umumiy masalalari Konstitutsiya, “Mudofaa töğrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi qonunlar hamda boşqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib kelingan.
Özbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasiga köra, uruş holatini, umumiy yoki qisman safarbarlikni elon qiliş va tegişli qarorni uç sutka içida parlament palatalari tasdiğiga kiritiş Prezident vakolatiga kiradi. “Mudofaa töğrisida”gi qonunning 20-moddasida ham uruş holati elon qilinganda yoki favqulodda holat joriy etilganda umumiy yoki qisman safarbarlik elon qiliş imkoniyati nazarda tutilgan.
Uşbu qonunning 17-moddasida esa fuqarolarning uruş davrida özlariga tegişli binolar, inşootlar, transport va aloqa vositalari hamda boşqa mol-mulkni keyinçalik xarajatlar qoplanişi şarti bilan mudofaa ehtiyojlari uçun taqdim etiş majburiyati belgilangan. Yangi qonun esa tinçlik davrida safarbarlikka tayyorgarlik köriş, alohida davrda davlat va aholi ehtiyojlarini taminlaş hamda safarbarlikni amalga oşiriş bilan boğliq munosabatlarni birinçi marta kompleks tarzda tartibga soladi.