Qamoqda bölgan hokim nomidan 1,2 milliard sömlik qarorlar imzolangan
22-07-2025, 10:23
663 марта
Qamoqda bölgan hokim nomidan 1,2 milliard sömlik qarorlar imzolangan Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani hokimi Mahmud Xolbötayev pora olayotganda qölga olingani haqida avval xabar bergan edik. U 8 iyul kuni 10 ming dollar pora olayotgan paytda DXX xodimlari tomonidan uşlanib, qamoqqa olingan.
Ammo, Xolbötayev hibsda bölgan kunlarda, 8 va 9 iyul sanalarida uning nomidan jami 1,2 milliard sömlik mablağ ajratişga doir 5 ta mahalliy kengaş qarori imzolangan.
“E-qaror” tizimidagi malumotlarga köra, qarorlarning ikkitasi aynan u hibsga olingan 8 iyul kuni, qolgan uçtasi esa 9 iyul kuni rasmiylaştirilgan. Barça qarorlar Xolbötayev nomidan çiqqan.
Mazkur holat yuzasidan Şarof Raşidov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari boşlangan. Jizzax viloyati prokuraturasi bu jarayonni öz nazoratiga olgan.