USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Örmonda yoğoç kesişga işga olamiz deb aldab, uruşga jönatişdi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi

558 марта
“Örmonda yoğoç kesişga işga olamiz deb aldab, uruşga jönatişdi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi 

“Örmonda yoğoç kesişga işga olamiz deb aldab, uruşga jönatişdi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
Ota-onasiga yolğiz öğil bölgan 25 yoşli yigit Rossiya armiyasiga yollanib, Sudja şahri yaqinida harbiy xizmatçilarga oziq-ovqat yetkazib beriş bilan şuğullangan. U bu işni örmon oralab piyoda bajargan. Oyoğidan sovuq ötib, yurolmay qolgan yigit malum muddat davolangaç, Kursk viloyatidagi harbiy lagerdan qoçib, Özbekistonga qaytişga muvaffaq bölgan.
Foto: RIA Novosti

Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan özbekistonlik yigit jinoiy jazoga tortildi.


Kun.uz tanişgan sud hukmida keltirilişiça, 2000 yilda tuğilgan Q.S. 2024 yil 15 oktyabrda işlab pul topiş maqsadida Rossiyaga borgan. Quriliş firmalaridagi işlar maqul kelmagaç, Telegram’dagi “Rostov rabota” guruhidan iş izlab körgan. Örmonda daraxt kesiş bilan boğliq işga taklif berilgan elonni körib, undagi telefon raqamiga qönğiroq qilgan. Bu uning uçun Rossiya armiyasiga yollanişdagi ilk qadam bölgan.


Q.S. iş taklifiga asosan 2024 yil 29 oktyabr kuni Rostov-na-Donu şahriga yetib borgan. Uni kutib olganlar töğri Rossiya armiyasi safida xizmat qiluvçilarni qabul qiliş punktiga olib borişgan. Yigit punktda Rossiya qurolli kuçlari safida xizmat qiliş uçun bir yilga şartnoma imzolagan.



Söngra Q.S. Novoçerkassk şahridagi harbiy qismga borib, harbiy xizmatçilar bilan birga jangovar tayyorgarlikdan ötgan. Şundan söng u “Axmad sila” harbiy polki, “Vagner” harbiy kompaniyasi va Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari bilan birga Kursk oblasti, “Bolşoye Soldatskoye” qişloğidagi front pozitsiyalarini qöriqlagan.


Q.S. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan va uni daraxt kesişga işga olamiz deya aldab şartnoma tuzdirişganini malum qilgan.

“2024 yilning 15 oktyabr kuni mahalladoşimning taklifiga asosan Rossiyaning Lipetsk viloyatiga quriliş firmasida işlaş uçun bordim. Işga kiriş uçun 2 oydan ortiq vaqt ketişini bilib, Telegram’dagi kanallardan iş izladim. “Rostov rabota” degan kanaldagi örmonda yoğoç kesiş işi maqul böldi. Körsatilgan telefon raqamga qönğiroq qildim. Zavod Rostov-na-Donu şahrida ekanini, oylik 150 ming rublligini, iş örmon içida bölişini, yotiş va ovqatlaniş ham zavod hisobidan ekanini aytişdi. Uşbu taklif menga maqul bölib, Rostov-na-Donu şahriga yetib bordim.


“Avaks” firmasining mamuriy binosiga olib borişib, tibbiy körikdan ötkazişda va işga qabul qilişlarini aytişdi. Mehnat şartnomasi tuzişga kirişdik. Keyinçalik bilişimça, meni aldab, şartnoma asosida oddiy askar sifatida Rossiya qurolli kuçlariga harbiy xizmatga qabul qilişgan ekan. 

2024 yil 30 oktyabr kuni firma vakillari bizni harbiy poligonga olib borişdi. Men bilan jami 60 nafar şaxs birga keldi. Ularning 4 nafari Özbekiston fuqarosi edi. Poligon mamuriy binosida harbiy xizmatçi bizni uruşga “öz xohişimiz bilan kelganimiz” uçun tabrikladi hamda Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişimizni malum qildi. Norozilarga 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi aytib, ogohlantirişdi. Norozilar bölsa ham heç kim aytişga jurat etolmadi”, degan yigit öz körsatmasida.


Q.S. şundan söng elektr taminoti bilan boğliq işlarni bilgani uçun harbiy şiyponlarga ulangan elektr tarmoqlarini sozlaş işlariga jalb qilingan. 2024 yil 19 noyabrda esa harbiylar ularni Kursk oblastidagi Lyubastan qişloğiga olib borişgan.


“Bu hududda aholi evakuatsiya qilingan bölib, ularning turar joylariga joylaşdik. Faqat harbiy kiyim-keçak va oziq-ovqat bilan taminlandik. Ammo qurol berişmadi. 21 noyabr kuni menga 1,3 mln rubl oylik berişdi. Pulning 800 ming rublini dadamga jönatdim, qolganiga harbiy kiyim va himoya vositalari sotib oldim. 

Mazkur hudud uruş öçoğidan 50 km uzoqlikda joylaşgan edi. 2024 yil 1 dekabr kuni transport vositasida örmon içida 2 soat yurib, maxfiy harbiy poligonga yetib keldik. 14 kun harbiy maşğulotlarni ötadik. 14 dekabr kuni poligon komandiri bölgan “Lenin” laqabli şaxs men va 20 nafarga yaqin şaxslarni boşqa hududga köçirişini aytdi. Transport vositasida 4 soatga yaqin yurib, boşqa harbiy poligonga bordik. Bu yerda bizni avtomat va bronjilet bilan taminlaşdi. 

2024 yil 30 dekabr kuni manzilimizdan 250 km uzoqda joylaşgan örmon içidagi harbiy qismga yetib bordik. 5 ta rotadan iborat 500 nafarga yaqin harbiy xizmatçi Ukrainaga qarşi harbiy topşiriq bajarişga yuborildi. Berilgan topşiriqqa asosan Sudja şahriga yaqin Maxinovka qişloğiga jönatildik. “Sanya” ismli rota komandiri bilan yaqin munosabat örnatişga erişdim va unga ota-onamning yagona öğil farzandi ekanimni aytib, işğolçi guruhga qöşmasligini iltimos qildim. U rozi böldi.

Harbiy pozitsiyalarda joylaşgan harbiy xizmatçilarga oziq-ovqat yetkazib beriş bilan şuğullandim. Uşbu topşiriqni örmon oralab piyoda yurib bajarardim. Oyoğimdan sovuq ötişi oqibatida yurolmay qoldim”, degan Q.S. sudda.

Şundan söng u şifoxonada davolangan va 2025 yil 11 fevral kuni Kursk viloyatidagi maxfiy harbiy qismga yuborilgan. Biroq oyoğidagi oğriq sababli harbiy tayyorgarlikka çiqmagan. 2025 yil 24 fevral kuni Özbekiston elçixonasining işonç raqamiga qönğiroq qilgan va bölgan voqealarni aytib bergan. Söngra taksiçilik bilan şuğullanuvçi Hikmatillo ismli Özbekiston fuqarosini topib, unga harbiy lager yaqiniga kelib turişni iltimos qilgan. Şu tariqa harbiy lagerdan qoçib çiqib, taksida Moskva şahriga yetib borgan.


Q.S.ga elçixonada “Vatanga qaytiş guvohnomasi” rasmiylaştirib berilgan va u 2025 yil 25 fevral kuni samolyotda Özbekistonga qaytib kelgan.


Sud R.D.ni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (yollaniş) bilan aybli deb topdi. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Şuningdek, jazoni ötaş davrida ommaviy va boşqa tadbirlar ötkazişda iştirok etmaslik, internetdan foydalanmaslik, nazorat qiluvçi organ roziligisiz yaşaş joyini özgartirmaslik va Jizzax viloyati hududidan taşqariga çiqmaslik kabi qöşimça çeklovlar örnatildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: