Özbekistonliklarni haqorat qilgan tiktokerga hukm öqildi. U Prezidentga tajovuzda ham ayblangan
21-08-2025, 12:39
3 137 марта

Özbekistonliklarni haqorat qilgan tiktokerga hukm öqildi. U Prezidentga tajovuzda ham ayblangan
Tik Tok platformasida «Abdulloh» nomi bilan tanilgan Toşkent viloyatida yaşovçi 26 yoşli bloger – Yugay Valeriyga nisbatan sud hukmi öqildi.Viloyat IIB malumotiga köra, u 2024 yilning oktyabr-noyabr oylarida Koreya Respublikasida turib, özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida millatlararo nizo keltirib çiqarişi mumkin bölgan, milliy qadr-qimmatni tahqirlovçi hamda diniy etiqodga köra, fuqarolarni kamsituvçi sözlar bilan Özbekiston qonunçiligini buzgan.
Jamoatçilikning keskin noroziligidan söng mazkur şaxs joriy ilning 25 mart kuni Abu-Dabi – Samarqand yönalişi orqali Özbekistonga keltirilib, qamoqqa olingan.
Jinoyat işlari böyiça Nurafşon şahar sudining hukmi bilan Yugay Valeriy Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi va 158-moddasi (Özbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qiliş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda ötattiriliş belgilandi.