USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jey Loning kontserti Toşkentga qança foyda olib kelgani aytildi

161 марта

Jey Loning kontserti Toşkentga qança foyda olib kelgani aytildi

Amerikalik superyulduz Jennifer Lopezning 2025 yil 7 avgust kuni Toşkent şahridagi “Bunyodkor” stadionida bölib ötgan kontsertidan Toşkent şahriga 42,5 mlrd sömdan ($3,3 mln) ortiq soliq tuşumi tuşgan. Bu haqda tadbirni taşkillaştirgan Madaniyat va sanatni rivojlantiriş jamğarmasi malum qildi.
Bildirilişiça, bu Özbekiston tarixida birinçi marta AAA toifali artist iştirokida ötkazilgan kontsert bölgan. Kontsert kuni stadionga xizmat körsatuvçi xodimlar bilan birga 31 144 kişi taşrif buyurgan. 25 mingta bilet sotilgan va ularning 67 foizini xorijliklar sotib olgan.


Qayd etilişiça, umumiy hisobda Özbekistonga kontsert uçun 15 330 xorijiy sayyoh kelgan. Ular orasida 8 945 nafar rossiyalik, 2 495 nafar qozoğistonlik, qolgani esa Yevropa va AQŞdan bölgan turistlar bor.

Malum qilinişiça, 5-8 avgust kunlari poytaxt mehmonxonalari ötgan yilning şu davriga nisbatan 25,7 foizga köproq band bölgan. 7 avgust kuni Çilonzor metro yönalişida 16,5 ming yölovçiga köproq xizmat körsatilgan. Tadbirni taşkil etişda 115 ta taşkilot qatnaşgan. Jami 18 ta fud-kort va savdo nuqtalari faoliyat körsatgan.

Jamoat tartibini va xavfsizlikni taminlaş uçun 88 ta yöl-patrul va maxsus texnika, 8 ta tez yordam avtomaşinasi jalb qilingan. 3,8 ming huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari va 300 nafar volontyor, şuningdek, 500 nafar xizmatçi tadbir hududida tozalikni taminlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: