USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hokimlar va hokimlikda işlaydiganlarning oyligi oşiriladi

1 238 марта

Hokimlar va hokimlikda işlaydiganlarning oyligi oşiriladi

Özbekistonda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlari uçun haq tölaşning yangi tizimi joriy etiladi. Bu haqdagi Prezident farmoni 2025 yilning 7 avgust kuni qabul qilindi.
Unga köra, hokimlarning, hokimiyatda işlaydigan xodimlarning lavozim maoşi tabaqalaşgan tarif koeffitsiyentlari asosida şakllantiriladi. Bunda ularning köp yillik xizmati va lavozimi inobatga olinadi. Boşqaruv xodimlari tomonidan erişilgan eng muhim samaradorlik körsatkiçlari (KRІ) asosida har oylik ustamalar, malaka (martaba) darajalari uçun va hisobot davri yakunlari böyiça ular bonus sifatida moddiy rağbatlantiriladi.

2025 yil 1 avgustdan boşlab, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida mehnatga haq tölaş jamğarmasi quyidagilarni öz içiga oladi:
  • lavozim maoşi;
  • eng muhim samaradorlik körsatkiçlariga (KRІ) erişgani uçun lavozim maoşiga har oylik ustamalar;
  • malaka (martaba) darajalari uçun tölovlar;
  • mukofotlaş hamda bonus tölovlari.
Ustama va mukofot miqdorlari kim tomonidan belgilanişi ham qayd etilgan. Farmonga köra, tuman hokimiyatida işlaydigan xodimga uning birinçi rahbari tomonidan, tuman (şahar) hokimlari uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari tomonidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari uçun esa Özbekiston Respublikasi Boş vaziri tomonidan belgilanadi.

Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga nisbatan haq tölaş tarif koeffitsiyentlari böyiça poğona xodimning umumiy iş stajidan kelib çiqib aniqlanadi. Bunda xodimning umumiy iş staji 3 yilgaça bölganda 1-poğonaga, 3 yildan 6 yilgaça 2-poğonaga, 6 yildan 10 yilgaça 3-poğonaga, 10 yildan 15 yilgaça 4-poğonaga, 15 yildan 20 yilgaça 5-poğonaga, 20 yildan ortiği 6-poğonaga mos keladi.
Tarif koeffitsiyentlari:
  • Toşkent şahri hokimligi xodimlariga 1,6 baravar,
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari xodimlariga 1,4 baravar;
  • Toşkent şahridagi tuman hokimliklari xodimlariga 1,3 baravar;
  • doimiy aholi soni 300 mingdan ortiq bölgan tuman (şahar) hokimliklari xodimlariga 1,1 baravar oşirilgan holda qöllanadi.
Bunda Milliy statistika qömitasi tomonidan yil boşida elon qilinadigan doimiy aholi soniga muvofiq bir yilda bir marotaba doimiy aholi soni 300 mingdan ortiq bölgan tuman (şahar) aniqlanadi.


Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoşini) belgilaş uçun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq tölaşning qonunçilikda belgilangan eng kam miqdoriga köpaytiriladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hamda tuman (şahar) hokimliklariga tenglaştirilgan taşkilotlar xodimlarining mehnatiga haq tölaşda mazkur farmon kuçga kirgunga qadar amalda bölgan tartib saqlab qolinadi.

KRІ uçun beriladigan lavozim maoşiga har oylik ustamalar miqdori çorak yakunlari böyiça reyting baholari asosida belgilanadi va keyingi çorak davomida tölab boriladi. Birinçi marta reyting baholaş natijalari aniqlangunga qadar xodimlarga har oylik ustamalar miqdori rahbariyat tomonidan ularning faoliyati natijalaridan kelib çiqib, oxirgi çorak (oy) uçun ajratilgan mablağlar doirasida belgilanadi. Ustama tölovlari miqdori ştatlar jadvali va xarajatlar smetasida yillik rejalaştirilgan mablağlar miqdoridan oşmasligi lozim va uning uçun mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari (işlar boşqaruvçilari) va boş hisobçilari javobgar hisoblanadi.

Prezident imzolagan uşbu farmonda közda tutilmagan boşqa qöşimça ustamalar, mukofotlar va boşqa tölovlar tölaş taqiqlanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: