Özbekistonda aholining yaşirin qarz yuki ortib bormoqda
29-06-2025, 05:09
598 марта

Özbekistonda aholining yaşirin qarz yuki ortib bormoqda
Kuni keça Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Markaziy bankning 2024 yildagi faoliyati böyiça hisobot tinglandi. Unda Markaziy bank raisi Timur Işmetov sözga çiqib, bir qator masalalar qatorida nasiya savdo bozoriga ham alohida etibor qaratdi.Işmetovning takidlaşiça, 2025 yil 1 yanvar holatiga nasiya savdo bilan şuğullanadigan taşkilotlarning umumiy kredit portfeli 8,5 trillion sömga yetgan. Uşbu portfel tarkibida 26 foizi litsenziyaga ega bölgan ikki mikromoliya taşkilotiga, 7 foizi tijorat banklariga, qolgan 67 foizi esa tadbirkorlik subektlariga töğri keladi.
“Raqamlar kiçik bölganida bu holatga etibor bermasligimiz mumkin edi. Biroq bugungi kunda 8,5 trillion sömlik portfel şakllangani inobatga olinsa, bu körsatkiç kelgusida bir neça barobar ortişi mumkin”, — dedi Işmetov.
Şuningdek, u nasiya savdo şartnomalarida ustama tölovlar yoki real samarali foiz stavkalarining aniq körsatilmasligi aholining ortiqça qarz yukiga olib kelayotganini, natijada mikromoliya taşkilotlari va bank kreditlarining öz vaqtida qaytarilmay, muammoli kreditlarga aylaniş xavfi kuçayayotganini takidladi.
Bugungi kunda tijorat banklari va nobank kredit taşkilotlari tomonidan qarz ajratişda mijozning qarz yuki 50 foizdan oşmasligi böyiça meyor mavjud. Biroq, aholining nasiya savdo orqali olgan köplab qarz majburiyatlari Kredit byurosi bazasida qayd etilmagani tufayli, ularning haqiqiy qarz yuki baholanişdan çetda qolmoqda. Natijada banklar bunday mijozlarga belgilangan meyorlardan ortiq kredit ajratmoqda.
“Nasiya savdo tizimi aholining qarz yuki böyiça mavjud meyorlarga rioya etişga tösqinlik qilmoqda. Şu boisdan biz mazkur bozorni davlat tomonidan tartibga soliş taklifini ilgari surmoqdamiz”, — dedi Markaziy bank raisi.
Şu munosabat bilan Markaziy bank tomonidan nasiya savdo bozorini tartibga solişga oid zarur normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş rejalaştirilmoqda.
Işmetov Markaziy bankning nasiya savdo faoliyatining öziga qarşi emasligini ham alohida takidladi:
“Biz nasiya savdo bozoridagi biznesga mutlaqo qarşi emasmiz. Biroq biz uçun muhim jihat şundaki, nasiya asosida qarz beruvçi taşkilotlar bu malumotlarni majburiy ravişda Kredit byurosiga yetkazsin. Bu orqali banklar aholining real qarz yuki haqida töliq malumotga ega böladi. Şuningdek, nasiya şartnomalarida mahsulotga qöşilgan ustama haqqi oçiq-oydin körsatilişi lozim. Bu kabi talablarni qonunçilikka kiritiş taklifini bermoqdamiz”.